U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Qismlarni shifrlash (Volume Encryption)



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   253
os

Qismlarni shifrlash (Volume Encryption)
 
 
Windows BitLocker deb nomlangan xususiyatdan foydalanib
butun qismlarni shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu alohida fayllarni 
shifrlashdan ko‘ra xavfsizroqdir, chunki butun tizim ma’lumotlar 
xavfsizligini ta’minlash uchun ishlaydi. Kriptografik kalitni taqdim 
etishning uchta turli xil usullari ta’minlanishi mumkin, bu bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik darajalaridan foydalanishga imkon beradi.
Windowsda fayllarni boshqarish
 
Windows NT ni ishlab chiquvchilari ishchi stansiyalar va 
serverlarning yuqori talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan yangi 
fayl tizimini, yangi fayl tizimi texnologiyasini (NTFS – New 
Technology File System) ishlab chiqdilar. Yuqori darajadagi 
ilovalarga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin: klient-server 
dasturlari, masalan, fayl serverlari, hisoblash serverlari va ma’lumotlar 
bazasi serverlari. Windows operatsion tizimida hozirgi kunda NTFS 
(NT oilasi operatsion tizimlarida) fayl tizimlaridan foydalaniladi. 
Bundan oldingi fayl tizimi esa bu FAT (bir nechta versiyalari mavjud) 
fayl tizimi hisoblanadi. Biz Windows operatsion tizimlarida 
qo‘llaniladigan ushbu fayl tizimlarini ko‘rib chiqamiz.
FAT fayl tizimi 
FAT fayl tizimi osti formatlangandagi mantiqiy qismlar tarkibi 
9.12- rasmda keltirilgan. 
 

Yuklaydigan sektor operatsion tizimni yuklaydigan dasturni 
o‘z ichiga oladi. Bu dasturning ko‘rinishi operatsion tizim turiga 
bog‘liq, ya’ni ushbu bo‘limda yuklanadigan OT. 

FAT jadvalining asosiy nusxasi diskga fayl va katalogni 
joylashtirish to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga oladi.

FAT jadvalining zahira nusxasi. 

Ildiz katalog katalogdagi har bir yozuv 32 baytdan iborat 
bo‘lgan fayllar va kataloglar to‘g‘risida 512 ta yozuvni saqlashga 
yordam beradigan 32 sektorda (16 Kbayt) o‘lchamli belgilangan soha 
bilan shug‘ullanadi.


384 

Ma’lumotlar joylashgan joy ildizli katalogdan tashqari barcha 
fayl va barcha kataloglarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
FAT fayl tizimi ikki turdagi faylni qo‘llab-quvvatlaydi: oddiy 
fayl va katalog. Fayl tizimi faqat ma’lumotlarni xotirada taqsimlaydi.
FAT jadvali(asosiy va zahira nusxalari) ma’lumotlar klasteri 
miqdoriga teng miqdorda indeksni ko‘rsatuvchi massivdan iborat. 
Klaster va indeksli ko‘rsatkichlar bir xil ma’noga ega bo‘ladi – 
nolinchi klaster nolinchi ko‘rsatkichga mos keladi va boshqalar.
Indeksli ko‘rsatkich klaster bilan bog‘liq holatni tavsiflovchi 
quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin: 

Bo‘sh klaster (foydalanilmaydigan); 

Faylda foydalanadigan klaster va faylning so‘nggi klasteri 
bo‘lmaydi – bu holatda indeksli ko‘rsatkich faylning keyingi klaster 
raqamini o‘z ichiga oladi; 

Faylning so‘ngi klasteri; 

Nuqsonli klaster; 

Zahira klasteri. 
 
9.12- rasm. FAT fayl tizimining fizik tuzilishi 
FAT jadvali bo‘limning barcha fayllari uchun umumiy bo‘ladi. 
Boshlang‘ich holatda bo‘limlardagi barcha klasterlar bo‘sh bo‘ladi, va 
Yuklash sektori 512 (bayt) 
0 1 2 3
Ildiz katalog 
FAT 2 (nusxasi) 
FAT 1 
0 1 2 3
Ma’lumotlar 
FAT elementlari
(ko‘rsatgichlari)
Bitta katalog yozuvi – 32 bit 
Ma’lumotlar klasterlari


385 
barcha indeksli ko‘rsatkichlar (zahira va nuqsonli bloklarga mos 
keluvchilardan tashqari) “klaster bo‘sh” qiymatini qabul qiladi. OT 
faylni joylashtirishda FAT boshlanish boshini va birinchi bo‘sh 
indeksli ko‘rsatkichni izlashni ko‘rib chiqadi. Uning raqami 
aniqlangandan so‘ng bu ko‘rsatkich katalog yozilgan birinchi klaster 
raqami maydonida belgilanadi. Bu raqam bilan klasterda fayl 
ma’lumotlari yoziladi, u faylning birinchi klasteri bo‘ladi. Agar fayl 
bitta klasterda joylashsa u holda ushbu klasterga mos keluvchi 
faylning so‘nggi klasterini identifikatsiyalovchi maxsus qiymatlarini 
oladi.
 
Agar faylning o‘lchami bitta klasterdan katta bo‘lsa, u holda OT 
FATni ko‘rib chiqishni davom ettiradi va bo‘sh klasterda keyingi 
ko‘rsatkichni izlaydi. Uni aniqlagandan so‘ng, avvalgi ko‘rsatkich 
ushbu klaster raqamini oladi, ya’ni endilikda faylning navbatdagi 
klasteri bo‘lib qoladi. Jarayon faylning barcha ma’lumotlari 
joylashmagunga qadar davom etadi. Bunday ko‘rinishda faylning 
barcha klasterlari bilan bog‘liqlik ro‘yxati yaratiladi. Fayl 
formatlangandan (shakllantirilgandan) so‘ng dastlab ma’lumotlar 
qismiga klasterlar ketma-ketlik bilan joylashtiriladi. Biroq bitta faylda 
olis masofada joylashgan fayl klasterlari miqdori aniqlangandan 
so‘ng, boshqa fayl klasteri bilan almashadi.
FAT jadvali o‘lchami va uning indekslli ko‘rsatkichlarida 
foydalaniladigan razryadlar ma’lumotlar qismida klasterlar miqdorini 
belgilaydi. Fragmentatsiyada yo‘qotishlarni kamaytirish uchun 
klasterlar unchalik katta bo‘lmagani ma’qulroq, manzilli axborot 
hajmini qisqartirish va almashish tezligini oshirish uchun esa 
teskarisini qilish ma’qulroq bo‘ladi. FAT fayl tizimi ostida diskni 
formatlash uchun odatda murosali yechim tanlaniladi va klaster 
o‘lchami 1 dan 128 sektorgacha yoki 512 dan 64 Kbaytgacha 
oraliqdan tanlaniladi.
Shak shubhasiz, indeksli ko‘rsatkich razryadi ma’lum bir hajmli 
disk uchun klasterga maksimal raqamni berish mumkin. Indeksli 
ko‘rsatkich razryadlariga taa’luqli bir nechta FAT mavjud va ular 
quyidagicha ifodalanadi: FAT12, FAT16 va FAT32. FAT 12 fayl 
tizimida 12 – razryadli ko‘rsatkich disk ma’lumotlar qismida 4096 
klasterni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, FAT16 da – 65536 
klasterni qo‘llab-quvvatlash uchun 16 razryadli va FAT32 – 4 
milliarddan ortiq klasterlar uchun 32 razryadlilar ishlatiladi.


386 
Nomi 
Fayl deskriptori raqami 
Prog 1 
23 
firelights 
126 
doc_23.txt 
51 
glazing.txt
17 
lambda_good

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin