O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ELEKTR YURITMA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   182
1. ELEKTR YURITMA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
1.1.
 
Elektr yuritmaning qo‘llanilish maqsadi va vazifalari 
Elektr yuritma elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib berish 
uchun xizmat qiladigan texnik tizimdir. U sanoatda, qishloq xo‘jaligida, 
transportda, meditsinada, kommunal va ijtimoiy-maishiy sohada hamda kishilik 
jamiyatining boshqa jabhalarida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun 
qo‘llaniladi. Aksariyat mashinalar, agregatlar, texnologik liniyalar va komplekslar 
elektr yuritma orqali xarakatga keltiriladi. 
Biroq elektr yuritmaning vazifasi faqat elektr energiyani mexanik energiyaga 
aylantirib berish bilan cheklanmaydi, u birmuncha kengroqdir. Har bir ish 
bajaruvchi mashinani boshqarish zarurati bor, ya‘ni mashinalar motorlarini zarurat 
bo‘lganda o‘chirish yoki yurgazish talab qilinadi, yoki texnologik jarayonni 
boshqarish uchun motorlar tezligini, quvvatini, aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish 
va rostlash talab qilinadi, shuningdek ularning xavfsiz aylanishini ta‘minlash 
uchun zarur bo‘lgan himoya vositalarini (qurilmalarini) qo‘llash talab qilinadi. Ana 
shunday holatlarda elektr yuritmaga murojaat qilinadi. 
Ishchi mashina va texnologik kompleks bir nechta organlardan tarkib 
topganda har biri alohida elektr yuritma bilan xarakatga keltiriluvchi bu ishchi 
organlarni texnologik jarayon talablari asosida bir biriga mos ravishda boshqarish 
vazifasi ham elektr yuritmaga yuklatiladi. 
Ishchi mashinani boshqarish avtomatlashtirilgan yoki dasturlangan 
boshqaruv moslamalari yordamida operator tomonidan qolaki yoki avtomatik 


17 
tarzda amalga oshirilishi mumkin. Agar boshqarish qolaki amalga oshirilsa ham 
operator vazifasini yengillashtirish va texnologik jarayonni aniqligini oshirish 
maqsadida boshqaruv kompleksining ba‘zi mexanizmlari avtomatlashtiriladi. 
Elektr yuritmaning ikkinchi vazifasi sifatida ish bajaruvchi mashinalar 
harakatini keltirishimiz mumkin. Bu boshqaruv qolaki, yarim avtomatik va 
avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin. 
Shunday qilib zamonaviy elektr yuritma - mashina ishchi organini harakatga 
keltirish va texnologik jarayonni boshqarish uchun mo‘ljallangan texnik tizim 
deyishimiz mumkin bo‘ladi.
Elektr yuritma ikki vazifasining hamohangligi, ya‘ni elektr energiyasini 
mexanik energiyaga aylantirish hamda mexanik energiyaning ko‘rsatkichlarini 
boshqarish (quvvat, zo‘riqish, aylanish momenti, tezlik, tezlanish, siljish masofasi 
va og‘ish burchagi) elektr yuritmasining mashina ishlab chiqarishdagi o‘rni va 
vazifasini belgilaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin