Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/168
tarix07.01.2024
ölçüsü8,69 Kb.
#209592
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

 Kompyuter tarmoqlari. 
Biznes va maktablarda asosan kompyuter setlar orqali aloqa qilinadi. Internet dunyodagi 
eng yirik va mashhur kompyuter tarmog’i hisoblanadi. Internetdan asosan 2ta maqsadda 
foydalaniladi: pochta orqali ma’lumot almashish va WWWga kirish.Butun jahon o’rgimchak to’ri 
web deyiladi. Bu odamlarga xohlagan mavzuda ma’lumot olishga yordam beradi. Web matn, rasm, 
giperaloqa, grafika, animatsiya, video va audiolardan foydalanadi. U cheksiz ma’lumotlar 
omboridir.Global internet tarmog’i ma’lumot almashish, electron savdo qilish va millionlab 
odamlarni bir-biri bilan aloqa qilishini ta’minlab beradi. WWW shuningdek, biznes bitimlar 
tuzishda muhim asos sanaladi. Ba’zan intranet deb ataladigan mahalliy kompyuter tarmog`i 
tashkilotning xususiy kompyuter tarmog’idir. U ham internetnikidek aloqa standartlariga 
asoslanadi. Intranet internetning kichikroq versiyasi bo’lib, undan ishchi-xodimlar foydalanadi. 
Intranetning websayti oddiy websaytga o’xshaydi, lekin u xususiy va faqat ro’yxatdan o’tgan 
foydalanuvchilar kirishi mumkin. Internetdek intranet ham ma’lumotlar almashishda 
foydalaniladi. Intranet kompaniyalar uchun pul va vaqtni tejash uchun samarali vosita sanaladi. U 
tashkilotga yetarli foyda keltirishi mumkin.
 
 


Menejment information tizimlari.
Biznesda qaror qabul qilish uchun menejerlarga ma’lumotlar zarur. Menejment 
informatsion tizimlari tashkilotda informatsiyalar almashinuvini tartibga soladi. Kompyuter 
tizimlari va dasturiy ta’minotlar menejment informatsion tizimlarining asosiy qismlari 
hisoblanadi. Kompaniya keyingi uch oy ichidagi bo’lim budjetining daromad va xarajatlar 
haqidagi ma’lumotlarga muhtoj bo’lishi mumkin. Budjetdagi oldingi va kelajakdagi information 
ma’lumotlar keyingisini belgilashda yordam berish mumkin. Budjetlar kelajak uchun qarorlar 
qabul qilish va rejalar ishlab chiqishda samaralidir.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin