151
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik,
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risida”gi PF-5308-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018 y., 06/18/5308/0610-
son.
332
15.2. Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan
moliyalashtirish
Davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishizarur.Bu
xarajatlar,eng avvalo,mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turlitarmoqlarga
invistetsiya qilish uchun mo‘ljallangan,aholining turmushdarajasini ko‘tarish
uchun
rejalashtirilgan,
ijtimoiy
vazifalarni
bajarishga
ajratilgan,davlatni
boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan
iborat
bo‘ladi.
Ushbu
umumdavlat
xarajatlari
davlat
byudjeti
orqali
moliyalashtiriladi. Byudjet tizimining barcha xarajatlari turli byudjetlaro‘rtasida
taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan byudjetga kiritilishinianglatadi.
Bu birinchidan, moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika vamahalliy
organlarga qarashli bo‘lishi, ikkinchidan, moliyalashtiriladigan tadbirning
ahamiyatidan kelib chiqadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilishi
bejiz emas. Albatta, buning negizida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va
takomillashtirishda o‘ziga hos bo‘lgan “O‘zbek modeli” va uning mantiqiy davomi
bo‘lgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining 4-ustuvor
yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari belgilab
berilgan
152
.
2019-yilda ijtimoiy soha davlat byudjeti xarajatlarinig qarib 54% yoki
57822,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
153
O‘zbekiston Respublikasida 2017/2018-o‘quv yili boshida jami umumta’lim
muassasalari soni 9718 tani tashkil etib, ulardan 6012 tasi (62%) qishloq joylarda,
3706 tasi (38%) shaharlarda joylashgan. 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatdagi
umumta’lim muassasalarida jami 5271,3 ming nafar o‘quvchilar ta’lim olayotgan
bo‘lib, ulardan 51 foizini o‘g‘il bolalar, 49 foizini esa qizlar tashkil etadi.
152
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga asosan
153
O‘zbekiston Respublikasi Prezdentinig 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet
mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son Qarori.
333
Umumta’lim muassasalaridagi jami o‘qituvchilar soni 419,8 ming nafarni tashkil
etib, ulardan 54 foizi qishloq maktablarida, 46 foizi esa shahar maktablarida
faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 13 nafar
o‘quvchi to‘g‘ri keladi. 2017/2018-o‘quv yili boshiga jami 1556 ta o‘rta maxsus
kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan 1163,2 ming nafar
o‘quvchilarga, 90,8 ming nafar pedagog xodimlar ta’lim bermoqda. Joriy yilda
o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalariga 192,1 ming nafar o‘quvchi qabul
qilingan bo‘lsa, bitiruvchilar soni 489,7 ming nafarni tashkil etdi.
154
O‘zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o‘ziga xos
madaniyatlaridanbiridir.
Uming
yillar
davomida
shakllanib,
zamonaviy
O‘zbekiston hududida turlivaqtlarda yashagan xalqlarning urf-odatlarini o‘zida
mujassamlashtirgan. Buyuk ipak yo‘li xalqlar madaniyati, ularning urf-odatlari va
san’atining birlashuviga hissa qo‘shgan.
2000-2017-yillarda muzeylar soni 88 tadan 121 taga, ya’ni 1,4 marta
ko‘paydi, mos ravishda muzeyga tashrif buyuruvchilar 2000-yilda 3463,6 ming
kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 6302,1 ming kishini tashkil etdi, ya’ni 1,8
marta oshdi. Teatrlar soni 2000-yilda 40 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib
50 tani tashkil etmoqda, shunga qaramay, tomoshabinlar soni 2000-yilda 2725,2
ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 2462,1 ming kishini tashkil
etmoqda. Mamlakatimizda teatrlar soni bo‘yicha etakchi o‘rinni Toshkent shahri
egallaydi(19 ta teatr). Keyingi o‘rinlarda: Qashqadaryo viloyati (5 ta teatr),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 ta teatr), Samarqand viloyati (4 ta teatr),
Farg‘ona viloyati (4 ta teatr), Andijon viloyati (3 ta teatr). Buxoro, Jizzax,
Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida 2 tadan teatr, Namangan, Sirdaryo
viloyatlarida 1 tadan teatrlar mavjud.
O‘zbekistonda
sog‘lom
avlodni
tarbiyalash
davlat
siyosatining
ustuvoryo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va
sportga katta e’tibor berilmoqda. Bu sportdagi yuksak yutuqlar va jahon
154
Stat.uz/ststinfo/ijtimoiy soha/statistik-jadvallar-sotsfera/ umumta’lim – O‘zbekiston Respublikasi Statistika
Qo‘mitasi sayti.
334
darajasidagi sport inshootlarining mavjudligi bilan ifodalanadi. 2017-yilda 51306
ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, ulardan 27573 tasi qishloq joylarda joylashgan.
Jami sport inshootlarining bir kunlik quvvati (o‘tkazish imkoniyati) 2061,3 ming
kishini, qishloq joylarda esa 1020,7 ming kishini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya
jamoalari va sport klublari soni 12312 tani, qishloq joylarida esa 7303 tani tashkil
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |