5.2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, mazmuni va ahamiyati
Ma’lumki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2000-yil 14-dekabrda “Byudjet
tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri
o‘tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida bir qator o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi, ular:
−
davlat byudjeti ijrosi g‘aznachilik tizimining joriy etilishi;
−
bir qator davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlarining
tuzilishi va amal qilishi;
−
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb
qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi;
−
byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi;
−
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi
va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, byudjet qonunchiligini
yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat byudjeti-
ning g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan
normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet kodeksida o‘z aksini
topdi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab amalga
kiritilgan yangi Byudjet kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asos-
53
larini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish,
byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini
taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan.
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 2013-yil 26-dekabrda qabul
qilingan bo‘lib, 9 ta bo‘lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks:
-
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish
asoslarini;
-
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat
byudjeti
va
davlat
maqsadli
jamg‘armalaridaromadlarini
shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi,
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‘g‘inlari
o‘rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‘armalari, ularni
tashkil qilish va ular mablag‘laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan
kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‘lgan
ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet
|