Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini
rejalashtirish prinsipiga
ko‘ra,byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet
tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi,
xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi.
5.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq
yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi
byudjet tizimi byudjetlarining
mablag‘lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘larini oluvchilarga
ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish
uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet
tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko‘zda
tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.
Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi
har bir byudjet o‘z
daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo‘nalishlarini belgilashda mahalliy
hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy
byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko‘rib chiqish va
103
tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo‘yilganligi bilan
izohlanadi.
7.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi
prinsipi
byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro
etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida o‘z byudjetlarining belgilangan
hajmdagi mablag‘laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish
zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip “natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish”
talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo‘lib, byudjet
xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka
yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.
8.
Kassaning yagonaligi prinsipi
byudjet tizimi byudjetlarining barcha
daromadlari Moliya vazirligi G‘aznachiligining Yagona g‘azna hisobvarag‘iga
kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga
oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti
mablag‘larining hajmi va harakati to‘g‘risida tezkor axborotlarga ega bo‘lish,
byudjet mablag‘larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning
oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini
beradi.
9.
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi
byudjet
jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o‘z
harakatlari uchun javobgar bo‘lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining
shakllanishida jamiyatning ko‘pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar
bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag‘lari evaziga
shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun
javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan
tartibga solinadi.
10.
Ochiqlik prinsipi
davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va
104
ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini,tasdiqlangan davlat byudjeti
to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop
etilishini), byudjet ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot
vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida
joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va
ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi –
so‘mda amalga oshiriladi.
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi– daromadlar va
xarajatlarni tasnif obyektlariga ko‘ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan
guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
Byudjet tasnifi
–
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari
tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning
taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat.
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda
ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va
byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari
bilan qiyoslash imkonini beradi.
Byudjet tasnifi:
−
davlat byudjeti daromadlari;
−
davlat byudjeti xarajatlari;
−
davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga
oladi.
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining yuqorida ta’riflangan davlat byudjeti
tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasirespublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
byudjeti,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
mahalliy
105
byudjetlaridan
tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti
amal qilishining tashkiliy shakli bo‘lib xizmat qiladi.
Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi.
Respublika byudjeti
davlat byudjetining
umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi
bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘na-
lishlari va miqdori nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida
Respublika byudjeti daromadlari o‘rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat
byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti
hisobiga to‘g‘ri keladi
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat
byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning
tarkibiga, o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq
ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga
muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi
byudjetlar kiradi:
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti
tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va
shaharlarining byudjetlari kiradi;
−
viloyatlar mahalliy byudjetlari
tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli
viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;
−
Toshkent shahar mahalliy byudjeti
tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
106
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan
xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |