Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimada? Davlat
byudjetining iqtisodiy kategoriya, moddiy tushuncha, huquqiy kategoriya sifatida
amal qilishini tushuntirib bering.
2.
Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning
boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi?
3.
Unitar va federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet
tuzilishi modellarini tavsiflab bering.
4.
Byudjet tizimiga ta’rif bering. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
qanday tamoyillarga asoslanadi?
5.
Byudjetlararo munosabatlar nima va O‘zbekiston Respublikasi byudjet
amaliyotida byudjetlararo munosabatlarning qaysi shakllaridan foydalaniladi?
6.
Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanadi? Byudjet
daromadlari manbalariga ko‘ra qanday guruhlanadi?
7.
Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat?Soliq tizimi deb
nimaga aytiladi?
8.
Davlat byudjeti xarajatlarining funksional (vazifa jihatdan) tayinlanishiga
ko‘ra tarkibi va tuzilishi qanday?
150
9.
Byudjet defitsiti deb nimaga aytiladi? Byudjet defitsitini keltirib
chiqaruvchi omillar qaysilar?
10.
Iqtisodiy rivojlanishning turli davrlarida O‘zbekiston Respublikasida
mavjud bo‘lgan byudjet defitsitining sabablarini aniqlang. Hukumatning qanday
tadbirlari byudjet defitsiti muammosining hal qilinishiga qaratildi?
11.
Byudjet jarayoni nima, u qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
12.
Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil etish xususiyatlari
nimalarda namoyon bo‘ladi?
Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni
to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini
tushuntirib bering.
2.
Xorijiy davlatlar byudjet tizimlari va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
bo‘yicha taqdimot tayyorlang.
3.
Byudjet qonunchiligini tashkil qiluvchi hujjatlar ro‘yxatini tuzing va har
biriga qisqacha izoh yozing.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy
byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga oid ma’ruzalari asosida
taqdimot tayyorlang.
5.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibi va
tuzilishining tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va himoya qiling.
6.
Davlat moliyasini sog‘lomlashtirish va byudjet daromadlari barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqing va shu asosda
taqdimot tayyorlang.
7.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlarining so‘nggi 3
yillik ijrosi ma’lumotlari asosida tahliliy ish bajaring.
151
8.
Davlat byudjetining markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish
xarajatlarining byudjet xarajatlari tarkibidagi hamda Davlat investitsiya dasturini
moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ko‘rgazmali
ma’lumot tayyorlang.
9.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari, xarajatlari va
byudjet defitsitining dinamikasini aks ettiruvchi ma’lumotlarni to‘plang, ularni
jadval (diagramma, grafik) tarzida rasmiylashtiring va qisqacha xulosa yozing.
10.
Internet resurs manbalaridan foydalanib, horijiy davlatlar byudjetlarining
holati to‘g‘risida taqdimot tayyorlang.
|