191
sotib yubordilar, buning natijasida AQSHdagi xorijiy xolding kompaniyalarining
qiymati praporsional ravishda tushib ketdi. Bunday holat 2007-yil va undan
keyingi yillarda biron-bir boshqa ko‘rinish
va darajada kuzatilmadi, bunga asosiy
sabab, boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy bozorlar, odatda,
investorlar uchun Amerikachalik jozibador emas edi.
62
1985-yildan boshlab Qo‘shma Shtatlar, undagi jami xorijiy aktivlar
qiymatining boshqa mamlakatlardagi Amerika investorlariga tegishli bo‘lgan
aktivlar qiymatidan ortib ketishi bilan, sof qarzdor mamlakatga aylandi.
2009-yilda Qo‘shma Shtatlardagi xoldinglar aktivlarining 16
foizi AQSH
moliyaviy bozorlaridagi hosilaviy moliyaviy instrumentlarga qo‘yilgan edi.
Boshqa majburiyatlarga qo‘yilgan investitsiyalar 25 foizni tashkil qilgan. Qo‘shma
Shtatlar xoldinglarining boshqa xorijiy aktivlarining joylashtirilishi kamayib borish
tartibida quyidagicha: (1) AQSH kompaniyalarining portfel investitsiyalariga
qo‘yilgan qarz qimmatli qog‘ozlari va aksiyalari; (2) rasmiy hukumat va xususiy
investorlarga tegishli bo‘lgan xazina qimmatli qog‘ozlari; (3) asosiy vositalarga,
shu jumladan kurortlar,
fabrikalar, xatto kommunal xo‘jaliklarga, masalan, suv
xo‘jaligi korxonalariga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.
63
2000-
yillarning
boshida
davlat
qarzining
oshib
ketishiga
qadar,
xorijiy
investitsiyalarning aksariyat qismi fond bozorlariga hamda asosiy vositalarga
yo‘naltirilgan bo‘lib, nisbatan kamroq qismi hukumat qimmatli qog‘ozlari va
xazina veksellariga jalb qilingan edi. 1990-yillar oxirida AQSH federal
byudjetining profitsiti qarz olishga bo‘lgan muhtojlikni birmuncha kamaytirdi.
Lekin federal byudjetning o‘sib borayotgan defitsiti, albatta, qarz olishni (asosan
xorijiy investorlardan) talab etadi, shuning uchun davlat qarzining 2001-yildan
boshlab o‘sib borish tendentsiyasi saqlanib kelmoqda.
Xorijiy kapitalning oqib kelishi AQSHga foiz stavkalarining past darajada
ushlab turishga imkon berdi, u federal byudjetning defitsitini qoplash uchun qarz
olishga bo‘lgan talabni qondiradi hamda AQSH uy xo‘jaliklari iste’molini, shu
62
I wouldn't start from here. (2011). The Economist, 401, October 15, 80-81.
63
U.S.Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011, 313.
192
jumladan, import mahsulotlari iste’molini moliyalashtiradi.
Bundan tashqari,
xorijiy investitsiyalar AQSHda ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Boshqa
tarafdan, xorijiy kapitalning mamlakat ichki kapitalining o‘rnini tobora ko‘proq
egallashi milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga bog‘liqligini oshiradi.
AQSHning jamg‘armalari investitsiyalarga bo‘lgan talabni to‘liq qondira olmaydi,
natijada mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investorlarning AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan
ishonchiga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib qoladi. AQSH uy xo‘jaliklari
iste’molining import tovarlar xaridini o‘z ichiga oluvchi murakkab tuzilmasi,
shuningdek, davlat byudjeti defitsiti iste’molni moliyalashtirish va byudjet
defitsitini qoplashga yo‘naltiriladigan xorijiy kapital importini talab etadi.
Xorijiy investorlarning AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchi saqlanib qolar
ekan, bu holatlar muammo bo‘lmaydi. Tashqi xavf-hatarlar, xususan, 2000-2002-
yillardagi fond bozoridagi tushkunlik, 2001-yil 11-sentyabrda sodir bo‘lgan
halokatli
hodisalar, Afg‘oniston va Iroqdagi urushlar natijasidagi davomli
muammolar xorijiy investorlarni bir qadar xavotirga solib qo‘ygan bo‘lsa-da,
boshqa investitsion imkoniyatlar bilan taqqoslaganda, AQSH iqtisodiyoti
investitsion jozibadorligini saqlab qoldi. 2007-yildagi moliyaviy bozorning qulashi
vaqtinchalik
natija
ko‘rsatdi,
biroq,
Yevropa
Ittifoqining
bir
qator
mamlakatlaridagi qarz inqirozlari talvasasi AQSHdan G‘arb iqtisodiyotiga ko‘chib
o‘tdi.
64
Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda valyuta
cheklovlarining yumshatilishi va ular iqtisodiyotining xorijiy investorlar uchun
ochiqligining ortib borishi natijasida AQSH va avvaldan
sanoati rivojlangan
boshqa mamlakatlar investitsion jozibadorligining nisbatan pasayishining
boshlanishiga olib kelishi mumkin. Agar AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonch
pasayib boraversa, AQSH investorlarni jalb qilish uchun foiz stavkalarini
ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Bunday stavkalar AQSH Federal Rezerv Tizimi
tomonidan olib boriladigan monetar siyosat orqali tartibga solinadi.
64
I wouldn't start from here. (2011). The Economist, 80-81.