674
- har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.
Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
24.3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi.
Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining
turli qatlam va guruhlari
o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.
O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi.
Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi.
Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib
borsa-da,
har doim ham daromadlar
tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi
darajasini miqdoriy aniqlash
uchun jahon amaliyotida
Lorens egri chizig‘idan
foydalaniladi (24.3-rasm).
Daromad, %
aholi, %
24.3-rasm. Lorens egri chizig‘i
Rasmning yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida
esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan.
Nazariy
jihatdan daromadlarning
Dostları ilə paylaş: