Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə544/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   540   541   542   543   544   545   546   547   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

bojxona ittifoqi.
Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo 
hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni 
va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo 
qiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir

to‘lov ittifoqi.
Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob-
kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, 
Janubiy-Sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard 
maqsaddir; 

umumiy bozor.
Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, 
uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga 
kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy 
siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy 
bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va 
import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa 
bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi 
kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal 
etishda yagona siyosat o‘tkaziladi; 

iqtisodiy va valyuta ittifoqi
. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng 
oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan 
shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga 
uyg‘unlashadi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator omillar 
taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o‘rinni egallaydi: 
- xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi; 
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 
- umumjahon fan-texnika revolyusiyasi
- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi. 


721 
Integratsiya jarayonlarini rag‘batlantiruvchi asosiy omillardan biri – 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   540   541   542   543   544   545   546   547   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin