Fanning maqsadi: Talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini, iqtisodiyotning
asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni
amalda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilish.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
Iqtisodiyotni umumiy holda, bozor va raqamli iqtisodiyotni tushunish;
Iqtisodiy kategoriyalar, hodisalar va jarayonlarning tahlilini amalga oshirish;
Ilmiy axborotni yig`ish, tavsif berish, annotastiya va referatlar tayyorlash;
Ilmiy tanlovlar, tahlillarda ishtirok etish;
Bank, soliqqa tortish xizmati kabi turli tashkilotlarning oddiyroq hujjatlarini tushunish;
PR-faoliyat va reklama bo’yicha marketing loyihalarini ishlab chiqish;
Ishbilarmonlik muhitida seminarlar, konferenstiyalar va b.turli tadbirlarni tashkil etish;
Menejmentni qo’llab-quvvatlovchi loyihalarni ishlab chiqish.
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida
olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga
alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi” texnlogiyasi
ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.
Shuningdek, mavzudan kelib chiqib dars mashg’ulotlari korxona va tashkilotlarda ham qisman olib
boriladi