28
Fan platformasi
Fanning to’liq nomi: Kreativ fikrlash
Fan kodi: CRETH1206
Fanga ajratilgan kreditlar
(CRETH): 6
davomiyligi: 2 semestr
Kafedra: Iqtisodiyot
Fan qaysi yo’nalish talabalari uchun: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Fan ma’ruza o’qituvchisi: Narzullayeva G.S.
Fanga ajratilgan umumiy soatlar: 180
Email:
narzullayevagulchehra@gmail.com
Fan seminar va labaratoriya mashg’ulotlari o’qituvchisi(lari) : Narzullayeva G.S.
Prerekvizitlar: Kreativ fikrlash fanidan
bilimlarga ega bo’lganlik
Tanlov turi: majburiy fan
Fanning qisqacha bayoni:
Ushbu fan “Kreativ fikrlash” deb nomlanib, unda ijodiy fikrlash
va uning vositalari, shuningdek ulardan qanday foydalanish kerakligi tushuntiriladi, bu kurs birinchi
kursning ikkinchi semestrida o’qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu fanning maqsadi talabalarda ish
jarayoni va rahbarlik qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf
etish uchun ijodiy yechimlari topish va strategiyalarni ishlab chiqish ko’nikmalarini
shakllantirishdan iborat. Fan mazmunini anglab yetish talabalarning shaxsiy fikrlash qobiliyatini
oshirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini baholash va fikrlash jarayonlarini o’rganish
usullari kabi jihatlar uchun muhimdir.
Fanning maqsadi:
talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining
nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ijodiy fikrlash jarayoniga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan
shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
Shaxsiy kreativlik nima ekanligini tushunib oladi.
Kreativ vositalar nima ekanligini anglaydi.
Kreativ fikrlash vositalaridan foydalanishni biladi.
Qarashlar va yondashuvlarni shakllantirish, taqlid qilish va tana tafakkurini tavsiflaydi.
Kreativ fikrlashda o’ynash, o’zgartirish va sintez qilishni tavsiflaydi.
Kreativ fikrlashda kuzatish, tasavvur qilish va mavhumlikni tasvirlab beradi.
Hissiy munosabat, o’lchovli fikrlash va modellashtirishni bilib oladi.
Kreativlikni o’lchash usullarini tasvirlaydi.
Dostları ilə paylaş: