Fanning qisqacha bayoni: “Statistika” fanining nazariyasi, predmeti va metodi ko’rib chiqilgan
bo’lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan uygunlashgan
holda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va
jarayonlari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini statistika
uslubiyati yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan.
Fanning maqsadi: Statistika fani statistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va
zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: - statistikaning nazariy va amaliy masalalarini; statistik ko’rsatkichlarning tabiati, tuzilishi va
hisoblash tartibini; statistik kuzatish hujjatlarini tuzish va to’ldirish yo’llarini; taqsimot qatorlarini
tuzish va uning ko’rsatkichlarini hisoblashni; tanlanma kuzatish natijalarini baholash va bosh
to’plamga tarqatishni; dinamika qatorlariga xos asriy tendenstiyalarni aniqlash, kon’yunkturaviy va
mavsumiy tebranishlarni baholashni; regression-korrelyastion tahlil ko’rsatkichlarini hisoblashni;
iqtisodiy indekslarni hisoblash tartibini
bilishi kerak. - statistik masalalarni echish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil etish; statistik jadval
va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli statistik adabiyotlardan foydalanib ma’ruzalar
tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini talqin qilish;
statistik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning
ko’rsatkichlarini aniqlash; statistik masalalarni echish, axborotlarga ishlov berish va saqlashda
kompyuter dasturlarini qo’llash bo’yicha
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarini bilish; o’rtacha miqdorlar va variastiya ko’rsatkichlarini o’rganish;
tanlanma kuzatish mohiyatini, uni qo’llash sabablari va afzalliklari aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy
hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar o’rganish uslubiyati; dinamika qatorlari va turlarini aniqlash;
balans usulining mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganish; bozor iqtisodiyoti
sharoitida statistikaning asosiy vazifalarini bilish malakalariga ega bo’lishi kerak.