Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
28- MAVZU
Valuta 
— davlatlar pul birliklarining umumlashgan nomi.
VALUTA KURSI NIMA?
Bir davlat pul birligining boshqa davlat pul birligidagi narxi 
valutaning 
ayirboshlov kursi
deb ataladi. O‘zbekistonda chet el valutasining ayirboshlov kursi 
— uning bir birligini sotib olish uchun to‘lash lozim bo‘lgan so‘m miqdoriga teng 
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda 2014- yil 17- martda AQSH dollarining sotib olish 
kursi 2243 so‘mni, yevroning kursi 3085 so‘mni tashkil qilgan. Odatda, bir davlat 
valutasining kursi ikkinchi davlat valutasining kursi bilan taqqoslanayotganda, bu 
valutalarning AQSH dollariga nisbatan kursidan ham foydalaniladi.
VALUTA KURSI QANDAY ANIQLANADI? 
Ikki davlat bir-biri bilan import–eksport savdo-sotiq aloqalarini olib borar 
ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi davlatning birinchi 
davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu esa har bir davlat valutasiga nisbatan, 
xuddi tovarlarga bo‘lgandek, talab va taklifni keltirib chiqaradi. Davlat valutasining 
kursi unga bo‘lgan talab va taklifga nisbatan shakllanadi. Davlatdan eksport 
qilinadigan tovarlar hajmiga qarab, davlat valutasiga bo‘lgan talab shakllanadi. 
Davlatdan ko‘p tovar eksport qilinsa, davlatning valutasiga bo‘lgan talab ham 
oshadi. Davlat valutasining taklifi esa bu davlatning boshqa davlatdan sotib 
olmoqchi bo‘lgan import tovarlarining hajmidan kelib chiqib shakllanadi. Davlat 
uchun qancha ko‘p import tovarlari kerak bo‘lsa, davlat valutasining taklifi ham 
shuncha ko‘p bo‘ladi.
VALUTA KURSI NEGA O‘ZGARADI? 
Valuta kursining o‘zgarishiga, odatda, unga bo‘lgan talab va taklifning 
o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Agar Rossiyaning O‘zbekiston tovarlariga bo‘lgan talabi 
O‘zbekistonning Rossiya tovarlariga bo‘lgan talabidan kamaysa, Rossiya rublining 
O‘zbekiston so‘miga nisbatan kursi ko‘tariladi. Ya’ni bir rubl oldin 40 so‘m turgan 
bo‘lsa, endi 42 so‘m bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, rublning kursi tushadi. Ba’zida davlat 
tashqi savdoni tartibga solish, mamlakat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, 
valuta kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. Bunga 
muomaladagi milliy valutani ko‘proq chiqarish yoki kamaytirish orqali ham 
erishish mumkin. Masalan, muomalaga ko‘p miqdorda milliy valuta chiqarilsa, 
uning chet el valutasiga nisbatan hajmi ko‘payib, milliy valuta kursi tushadi. Chet 
Bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan kursini 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin