25
25
24
5- MAVZU
FIRMA MABLAG‘LARI VA
XARAJATLARI
1. Yuqoridagi rasmda firma mablag‘larining aylanishi tasvirlangan. Uni diqqat bilan
ko‘zdan kechiring va sharhlang.
2. Firmaning mablag‘lari aylanish bosqichlarining har birida qanday ko‘rinishda
bo‘lishini tahlil qiling va o‘z fikringizni bildiring.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Firma moliyaviy mablag‘larining aylanishi
DO‘KON
MABLAG‘LAR
BOZOR
ISHLAB
CHIQARISH
TOVAR
FIRMA MABLAG‘LARINING TURLARI
Ma’lumki, har qanday firma uchun iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mablag‘
kerak bo‘ladi. Odatda, firmaning mablag‘i firma egalarining pul mablag‘laridan tarkib
topadi.
Firma mablag‘lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki turga
bo‘linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga sarflangan mablag‘lar
asosiy mablag‘lar (asosiy kapital) deb yuritiladi. Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda
uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib
olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Xomashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va ishchi kuchini
yollashga sarflanadigan mablag‘lar
aylanma mablag‘lar (aylanma kapital) deb
yuritiladi. Aylanma mablag‘ ishlab chiqarishda ishlatiladigan resurslar sotib olish
uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Firma aylanma mablag‘iga resurslar
bozoridan xomashyo, turli xil materiallar sotib oladi va ishchi kuchini yollaydi. Bu
bilan firmaning aylanma mablag‘i pul ko‘rinishidagi shakldan moddiy ko‘rinishdagi
shaklga o‘tadi. Bu resurslardan firmada tovarlar ishlab chiqariladi. Ular sotilgach,
yana pul shaklidagi mablag‘ga aylanib, firmaga qaytib keladi.
Shu tariqa firmaning aylanma mablag‘lari iqtisodiy faoliyat natijasida aylanib
turadi. Shu xususiyati bois, bu mablag‘lar
aylanma mablag‘lar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: