65
65
64
holat tovar va xizmatlar ishlab
chiqarishning kamayishiga,
aholining ish bilan
ta’minlanganlik darajasining pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar soliqlar stavkasi
kamaytirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida ko‘proq pul qoladi. Bu holatda tovar va
xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining
oshishiga olib keladi.
Xuddi shu kabi, agar davlat soliqlarga tegmasdan o‘z xarajatlarini yoki transfert
to‘lovlarini oshirsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabi oshadi. Bu esa, o‘z
navbatida, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan
ta’minlanganlik darajasining oshishiga yoki inflatsiya darajasining oshishiga olib
keladi. Aksincha, agar soliqlar o‘zgarishsiz qolib, davlat xarajatlari yoki transfert
to‘lovlari kamaytirilsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi. Bu
esa tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga, aholining ish bilan
ta’minlanganlik darajasining pasayishiga yoki inflatsiya darajasining pasayishiga
olib keladi. Ko‘pchilik hollarda, davlat bir vaqtning o‘zida ham davlat xarajatlarini,
ham soliqlar stavkasini o‘zgartirish bilan iqtisodiyotni barqarorlashtirishga urinadi.
Davlat budjet-soliq siyosati bilan bir qatorda, pul-kredit siyosatini ham olib
boradi. Davlatning u yoki bu yo‘nalishdagi siyosati, uning nimani o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat budjeti kamomadining miqdori, mamlakatda ishlab chiqarilgan bir yillik
yalpi mahsulot hajmining 2—3 foizi miqdorida bo‘lishi normal holat hisoblanadi.
Lekin kamomad hajmi haddan tashqari oshib ketganda, uni kamaytirish chora-
tadbirlari ko‘rilishi lozim bo‘ladi. Davlat budjetining kamomadini quyidagi yo‘llar
bilan kamaytirishi mumkin:
1. Davlat xarajatlarini kamaytirish.
2. Qo‘shimcha daromad manbalarini topish.
3. Tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan,
ortiqcha pulni muomalaga
chiqarish.
4. O‘z fuqarolaridan, firmalardan,
chet el hukumatlari, xalqaro bank va
moliyaviy muassasalaridan qarz olish.
Dostları ilə paylaş: