Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


- MAVZU INFLATSIYA VA UNING TURLARI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

22- MAVZU
INFLATSIYA VA UNING TURLARI
Sa’dullayevlar oilasining o‘rtacha bir oylik xarajatlari:
Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari — ... so‘m
Uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik mollari
— ... so‘m
Oziq-ovqat
— ... so‘m
Kiyim-kechak
— ... so‘m
Madaniy mollar va xizmatlar
— ... so‘m
Maishiy va boshqa harajatlar
— ... so‘m
Jami oylik chiqim 
 
 
— ... so‘m
1. Jadvalni daftaringizga ko‘chiring. Sa’dullayevlar oilasining bir oylik xarajatlarini 
jadvalga taxminan yozing. Jami oylik chiqim miqdorini hisoblang.
2. Agar oziq-ovqatlar narxi 20% ga oshsa, Sa’dullayevlar oilasining oylik xarajatlari 
miqdori necha so‘mga ko‘payadi? Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha 
foizga oshadi?
3. Agar kiyim-kechaklar narxi 10% ga ko‘tarilsa, Sa’dullayevlar oilasining oylik 
xarajatlari miqdori necha so‘mga oshadi? Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari 
necha foizga o‘sadi?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
o‘rtacha narxiga ko‘paytirib ham aniqlash mumkin. Demak, yuqoridagi fikrlarga 
asosan, 
M

V=P

Q
ko‘rinishdagi Fisher tenglamasi deb nomlangan tenglamani 
hosil qilamiz. Bu yerda, 
M
— muomaladagi pul massasi, 
V
— pulning aylanish 
tezligi, 
P
— birlik tovarning o‘rtacha narxi, 
Q
— tovar va xizmatlar miqdori. 
Fisher tenglamasi har qanday davlat iqtisodiyoti uchun o‘rinli bo‘lib, 
pul muomalasi 
qonuni
deb ham ataladi.
INFLATSIYA 
Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko‘payib ketsa, pul 
muomalasi qonuniga ko‘ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni tiklash uchun yoki 
tovar va xizmatlar hajmini ko‘paytirish yoki tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxini 
oshirish kerak bo‘ladi. Lekin tovar va xizmatlar hajmini bir zumda oshirishning 
imkoni yo‘q. Shuning uchun, muomaladagi pul miqdorining o‘sishi, odatda, 
narxlarning oshishiga olib keladi. 
Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borish jarayoniga 
inflatsiya
deb ataladi. Inflatsiya, o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib 
keladi. 
Pulning qadrsizlanishi
deb, unga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar 
miqdorining kamayishiga aytiladi. Pulning qadri tovarlar narxining arzon yoki 
qimmatlashishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar narxlar qimmatlashsa, ma’lum 
miqdordagi pulga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa 
pulning qadrsizlanganligidan dalolat beradi. Aksincha, agar bozordagi narxlar 
arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga ko‘proq tovar sotib olish mumkin bo‘ladi. 
Bu pul qadrining oshganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning 
muttasil pasayib borish jarayoniga 
deflatsiya
deyiladi. Inflatsiya makroiqtisodiy 
jarayon bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va 
deyarli barcha tovar va xizmatlar narxining oshishiga olib keladi.
Irving Fisher o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini iqtisodiyot 
fanining tovar-pul munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha 
nazariy izlanishlar olib borishga bag‘ishladi.
Uning ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli olib borishida 
matematika bo‘yicha chuqur ma’lumoti qo‘l keldi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin