“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022
173
Kalit so’zlar:
konvensiya,
BMT, ratifikatsiya, deklaratsiya, irq, mintaqa, jins,
til, din, siyosiy eʼtiqod, milliy, etnik, ijtimoiy, mulkiy, vasiy.
Ключевые слова
: конвенция, ООН, ратификация, декларация, раса,
регион, пол, язык, религия, политические убеждения, национальный,
этнический, социальный, имущественный, опекун.
Keywords
: convention, UN, ratification, declaration, race, region, gender,
language, religion, political belief, national, ethnic, social, property, guardian.
Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy
va
ruhiy
qobiliyatlarini
erkin
rivojlantirishi
uchun
boshqa
narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga
ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar
bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola oʻzining kamol
topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning
hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya
bolaning yashash va sogʻlom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan bog’liq
huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan
bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish
va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam
koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik —
Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi,
jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi,
mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir
boshqa holatlardan qat`iy nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan
foydalanishi kerak.
Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni
komil inson ruhida o‘stirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va
ta’minlab berish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlatni
|