O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
8.3. Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari 
Dasturda ma'lumotlarning qiymatlarini xotiraga kiritishni bir necha usullarda 
bajarish mumkin. 
Sonli o‗zgaruvchilarga ularning qiymatini berishda o‗zlashtirish operatoridan 
foydalaniladi. Masalan: 
A:=15; B :=-3.1; 
Dasturni o‗zgaruvchilarning turli qiymatlarida bajarish uchun 
READ
- kiritish 
operatori mo‗ljallangan. 
Kiritish operatori quyidagicha ko‗rinishlarda ishlatilishi mumkin: 
1)
READ(al,a2,...,an); 
bunda, al,a2,...,an - o‗zgaruvchi qiymatlarini ketma- ket standart INPUT 
protsedura faylidan oluvchi o‗zgaruvchilar. O‗zgaruvchilarga qiymatlar turiga mos 
ravishda klaviaturadan kiritiladi. 


89 
Aytaylik, A, B, C o‗zgaruvchilarga dastur bajarilishi davomida quyidagi 
qiymatlarni berish kerak bo‗lsin: A=15, B=11, S=2.3. 
Operator READ(A,B,C) ko‗rinishiga ega bo‗lib, sonlar qiymatlarini dastur 
bajarilishi davomida quyidagicha kiritish mumkin: 
5 17 6.2 [Enter]. 
Agar o‗zgaruvchi REAL toifada aniqlangan bo‗lsa, uning qiymatini butun son 
yoki haqiqiy son ko‗rinishida kiritiladi. Kompyuterning o‗zi butun sonni haqiqiy 
songa o‗tkazib oladi. 
Masalan: 
VAR A, B:REAL; 
READ (A, B) operatorining ishlatilishi natijasida 4 va 5 sonlarini probel (bo‗sh 
joy) orqali kiritish mumkin. 
2)
READLN - bu operator kiritish jarayonida bo‗sh qator qoldiradi; 
3)
READLN( al,a2,...,an); 
- operatorning bajarilishida avval al,a2,...,an ga qiymat kiritilib, so‗ng keyingi 
satrga o‗tiladi. Bu operator oldingi ikki operatorga teng kuchlidir. 
KOMPYUTER xotirasidagi ma'lumotlarni displey ekraniga chiqarish operatori - 
WRITE
dir. Operator quyidagi bir nechta ko‗rinishlarda ishlatilishi mumkin: 
1)
WRITE( al,a2,..., an); 
bunda al,a2,...,an oddiy o‗zgaruvchilar, o‗zgarmaslar yoki ifodalar bo‗lishi 
mumkin va ular standart OUTPUT protsedura fayliga chiqariladi. 
Masalan: 
WRITE( 'B ning qiymati =', B) operatori displey ekraniga: 
B ning qiymati = va undan so‗ng B o‗zgaruvchining qiymatini chiqaradi. 
WRITE operatorida butun va haqiqiy sonlarni ma'lum formatda chiqarish 
mumkin. Bu format ikki nuqta orqali o‗zgaruvchidan so‗ng ko‗rsatiladi. 
Masalan: 
WRITE(Y:4:2); operatori bilan Y ning qiymatini chiqarishda, Y ning hamma 
qiymatini chiqarish uchun 4 ta xona ajratilishi, ulardan ikkitasi kasr qismi uzunligini 


90 
anglatadi (bunda sonning butun va kasr qismini ajratuvchi vergul (nuqta) ham 
hisobga olinishi zarur). 
Butun sonlarni chiqarishda kasr qismi formati ko‗rsatilmaydi. 
Aytaylik, N=111 butun sonli qiymatni chiqarish kerak bo‗lsin. Chiqarish 
operatori buning uchun quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin: 
WRITE ('N=', N:3) 
Paskal tilida boshqa chiqarish operatorlari ham ishlatiladi.
2)
Parametrlarsiz chiqarish operatori 
WRITELN - displey ekranida yangi satrga o‗tishni ta'minlaydi. 
3)
WRITELN(al,a2,...,an); 
- chiqarish operatori oldin al,a2,...,an larning qiymatlarini chiqaradi, so‗ng yangi 
qatorga o‗tishni ta'minlaydi. Shunday qilib, bu ham quyidagi ikki operatorga 
ekvivalent: 
WRITE( al,a2,...,an); WRITELN; 
Quyida oddiy masalalarni dasturlash namunalari ko‗rsatilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin