55
•
uskunalarning
ish
yuki
darajasini
oshirish,
eksport
mahsulotlarini yetkazib berishni ko'paytirish ish bilan bandlikni
oshishiga olib keladi;
•
xalqaro raqobat korxonalarni takomillashtirish zaruratini keltirib
chiqaradi;
•
eksport daromadlaridan kelgan tushum sanoatni rivojlantirishga
yo’naltirilgan kapitalni yig'ish manbai bo'lib xizmat qiladi.
Zamonaviy xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimida markaziy o'rinni egallaydi. Xalqaro savdo har
qanday
milliy
iqtisodiyot,
birinchi
navbatda,
jahon
savdo
munosabatlarida faol ishtirok etishdan qo'shimcha foyda oladigan ochiq
iqtisodiyot davlatlarini rivojlantirish uchun zarurdir. Tovarlar va
xizmatlar xalqaro savdosi tufayli mamlakatlarning ilmiy-texnik, ishlab
chiqarish,
texnologik,
moliyaviy
o'zaro
bog'liqligi
mustahkamlanmoqda.
Xalqaro savdo ikki asosiy turga bo'linadi: tashqi savdo va jahon
savdosi.
Dostları ilə paylaş: