Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


G’arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi. Yevropa ittifoqi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

 
12.2. G’arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi. Yevropa ittifoqi. 
Integrasiya G'arbiy Yevropa mamlakatlari istisodiyotida o'zining 
eng to'liq rivojlanishiga erishdi. G'arbiy Yevropa integrasiyasi ob'ektiv 
iqtisodiy jarayonlardan tashqari V. Gyugo, I. Kant kabi ko'plab 
Yevropa siyosiy va jamoat arboblari, mutafakkirlari tomonidan ilgari 
surilgan yagona Yevropa g'oyalari bilan sug'orilgan edi. Yevropa 
Ittifoqining tashkil topishi va rivojlanishining zamonaviy tarixi 1951 
yildan boshlanadi. Shu yil aprel oyida Yevropa ko'mir va po'lat 
birlashmasi to'g'risidagi shartnoma imzolandi. Unga oltita mamlakat – 
Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg kirdi. Bu 
G'arbiy Yevropa integrasiyasining o'ziga xos ibtidosi edi. G'arbiy 
Yevropa integrasiyasining real paydo bo'lishi va rivojlanishi 1957 yilga 
to'g'ri keladi. Shu yili yuqorida sanab o'tilgan mamlakatlar Yevropa 
iqtisodiy hamjamiyati (YIH) va Yevropa atom energiyasi hamjamiyati 
(Yevratom) tashkil etish to'g'risidagi shartnomalarni imzoladilar. 
Hamjamiyatlar 
tarkibiga 
rivojlanish 
darajasi 
yuqori 
bo'lgan 
mamlakatlar kirdi, bu ularning keyingi 15 yil mobaynida iqtisodiy 
o'sishining yuqori sur’atlarini belgilab berdi. 
G'arbiy Yevropa integrasiyasining rivojlanishi 50-yillar oxiridan 
boshlab hozirgi vaqtgacha notekis va nisbatan ziddiyatli kechdi. Shu 
bilan birga Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tashkil etishda oldinga 
qo’yilgan maqsad va vazifalar yetarlicha izchil va muvaffaqityali 
amalga oshirildi. 
G'arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi rivojlanishi jarayonini 
shartli ravishda to'rtta bosqichga bo'lish mumkin. 
Birinchi bosqich (50-yillar oxiri-70-yillar o'rtasi). Hamjamiyat 
hayotidagi «oltin asr» hisoblanadi. Ushbu bosqich bojxona Ittifoqining 
muddatidan oldin tashkil etilishi yagona agrar bozorning nisbatan 
muvaffaqiyatli shakllantirilishi, Yevropa Ittifoqiga uchta yangi 


123 
mamlakat: Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiyaning kirishi bilan 
xarakterlanadi. 
Ko'pincha "umumiy bozor" deb yuritiladigan Yevropa iqtisodiy 
hamjamiyatini tashkil etishning aniq maqsadlari quyidagilardan iborat 
edi: 
-
ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi savdoda barcha cheklovlarni asta-
sekin bartaraf etish; 
-
uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy bojxona tarifini 
belgilash; 
-
"insonlar, kapital, xizmatlar" erkin harakat qilishi uchun cheklovlarni 
tugatish; 
-
transport va qishloq xo’jaligi sohasida umumiy siyosatni ishlab 
chiqish va amalga oshirish; 
-
valyuta ittifoqini tashkil etish; 
-
soliq tizimini birxillashtirish; 
-
qonunchilikni yaqinlashtirish; 
-
kelishilgan iqtisodiy siyosat printsiplarini ishlab chiqish
1
.
Qatnashchi mamlakatlar tovarlari, kapitallari, xizmatlari va ishchi 
kuchi umumiy bozori tashkil etilishi vazifasining hal etilishini YeIH 
o'zining birinchi maqsadi qilib qo'ydi. Buning uchun bojxona Ittifoqi 
tashkil etildi. YeIHga aynan bojxona Ittifoqi asos qilib olingan. 
Bojxona Ittifoqi doirasida: 
-
qatnashchi 
mamlakatlarning 
o'zaro 
savdosidagi 
savdo 
cheklovlari bekor qilindi; 
-
uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tarifi 
belgilandi; 
-
kapitallar, kreditlar harakati, pul o'tkazmalari, xizmatlar 
ko'rsatish erkinligiga erishildi; 
-
ish kuchining erkin migrasiyasi va yashash joyini erkin tanlash 
ta'minlandi. 
Ushbu 
choralarning 
barchasi 
sanoat 
integrasiyasining 
jadallashuviga ko'maklashdi. Ayni bir vaqtning o'zida kompensasiya 
yig'imlari va qishloq xo'jaligi jamg'armasi orqali moliyalashtirish 
yordamida 
umumiy 
protektsionizm 
o'rnatish 
shaklida 
agrar 
integrasiyani amalga oshirishga urinib ko'rildi. YeIning agrar siyosati 
uning azolari bo'lgan mamlakatlarning ko'plab qishloq xo'jaligi 
1
Шодиев Р.Х., Махмудов Э. “Жаҳон иқтисодиёти”. – Т.: “Ғофур Ғулом”, 2005.- 92 бет


124 
mahsulotlari uchun birdek minimal narxlar belgilanishini kafolatlovchi 
narxlarning yagona tizimiga asoslanadi. 
Umumiy bozor shakllantirilishi YeIH milliy monopoliyalarining 
transmilliy monopoliyalarga aylanishi jarayonini tezlashtirdi, sherik 
mamlakatlar iqisodiyotiga kirib borishga ko'maklashdi. 
Ikkinchi bosqich (70-yillar o’rtasi-80-yillar o'rtasi) YeI tarixiga 
Yevropa valyuta hamkorligi dasturi qabul qilinishiga, tashqi siyosiy 
kelishuvlarga muvaffaq bo'linganligi sifatida kirdi. Biroq, baribir paydo 
bo'lgan salbiy tendentsiyalar ushbu davrda G'arbiy Yevropa iqtisodiy 
integrasiyasining jiddiy tangligiga olib keldi. 70-yillarda va 80-yillar 
boshida YeI mamlakatlari o'rtasidagi rivojlanish darajasidagi tafovut 
ko'paydi. 1981 yilda Gresiyaning YeI ga kirishi bilan ushbu tedentsiya 
yanada aniqroq namoyon bo'ldi, chunki ushbu mamlakatning 
iqtisodiyoti hamjamiyatning boshqa qatnashchilariga taqqoslaganda 
ancha past darajada edi. 
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi-90-yillar boshi) – 
hamjamiyat tarkibining yanada kengayish bosqichi bo'ldi. 1986 yilda 
Ispaniya va Portugaliyaning qo'shilishi ilgari mavjud bo'lgan 
mamlakatlararo nomutanosiblikning keskinlashuviga olib keldi. Shu 
bilan birga ayni ushbu davr G'arbiy Yevropa integrasiyasi 
rivojlanishidagi yangi kuchayish bilan xarakterlanadi. Bu eng avvalo, 
Yagona Yevropa akti (YYA) qabul qilinishi bilan bog'liqdir. 
YYAda hamjamiyat qatnashchilari bo'lgan mamlakatlarning 
umumiy maqsadi – Yevropa Ittifoqi tashkil etish tasdiqlandi. Yevropa 
Ittifoqi o’zida hamjamiyat qatnashchilarining siyosiy alyansini ifodalar 
va 
ularning 
iqtisodiy, 
valyuta-moliyaviy, 
insonparvarlik 
hamkorligining yuqori darajasinigina emas, balki tashqi siyosatni, shu 
jumladan, xavfsizlikni ta'minlashni kelishishni ham nazarda tutar edi. 
Yagona Yevropa aktida yagona iqtisodiy makon barpo etish maqsadi 
unda qayd etilgan markaziy qoida edi. YeIH qatnashchilari bo'lgan 
mamlakatlar yagona xo'jalik organizmini tashkil etishi kerak edi. 90-
yillar boshida YeI a'zosi bo'lgan mamlakatlar yagona bozor asoslarini 
barpo etishni amalda tugalladilar va valyuta-iqtisodiy va siyosiy 
ittifoqlarni shakllantirishga juda yaqinlashib qoldilar. 
To'rtinchi bosqich (XX asrning 90-yillari o'rtasi -XXI asr boshi) 
da yagona Yevropa aktiga muvofiq 1993 yil yanvardan boshlab 
hamjamiyat chegaralari ichida ishlab chiqarish omillarining erkin 
harakat qilishi joriy etildi. Amalda hamjamiyat doirasida yagona 


125 
iqtisodiy makon paydo bo'ldi, bu YeIning iqtisodiy integrasiyaning sifat 
jihatidan yangi bosqichiga kirganligini anglatar edi. 
Maastrixt shartnomasi asosida (1992 yil fevral) 1994 yil 1 
yanvardan boshlab YeIH qatnashchi mamlakatlari soni 15 ta bo'lgan 
Yevropa Ittifoqiga aylantirildi. YeI doirasida to'liq yagona ichki bozor 
tashkil etish amalga oshirildi. Bundan buyongi integrasiya hamkorligi 
maqsadlari e'lon qilindi. Ular yagona valyuta – yevro emissiyasi huquqi 
bilan yagona Yevropa banki, ichki chegaralarsiz yagona G'arbiy 
Yevropa makoni barpo etilishini o'z ichiga olar edi. 
Maastrixt bitimlari (1991 yil, dekabr) G'arbiy Yevropa 
integrasiyasining rivojida sifat jixatidan yangi bir bosqich xisoblanadi, 
zero, unda mamlakatlarni mikro darajada bir-biriga yaqinlashtirish 
vazifasi qo'yilgan edi. 
Maastrixt bitimlari Yevropa Ittifoqiga quyidagi vazifalarni 
yuklagan: 
-
yagona valyuta yaratish va uni boshqarish; 
-
yagona iqtisodiy siyosatni, ayniqsa, uning byudjet ishlariga 
taalluqli qismini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, (urinli 
topilganda) kuchaytirish; 
-
erkin raqobatga asoslangan yagona bozorni tashkil etish va 
himoyalash; 
-
boy va qashshoq mintaqalar o'rtasida tenglikka intilish hamda 
(imkon bo’lgan joylarda) mablag'larni qayta taqsimlash; 
-
qonunchilik va tartib-qoidani qo'llab-quvvatlash; 
-
ayrim fuqarolarning tub huquqlarini e'tirof etish va rivojlantirish; 
-
uchinchi mamlakatlarga nisbatan bamaslahat yuritiladigan savdo, 
keyinroq esa umumiy iqtisodiy siyosat to'g'risida, iqtisodiy 
siyosatni yagonalashtirish borasida ham kelishib olishlarini 
nazarda tutadi
1

"Yagonalashgan", 
muvofiqlashtirilgan 
umumiy 
iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirishni taqozo etuvchi mazkur qoidalarni ro'yobga 
chiqarish yo'lida esa ijroiya – muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan 
xalqaro davlat tashkilotlariga ehtiyoj tug’ildi. 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati qabul qilgan maqsadlarni 
ro'yobga chiqarish jarayonida: 
1) sanoat integrasiyasining jadallashuvi ta'minlandi; 
1
Шодиев Р.Х., Махмудов Э. “Жаҳон иқтисодиёти”. – Т.: “Ғофур Ғулом”, 2005.- 98 бет б


126 
2) qishloq xo'jalik jamg'armasi faoliyati orqali birgalikda 
homiylik o’rnatish, to’lov yig'imlarini joriy etish shaklida agar 
integrasiyani jadallashtirishga harakat qilindi; 
3) Yevropa valyuta tizimi yuzaga keldi. 
Ana shu chora-tadbirlarning barchasi iqtisodiy integrasiyaning 
keng tomir yoyishiga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati ta'sir doirasining 
kengayishiga olib keldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin