Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209
falsafa

Hayotning ma’nosi. 
M ashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash 
uchun ovqatlanurlar, ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikm atni 
k o ‘p tak ro rlar ekan. X o‘sh, aslida inson nim a uchun yashaydi? 
Yashashdan maqsad nima? Inson hayotining m a’nosi nimada?
Har bir inson o ‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga 
urinadi va hayotining m a’nosini o ‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois 
h a y o tn in g m a ’n o s i a x lo q s h u n o s lik n in g a n c h a m u ra k k a b
tushunchalaridan hisoblanadi.
A w a lo shu ni aytish jo izk i, hayo tn in g m a’nosini y ash ashdan 
m aqsad degan tu sh u n cha bilan qorishtirib yuborish h o llari ко p 
uchraydi. V aholanki, ularni aynanlashtirish m um kin em as, chunki 
hayotning m a’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tu shuncha, о z 
ichiga o ‘nlab, balki yuzlab m aqsadlarni oladi, aniqrog'i, u m uayyan 
m aqsadlar tizim idan tashkil topadi. Shu bois kim ningdir b iro r-b ir
www.ziyouz.com kutubxonasi


ezgu m aqsadi am alga oshm ay qolsa, uning h ay o tin i « m a’nosiz» deb 
b o ‘lmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham m um kin. Bunda kishidagi 
maqsadlar o ‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, 
tuban, hatto yovuz b o ‘lishi mumkin. Mazkur kishi — «hayot egasi»ning 
bunday tabiati jam iyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, 
kim dir o ‘z hayoti m a’nosini qanday yo‘l bilan bo'lm asin boy-badavlat, 
to ‘kin-sochin yashashda deb tushunadi: harom -xarishning farqiga borib 
o ‘tirmaydi, birovning haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan 
bo ‘lmasin, martabaga erishishni o ‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo'yadi, 
faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa, qonunni buzm aydi, lekin 
o ‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi 
b o ‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi.
Yana bir toifa odam lar borki, ular hayotining m a ’nosini eng yuksak 
qadriyatlar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik 
oshuftasi, e ’tiqodi but kimsalar sifatida e ’tibor qozonadilar. U lar oliy 
ideallarga intilib, fidoyilarcha um r kechiradilar. H ayotining m a’nosini 
o ‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi um r»da k o ‘radilar. H ar bir 
jamiyatning taraqqiy topishi yoki tanazzuli hayotning m a’nosini ana 
shu tarzda tushunuvchilaming ko‘pligi yoki kamligi natijasida ro‘y beradi, 
bir so‘z bilan aytganda, bunday tom m a’noda «elim deb, yurtim deb 
yonib yashaydigan» o d am lar yuksak ax lo qli, d e m o k ra tik , erk in
jamiyatning ustunlaridir.
Biz yuqorida ko'rib chiqqan toifalar ikki um um iy ijtim oiy-m a’naviy 
guruhning biriga, ta ’bir joiz b o ‘lsa, shartli ravishda dunyoviy deb 
ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e ’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh 
hayotning m a’nosini Xudoni topishda, U nga yetishishda deb biladi. 
Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki m uhabbat 
vositasida ham X udoga m urojaat q iladilar. M asalan, buyuk rus 
mutafakkiri va yozuvchisi, pravoslav cherkovidan ronda qilingan Lev 
Tolstoy hayotning m a’nosini quyidagicha tushunadi: «M en faqat Xudoga 
ishongan onlarimdagina haqiqiy yashaganimni esladim... Xudoni tanish 
va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot dem akdir», — deb yozadi u 
o ‘zining m ashhur «Iqrornoma» asarida1.
www.ziyouz.com kutubxonasi


O lz hayotining m a’nosini Xudoga yetishish uchun harakatda deb 
bilgan Tolstoy ayni paytda bu harakatni dunyoviy muammolarning hal 
qilinishi bilan bog'laydi. Xuddi shunday holatni biz aw al ham bir necha 
bor misol qilib keltirganimiz buyuk m utasaw if bobokalonimiz Alisher 
Navoiy shaxsida ham ko‘rish mumkin. G ap shundaki, har ikki alloma 
o ‘zlari tanlagan tariqatlar orqali Xudoga yetishishga intiladilar, ulardagi 
Xudoga bo‘lgan ilohiy ishq U yaratgan har bir jonzotga, har bir giyohga, 
eng aw alo, insonga muhabbat sifatida namoyon bo‘ladi, ya ni ular 
hayotida diniylik dunyoviylikni inkor etmaydi. Shu nuqtayi nazardan 
qaraganda, b a ’zi ekstrem istchi guruhlar mafkurachilarining «dinni 
dunyoviylikdan tozalash» haqidagi safsatalari ulardagi hokimiyatni qo Iga 
olishga intilishdan boshqa narsa emas, mohiyatan dinga aloqasi yo‘q, 
xudbinlikning niqoblangan ko‘rinishi, xolos. Zero, Alloh u dunyoda 
jannatiy bo'lish uchun o ‘z bandalariga bu dunyoda go‘zal yashashni, 
chiroyli a’mollar qilishni buyuradi.
K o'rib o ‘tganim izdan m a’lum b o ‘lyaptiki, hayotning m a’nosini 
tushunishda har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar 
mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning m a’nosi o ‘z 
manfaatlarini o'zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak 
aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga binoan 
um r kechiradilar.
Baxt. Hayotning m a’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt 
atamasini ham hayotning m a’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda 
tahlil etish m um kin emas. Zero, baxt inson o ‘z hayoti m a’nosini qay 
darajada tushungani va shu m a’nodan umri mobaynida qoniqish hosil 
qilib borishidan iboratdir. H ar bir insonda qoniqish hissi undagi 
maqsadlaming takomilga yetganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga 
yetish jarayoni bir um r davom etadi. Shu m a’noda buyuk ajdodimiz 
Abu Nasr Forobiy: «Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zotan u 
muayyan komillikdir», — deganida ko‘p jihatdan haq edi1.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik 
lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to ‘g‘ri emas. Lazzat oniylik 
xususiyatiga ega, o ‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va 
u moddiy hayotdagi real, ammo o ‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz 
kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat 
o ‘tgach, to'yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham
shunday. Baxt esa m a’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga 
birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir um r 
to'xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o ‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida 
ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli o ‘laroq, shaxsning intilishini 
emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. H ar bir intilishning ro'yobga 
chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk 
shoirimiz G ‘afur G ‘ulomning:

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin