Xalq ijodiyoti


O’tmish saboqlarini o’rganish



Yüklə 253,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü253,95 Kb.
#210832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs Ishi 1, 2

O’tmish saboqlarini o’rganish 
— o‘tmishdagi jarayonlar va turli 
voqealar qolatlarining o‘zgarishini o‘rganish va ularning xarakterini aniqlash 
muhim vazifadir. Istiqbolni belgilash uchun tashkiliy ishlar ko‘rilib, 
tekshirilayotgan jarayonning dinamik andozasi quriladi. 
Diagnostika 
— istiqbolni belgilash usullari aniq belgilanadi va tanlanadi. 
Prognozlash 
(oldindan aytish) — kamchiliklar va amalga oshirilayotgan 
ishlar ko‘lami aniqlanadi. 
5
A .Ro`zmetov. Madaniyatda mulkdorlik muammolari. Soliq to‗lovchining jurnali, 2021 yil. 


12 
Hozir madaniyat sohasining iqtisodiy istiqbolini belgilashning turli 
usullaridan foydalanilmoqda. 
Tahliliy (analitik) usul 
— olingan natija va kelajakdagi amalga 
oshiriladigan vazifalar taqsimlanadi va rejalar tavsifi ishlab chiqiladi. Bu 
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: dastlabki jarayonni o‘zgartirish va 
boshlang‘ich ishlash, empiric (amaliy) faoliyat va vazifalarni tanlash, empirik 
vazifalar o‘lchovlarini aniqlash, ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir 
qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki 
tatbiq etish va aniqlikni baholash. 
Tahlillarning bog‘lanish usuli, ikki va undan ortiq harakat ko‘rinishlarini 
baholash orqali tahlil qilish. 
Inqiroz holatlarining tahlili — bir va undan ortiq omillar ta‘siridagi 
alomatlarni, ularning natijalarini o‘rganib, xulosalar chiqarish. Turli omillar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aks ettiruvchi funktsiyalar omillarini aks ettiruvchi 
inqiroziy tenglamalarni aniqlash. 
Dispersion tahlil — turli jarayonlarda bir-biriga o‘xshash va bir-biridan 
farq qiluvchi omillar o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqariladi. 
O‘xshash jarayonlar usuli — istiqbolni belgilovchi jarayonlarda muhim 
manbalardagi umumiylik va ish tarzining bir-biriga nisbatan 
o‘rinli 
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. 
Ekspert baholash usuli — kun tartibiga qo‘yilgan vazifani o‘lchamdagi 
usullar bilan hal etish mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. U madaniy 
taraqqiyot modelini malakali mutaxassislar (ekspertlar) fikri asosida yaratishga 
imkon tug‘diradi. 
Ekspertning baholash usulini qo‘llash tartibi: 

ekspert so‘rovlar jadvalini ishlab chiqish; 


13 

madaniyat 
va 
san‘at faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan 
mutaxassislardan ekspertlar tanlash; 

so‘rovlar jadvalini ekspertlar tomonidan to‘ldirish; 

olingan manbalarning ishonchliligini aniqlash maqsadida so‘rov 
natijalariga taqliliy ishlov berish. 
Morfologik taqlil usuli — amalda istiqbolli va keng foydalaniladigan qonun- 
qoidalar to‘plamini tatbiq etish, rejalashtirishning eng maqbullarini, iqtisodiy 
mezonlar bo‘yicha tanlash. 
Sohaga intellektual kuchlarni jalb etish ekspertlarni faol ijodiy jarayonlarga 
jalb etishga asoslangan bo‘lib, vazifa ilg‘or g‘oyalar «kontsentratsiyasi» ortishi 
va g‘oyalar generatsiya jarayonini jadallashtirish yo‘li bilan qal etiladi. 
Taqlidiy shakllash usuli asosan EHMda dialog rejimida echimlarni izlashda 
foydalaniladi. Bunda kutilajak natijalarni olish maqsadida iqtisodiy-matematik 
modellar bazasida turli xil boshlang‘ich chegaralangan shartlar hamda maqsadga 
muvofiq variantlar izlanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, odatda amalda ekspertlar 
jamoasi baqolar, maqsadlar daraxtini ko‘rish, morfologik analiz va senariy 
yozishni o‘z ichiga olgan bir emas, bir necha usullar majmuidan foydalanadilar.
6

Yüklə 253,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin