Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Biometrik tizimlar. 
Biometrik qurilmalar tirik organizmning 
fiziologik yoki odatiy (g‘ayri-ixtiyoriy) xarakateristikalariga asoslangan. 
Keng tarqalgan biometrik usullarga quyidagilar taalluqli (4.2-
rasm): 


95 
-
barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini skanerlash usuli har bir 
inson barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan. 
Barmoq izi skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng 
qo‘llaniladi; 
-
qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha. Ushbu usul qo‘l 
panjasining shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining 
samaradorligi barmoq skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi; 
-
ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning 
orqa devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. 
Shu tariqa yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi; 
-
ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘ 
insonning eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi 
shundaki, masofadan skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv 
kameralari bilan integrallashga imkon beradi; 
-
yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli 
qiyofasini qurishga asoslangan; 
-
qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus 
iboraning grafik identifikatsiyasiga asoslangan; 
-
klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan 
matnni klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan; 
-
ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik 
xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga 
bog‘liq.
 Barmoq izi 
 Yuz tasviri 
 Ko‘z qorachig‘i 
 Ovoz 
4.2-rasm. Biometrik namunalarga misollar 
Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik 
parametr quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart: 
-
universal bo‘lishi
– 
biometrik parametrlar barcha 
foydalanuvchilarda bo‘lishi; 


96 
-
farqli bo‘lishi 
– barcha insonlarning tanlangan biometrik 
parametri bir-biridan farqlanishi; 
-
o‘zgarmaslik – 
tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan 
o‘zgarmay qolishi; 
-
to‘planuvchanlik – 
fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan 
bo‘lishi. Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning 
autentifikatsiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Biometrik tizimlarning eng ishonchligi – ko‘zning rangdor pardasi 
yoki ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq 
skaneri va bir vaqtda barmoq izi va ko‘zning rangdor pardasidan 
foydalanuvchi kombinatsiyalangan qurilmalar eng yuqori aniqlikni 
ta’minlaydi.
Biometrik atributlar bo‘yicha autentifikatsiyalashning o‘ziga xos 
xususiyatlari va kamchiliklari mavjud: 
-
biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan; 
-
ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning 
ta’sirchanligini hisobga olish lozim; 
-
aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va 
sog‘lig‘iga bog‘liq; 
-
hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari barcha vositalar 
yetarlicha qimmat; 
-
davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida 
foydalanuvchilarda ishonchsizlikning mavjudligi. 
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi 
quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi: 
-
FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar 
chastotasi; 
-
FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar 
chastotasi. 
1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro 
bog‘langan: bir parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi shunchalik 
yomon bo‘ladi, ya’ni, bu yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal 
biometrik tizimda xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. 
Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu sababli nimanidur qurbon 
qilishga to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin