― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   266
pul va banklar (2)

Ayirboshlash funksiyasi. 
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti 
tamoyillarida yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar 
ko‗rinishida tovarlar va xizmatlar to‗lovi uchun foydalanilib ayirboshlash 
funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi 
ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning 
samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun 
tovarlar va xizmatlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri boshqa tovar va xizmatlarga 
ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‗rib chiqamiz.
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya‘ni 
iqtisodiyot bo‗yicha ma‘ruza o‗qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter 
iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki 
uning iqtisodiyot bo‗yicha ma‘ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‗g‗ri 
keladi. Ko‗rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‗lgan 
odamlarga ma‘ruza o‗qiy olishi ko‗p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat 
ochlikdan o‗lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma‘ruza o‗qishni to‗xtatib, 
fermerlik bilan shug‗ullanishiga to‗g‗ri keladi. 
Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt – operatsion xarajatlar 
hisoblanadi. Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda yuqori hisoblanib, 
odamlar ―xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ ni qondirishlariga to‗g‗ri 
kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning o‗zida ushbu tovarlar 
va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi zarurdir. 
Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo‗lsa, nimalar sodir bo‗lishini ko‗rib 
chiqamiz. Bunday holatda uning ma‘ruzalari uchun pul to‗laydigan har bir 
odamning hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Keyinchalik u har qanday 
fermer (supermarket) ga borishi yoki ma‘ruza o‗qishi natijasida ishlab topilgan 
pullarga zaruriy ist‘emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‗ladi. ―Xohish va 
istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi 
orqali, o‗zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug‗ullanadi.
Ko‗rib chiqilgan misoldan ko‗rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning 
samaradorligini oshirib, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashga ketadigan vaqtni 
tejash imkonini beradi. Odamlarning yuqori malaka to‗plash orqali ma‘lum 
ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning samaradorligini oshishiga olib keladi. O‗z 
navbatida, pul – iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, o‗zining 
xususiyatiga ko‗ra moylovchi material sifatida operatsion xarajatlarni 
kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini chuqurlashtirish 
xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi.
Pulga bo‗lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko‗rinishidagi 
jamiyatdan tashqari xar qanday jamiyat pulni o‗ylab topadi. Xar qanday tovar pul 
sifatida samarali ishlashi uchun bir nechta talablarga javob berishi zarurdir: 


birinchidan, osonlik bilan uning qiymatini aniqlash uchun standartlashgan 
bo‗lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan bo‗lishi; uchinchidan, qismlarga 
bo‗linishi; to‗rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga osonlik bilan ko‗chirilishi; 
beshinchidan, tezda parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat tarixida ushbu 
talablarga javob beruvchi pullar sifatida ko‗plab noodatiy shakllar, ya‘ni 
amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib birinchi 
amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi 
jahon urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan. 
17
 
Pulning turli shakllaridan foydalanish – ishlab chiqarish vositalarining va 
tilning rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin