qiymati pul o‗lchovi vositasi, ya‘ni baho masshtabi,
dastlabki bosqichda hukumat
tomonidan o‗rnatiladi. Masalan, metr o‗lchovi bilan uzunlikni, kilogramm
o‗lchovi bilan og‗irlikni o‗lchagan kabi, pulning qiymat o‗lchovi funksiyasi bilan
barcha tovarlarning qiymati o‗lchanadi.
O‗zbekistonda qiymat o‗lchovi bevosita milliy valyuta «so‗m»,
AQShda
dollar, Evropa ittifoqiga a‘zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling,
Yaponiyada iena qiymat o‗lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning inflyasiya darajasi yuqori bo‗lgan paytda uning qiymat o‗lchovi
funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949
yilgacha Yaponiya ienasining inflyasiya darajasi yuqori bo‗lganligi uchun
ko‗pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini belgilashda,
ayrim hollarda
savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining
qiymat o‗lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror
bo‗lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi
ikkita narxda, dollar va ienada yuritilar edi.
Ayni paytda, ienada belgilangan
tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki
holatidan o‗zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat
o‗lchovini o‗zgartirishi mumkin.Pul islohoti –
muomaladagi pul massasini
kamaytirish orqali, uning joriy qiymat o‗lchovidan boshqasiga o‗tishdir. 1944 –
1952 yillarda Evropa mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga
oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyasiyaga uchramagan va iqtisodiyot
nisbatan barqaror darajaga ega bo‗lgan bo‗lsada, 1961
yilda mamlakatda pul
islohati amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo‗lgan rubllarni yangi
chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohatini amalga oshirgan. O‗sha davrda
o‗tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning
ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo‗lib, xufyona
iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to‗lig‗icha yangi banknotalarga almashtira
olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko‗rgan va baho masshtabi 10
martaga kamaygan.
Pulning
Dostları ilə paylaş: