Yemirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda
yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki nominali muhimdir deb
da‘vo qilib chiqdilar.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‗oz pullar
e‘tirof etilishini e‘tiborga oladigan bo‗lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining
amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan
belgilanishi va uning ta‘minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini
nazarda tutadigan bo‗lsak, nominal pul nazariyasini ―qog‗oz pullar nazariyasi‖
tarzida ifodalash ham mumkin bo‗ladi.
Nominal pul nazariyasini ―qog‗oz pul nazariyasi‖ tarzida yuritilishi uning
aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani,
nominal pul nazariyasini
qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik,
keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta‘limotlarida kuzatish
mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy
bo‗lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul
nazariyasining asosini qog‗oz pullar emas, balki haqiqiy bo‗lmagan tanga
monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki
iqtisodiy nazariya
vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi.
Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan
yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib
olish qobiliyati uning nominali asosida, ya‘ni qog‗oz pulda ko‗rsatilgan nominal
qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning
ta‘limotiga ko‗ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat
mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq
bozor
iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati
talab va taklif asosida
belgilanadi, shuningdek, milliy xo‗jalik doirasida to‗lov vositasini bajaradigan
pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‗lgan
talab asosida o‗zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning
oxiri va XX asrning boshlariga to‗g‗ri kelib, uning ko‗zga ko‗ringan
tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning
pul nazariyasini, uning ta‘limoticha ma‘lum qiymatga ega bo‗lmagan monetalarda
emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi.
Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning
ta‘limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‗oya ilgari
suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta‘limotida
inobatga olinmaydi va e‘tibordan chetda qoldiriladi.
Chunki kredit pullarning
qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan
nominal qiymatga ega bo‗lib, ushbu qiymat o‗zgarishga moyildir, ya‘ni ularni
muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab
qolish imkoniyatiga ega bo‗lmaydilar.
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‗oz pullarning
qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va
ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli
hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‗oyani ilgari suradilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta‘limoti Germaniya tomonidan birinchi
jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi
emissiya jarayonida namoyon bo‗ldi. Biroq, ushbu ta‘limotning haqiqatga yaqin
emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyasiya sharoitida
isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi
qog‗oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyasiyaga uchrashi
natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida
ishlab chiqarishga bo‗lgan
qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne‘mat yaratish
hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne‘matlarni sotish hisobiga qo‗shimcha
daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‗shimcha
moddiy ne‘matlarni yaratish ma‘lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa
ishlab topilgan daromad inflyasiya natijasida o‗zining qiymatini yo‗qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko‗rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning
markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu
tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‗rnatilib, uning amal qilishi
ham to‗liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan
ilgari surilgan ta‘limot o‗zini oqlaydi. Ta‘kidlash joizki,
markazdan boshqarish
tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‗oz pullarning nominali
davlat tomonidan o‗rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy
qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga
emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha
jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi
to‗lig‗icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor
iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning
amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan
muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar
moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini
mustahkam yoki zaif bo‗lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‗lib, davlat
unga ta‘sir o‗tkazish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy
pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: