― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   266
pul va banklar (2)

navbatida E sub‘ekt ham D ga o‘z qarzini qaytaradi va D bu mablag‘ga A da tovar 
yoki xizmatlar sotib olishi mumkin. 
3.
 
Pul aylanishi bank orqali yoki uni vositachiligida yuzaga kelganda: 
 
Bunday jarayonda endi A sub‘ekt B dan bank cheki orqali mahsulot sotib 
oladi va qolga jarayon ham yuqoridagi kabi davom etgan holda chek bo‘yicha 
hamda bank vositachiligida to‘lovlar amalga oshiriladi. 
Buyuk iqtisodchi Karl Marks esa bu jarayonni asosan tovar va pulga bog‘lab 
tushuntiradi. Unga ko‘ra pul aylanishining ilk oddiy ko‘rinishi talab va taklif 
asosida amalga oshiriladigan savdo-sotiq jarayonida vujudga keladi. Bunda sotish 


ham sotib olish ham va pul ham bir-biriga uzviy aloqador bo‘lib, sotuvchi tovar 
yoki xizmatga, xaridor esa pulga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, pul aylanishini asosiy 
vositasi asosan xarid vositasi sifatida namoyon bo‘ladi va bu pul aylanishi 
jarayonida turli vazifalarni bajaradi.
 Xarid qilish jarayonida pul sotuvchi qo‘liga, tovar esa xaridor qo‘liga o‘tadi. 
Bu holatda esa tovar va pul qarama qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
45
Pul aylanmasi sub‘ektlar o‗rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy 
munosabatlarning naqd va naqd pulsiz ko‗rinishidir. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy 
adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‗rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan 
biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga 
oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‗rinishi shakllari o‗rtasida farq 
mavjud emasligi bo‗lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim 
rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni 
amalga oshirish o‗rtasida farq mavjud emas.
Pul aylanishi modeli uning ( yaratilishi ) muomalaga chiqarilishi va 
qaytishi bilan bog‘liq izchil to‘rt bosqichdan iborat:
banklar firmalarga kredit beradi; 
firmalar o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydi;
xodimlar firmalarning yaratgan mahsuloti, tavari, xizmatini xarid 
qiladi;
firmalar banklarga olgan kreditlarini qaytarib to‘laydilar. 
Grazianining fikriga ko‘ra: ―Pulning aylanish nazariyasi pulning butun 
aylanish davomiyligini muhokama qiladi, ya‘ni bank qarzlarini berilishi bilan 
boshlanib, qarzlarni to‘lanib so‘ndirilishi bilan tugaydi.
Haqiqatda, aylanish modeli ―pulning butun aylanish davri‖ ni yoritib bera 
olmaydi. Bank-firma munosabatlaridan tashqari , model real iqtisodiy va 
moliyaviy operatsiyalardan farq qilmaydi, banklar va moliyaviy vositachilar 
orasidagi farqlar tizimli emas; eski sanoat tushunchasiga asoslanib qayta 
mahsulot ishlab chiqaradi va xarid qiladi.
46
 
Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. To‘lov 
aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘lov aylanmasi-bu pul 
shaklidagi mablag‘larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga 
oshirilgan to‘lovlarning yig‘indisidir. To‘lov aylanmasi – bu pullar va pul bozori 
instrumentlari harakatlari yig`indisidir. 
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi : 
-
Veksellar; 
-
Depozit sertefikatlari; 
-
Jamg`arma sertefikatlari; 
-
Obligatsiyalar; 
-
Bank akseptlari. 
45
Helmut Creutz ― The Money Syndrome‖ 
Towards a Market Economy Free from Crises
(Chapter 3- Money movements, Money circulation) -
1999. 86-87p 
46
By Joseph Huber Circuitism – its monetary theory and model of the money circuit. Source: 
https://sovereignmoney.eu/circuitism, as of March 2015.-12p. 


Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‗rsatilgan boshqa tulovchining 
vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so‗mmani 
to‗lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‗ozdir. Tijorat 
veksellari
 
– tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol 
etkazib beruvchi to‘ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas‘ul shaxsning imzosi va 
muhr qo‘yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi 
oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning 
to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa 
shaxslarga uzatish mumkin

Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish 
huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs 
indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi. 
Obligatsiyalar – o‘z egasiga qat‘iy belgilangan foiz ko‘rinishida daromad 
keltiruvchi qimmatli qog‘oz. 
Davlatning xazina majburiyatlari. 
Depozit sertifikatlari –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi 
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli 
qog‘oz. 
Jamg‘arma sertifikatlari
 
–bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh 
pul mablag‘larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz. 
Cheklar– unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqdir. 
Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo‘llaniladi. Fredirik 
Mishkenning fikriga ko‘ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan 
bog‘liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSh da har yili chekni muomalaga 
chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi. 
-
Bank aktseptlari – aktsept so‘zi lotincha so‘z bo‘lib qabul qilmoq degan 
manoni anglatadi. Bank aktsepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek 
bo‘yicha to‘lovning kafolatlanishi tushuniladi. 
To‘lov aylanmasining mutlaq asosiy 75-80% ini pul aylanmasi tashkil 
qiladi.Chunki pul eng yuqori likvidli aktiv hisoblanadi. 
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli 
barchasida ―pul aylanmasi‖ va ―to‗lov aylanmasi‖ alohida – alohida o‗rganiladi. 
Ularni bir – biridan farqlashda asosiy etibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda 
naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita 
naqd pullar to‗lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – 
kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy 
etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli 
darajada pasayib ketishiga sabab bo‗lmoqda. Xususan, AQSH, G‗arbiy Evropa 
mamlakatlari va Yaponiyada naqd pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil 
etadi. 
Pul aylanmasini tashkil qilish asoslari: 
-
Qonunchilik asoslari; 
-
Institutsional asoslar; 
-
Milliy to‘lov tiziminig mavjudligi; 
-
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan joriy hisob 
varaqlarining mavjudligi; 


-
Mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro 
munosabatlarining mavjudligi. 
Qonunchilik asoslari: 
1) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi; 
2) Qonunlar va kodekslar; 
3) Qonunosti hujjatlari: 
a) O‘zbekiston Respublikasi Przidentining farmonlari va qarorlari; 
b)Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 
c) Vazirliklarning buyruqlari, Davlat Qo‘mitasi raislari buyruqlari, Markaziy 
bankning yo‘riqnomalari (ular faqat Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgandan 
keyin kuchga kiradi). 
Pul aylanmasi ikki yirik qismdan iborat: 
1.
Naqdsiz pul aylanmasi 
2.
Naqd pul aylanmasi 
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag‘larining to‘lovchining bankidagi 
hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko‘chirish shaklidagi harakatlarining 
yig‘indisidir.
Sobiq Ittifoq o‘rnida tashkil topgan davlatlar o‘zaro talab va majburiyatlarini 
voz kechish

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin