1-jadval.
Daromadlar auditi ishchi dasturi(misol tariqasida)
7
№
Tekshiruv bosqichlari
Talabga
javob
beradimi?(+:-)
1
Shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`i bilan balans
qoldig`ini tekshirish
2
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot bilan
shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`ini mos kelishini
tekshirish
3
Daromadlarni tegishli hisobvaraqlarda aks
ettirishni tekshirish
4
Kelgusida kutilayotgan daromadni to`g`ri aks
ettirilganligini tekshirish
Daromadlar auditi amalga oshirilayotgan jarayonda auditor har bir daromad
hisobvarag`i qoldig`ini to`g`ri va vaqtida aks ettirilganligini bilishi zarur. Audit
7
Surkova M.A, Leshina E.A, Bagdanova N.A, RyabovaM.A “Аудит банков” o`quv qo`llanma .
Ulyanovsk 2009-yil.
jarayoni bir oy muddatgacha cho`zilishi mumkin. Bu vaqt auditor ishchi dasturi va
filial faoliyati kattaligiga qaraladi. Auditor har bir shaxsiy hisobvaraq qoldig`ini
tekshirishga vaqt topolmaydi va shuning uchun tasodifiy tanlash ishlarini olib
boradi.
Tanlash jarayoni odatda ma`lum muddat yoki ma`lum mijozlarni o`z ichiga
oladi. Eng muhimi tanlanma tasodifiy bo`lishi. Auditor dasturda aks ettirilgan
ketma-ketlikda o`z ishini olib boradi va tekshiruv natijasida o`z hisobotini
shakllantiradi.
Dastlab auditor ishni O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan
25.10.2004 yilda 1419-son bilan ro`yxatga olingan Nizomga asosan har bir
daromad turini tekshirishni boshlaydi. Nizomning 2-ilovasida “Foyda va zararlar
to`g`risida”gi jamlanma hisobotni har bir satri bo`yicha to`ldirilishiga e`tibor
beradi. Dastlab auditor fozili daromadlarning to`g`ri aks ettirilganini tekshiradi.
Kreditlar bo`yicha foizli daromadlar.
Bu satrda O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va boshqa banklarga
berilgan kreditlardan tashqari barcha turdagi kreditlar bo`yicha foizli
daromadlarning umumiy summasi, kreditlar bo`yicha hisoblangan vositachilik
haqi hisobga olingan holda aks ettirilishi lozim. Auditor ushbu summani
hisoblashda RS_Bank va IABS dasturlaridagi:
41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli
daromadlar
41900 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha
foizli daromadlar
42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli
daromadlar
42100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
bo`yicha foizli daromadlar
42200 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
42300 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
bo`yicha foizli daromadlar
42400 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
42500 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
42600 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlariga berilgan
qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
43100 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya
kreditlari bo`yicha foizli daromadlar
43600 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha
foizli daromadlar
43700 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadla
43900 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
bo`yicha foizli daromadlar
44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
bo`yicha foizli daromadlar
44200 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli
daromadlar
44300 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli
daromadlar
44400 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
44500 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
44600 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlariga berilgan
uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
44700 Sud jarayonidagi kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqlar qoldiqlari va “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning
“Kreditlar bo`yicha foizli daromadlar” satrlari teng chiqishi kerak. Bordiyu bu
tenglik bajarilmasa auditor sintetik hisobdan analitik hisobga o`tadi va har bir
mijozning shaxsiy hisobvarag`i qoldig`ini hisoblab chiqadi. Bu satr va bu tur
daromadlar bilan bog`liq asosiy kamchilik 2 turga bo`linadi.
1. Foizlarni hisoblash kunlarining mos kelmasligi. Buxgalter nazoratchi
dasturlardagi tenglikni ta`minlashi zarur. Bordiyu ikki dasturda hisoblash
kunlari farq qilsa, bu hisobvaraqlar bo`yicha jami qoldiq olingan vaqtda
yaqqol ko`rinadi.
2. Foiz stavkasi bilan bog`liq xatolik, bu xatolik asosan foiz stavkalarini xato
kiritilishi bilan bog`liq xatolikdir. Buning natijasida kreditlardan olinadigan
foizli daromadlar ikki dasturda ikki xil summani tashkil etadi va auditor har
bir shaxsiy hisobvaraqni tekshirishga majbur bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va boshqa banklardagi
hisobvaraqlar bo`yicha foizli daromadlar .
Bu satrni tekshirishda auditordan banklararo hisob-kitoblarda muayyan bilimga
ega bo`lish talab etiladi. Bu satrni tekshirishda auditor IABS dasturidagi
40200 O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankidagi hisobvaraqlar
bo`yicha foizli daromadlar
40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli daromadlar
41400 O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli
daromadlar
44000 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli
daromadlar
Hisobvaraqlar qoldiqlarni yig`indisi bilan “Foyda va zararlar to`g`risida”gi
hisobotning “O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va boshqa banklardagi
hisobvaraqlar bo`yicha foizli daromadlar” satrlari summalari bir xil chiqishi lozim.
Bu tenglik bajarilmagan hollarda auditor har bir bankka berilgan har bir
kredit turi bo`yicha qoldiq summalari yig`indisini hisoblab chiqishi lozim bo`ladi.
Banklararo kreditlarni olish, berish ishlari bilan odatda bankning banklararo hisob-
kitoblar bo`limi shug`ullanadi. Hamma bank muassasalarida ham bunday bo`lim
yo`qligini hisobga olsak, filiallarda bu ishlarni filial boshqaruvchisi, bosh buxgalter
bilan birga amalga oshiradi. Bu tur daromadlardagi xatoliklarga aynan shu
operatsiyani bajargan bank xodimlari javobgar bo`ladilar.
Oldi-sotdi qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli daromadlar
Bu turdagi foizli daromadlarni tekshirish uchun auditordan bir qancha sohalar,
qimmatli qog`ozlar va ular bilan bog`liq operatsiyalarni bilishi, bu tur
daromadlarning o`ziga xos jihatlarini, qaysi hisobvaraqda aks ettirilishini, ulardan
olinadigan daromadni hisobotning qaysi satrida va qachon aks ettirish kerakligini
bilishi talab etiladi. Bu satrda savdoga mo`ljallangan va savdoga mo`ljallanmagan
qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli daromadlar hisobga olinadi. Bu satrni
tekshirishda auditor IABS dasturidagi :
40600 Oldi-sotdi qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli daromadlar
Sotishga mo`ljallangan mavjud investitsiyalar bo`yicha foizli daromadlar
Bu satrni tekshirishda auditor IABS dasturidagi:
40700 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar
bo`yicha foizli daromadlar
40800 Sotib olingan veksellar bo`yicha foizli daromadlar
44800 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog`ozlarga
qilingan investitsiyalar bo`yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqlari qoldiqlari yig`indisi bilan “Foyda va zararlar to`g`risida”gi
hisobotning “Sotishga mo`ljallangan mavjud investitsiyalar bo`yicha foizli
daromadlar” satri summalari teng chiqishiga e`tiborini qaratishi lozim hisoblanadi.
Bizga ma`lumki, mamlakatimizda veksel muomalasi bekor qilingan va bu satr
barcha banklarda hozirgi kunga kelib hech qanday summani o`zida aks ettirmaydi.
REPO teskari bitimlar bo`yicha foizli daromadlar
Bu satrda auditor REPO bitimlari bo`yicha sotib olingan qimmatli qog`ozlar
bo`yicha hisoblangan foizli daromad aks ettirilishiga e`tiborini qaratadi. Bu satr
to`g`ri hisoblanganini tekshirish uchun auditor IABS dasturidagi :
45000 Qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo`yicha
foizli daromadlar hisobvarag`i qoldig`i hamda yuqoridagi satr tengligini
bajarilishini tekshiradi.
Moliyaviy ijara bo`yicha foizli daromadlar
Bu satr tog`riligini tekshirish uchun auditor dasturdagi:
45100 lizing bo`yicha foizli daromadlar;
45101 boshqa banklarga berilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar;
45103 jismoniy shaxslarga berilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar;
45105 yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo`yicha foizli
daromadlar;
45107 davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan lizing bo`yicha
foizli daromadlar;
45109 chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo`yicha
foizli daromadlar;
45111 nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo`yicha foizli
daromadlar;
45113 xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing
lizing bo`yicha foizli daromadlar;
45115 bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing bo`yicha
foizli daromadlar;
45117 mudati o`tgan lizing bo`yicha foizli daromadlar;
45119 shartlari qayta ko`rib chiqilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar;
45121 sud jarayonidagi lizing bo`yicha foizli daromadlar.
Hisobvaraqlarning qoldiqlari yig`indisi va moliyaviy ijara bo`yicha foizli
daromadlar satrini tengligini tekshirish kerak. Odatda lizing bo`yicha daromadlarni
hisoblashdagi kamchliklar kreditlarni hisoblashdagi xatoliklar bilan o`xshash
bo`ladi.
Boshqa foizli daromadlar
Aktivlar bo`yicha hisoblangan yuqoridagi daromadlarga kiritilmagan barcha
boshqa foizli daromadlar aynan shu satrda aks ettiriladi.
Jami foizli daromadlar
Bu satr foizli daromadlarni jami miqdorini ko`rsatadi. Bu satrni hisoblash uchun
yuqoridagi foizli daromad satrlarining hammasi qo`shib chiqiladi.
Foizli daromadlar tekshirib bo`lingach auditor foizli xarajatlarni tekshirishni
boshlaydi. Tekshiruv oldidan auditor xarajatlar auditining maxsus dasturini ishlab
chiqadi va shu dastur asosida ishini olib boradi. Bu dastur taxminan quyidagicha
ko`rinishga ega bo`ladi:
2-jadval.
Xarajatlar auditining maxsus dasturi
8
Dastlab yuqoridagi kabi auditor balans hisobvaraqlari va shaxsiy
hisobvaraqlar qoldig`ini tekshirib chiqadi. Ulardagi summalar mos kelgach, auditor
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot bilan shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlari
8
Surkova M.A, Leshina
E.A, Bagdanova N.A, RyabovaM.A “Audit bankov” o`quv qo`llanma .
Ulyanovsk 2009-yil.
№
Tekshiruv bosqichlari
Talabga javob
beradimi?(+:-)
1
Shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`i bilan balans qoldig`ini
tekshirish
2
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot bilan shaxsiy
hisobvaraqlar qoldig`ini mos kelishini tekshirish
3
Xarajatlarni tegishli hisobvaraqlarda aks ettirish
Tekshirish
4
Shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`i bilan soliq hisobotlari
mosligini tekshirish
5
Kutilayotgan zararlarga tashkil qilingan rezervlarni
to`g`riligini tekshirish
mosligini tekshirib chiqadi. Bu tekshiruv foyda va zararlar to`g`risidagi
hisobotning quyidagi satrlari asosida olib boriladi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarga foizli xarajatlar
Bu tur xarajatlarni tekshirish uchun auditor depozit hisobvaraqlari va ular bo`yicha
foizlarni hisoblash va ularni foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotning tegishli
satrida aks ettirilishini bilishi lozim. Auditor undan tashqari depozit shartlari, unga
foizlarni hisoblash tartibi, depozit kapitalizatsiya qilinishi yoki qilinmasligini
bilishi lozim. Auditor bu tur xarajatlarni tekshirishda 50100 hisobvaraqlarni
qoldiqlari va “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning quyidagi
hisobvaraqlarining qoldiqlarini yig`indisini topishi lozim:
50101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag`lari asosidagi talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50103 Respublika qaramog`idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
mablag`lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
50104 Mahalliy budjet qaramog`idagi budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag`lari asosida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
50105 Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari bo`yicha foizli xarjatlar;
50106 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
50107 Respublika yo`l fondining talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari bo`yicha foizli xarjatlar;
50108 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarining talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50110 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi mablag`lari bo`yicha
foizli xarjatlar;
50111 Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50116 Nodavlat notijorat tashkilotlarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50121 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50126 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar.
Jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
Auditor jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlarni tekshirish uchun
dastrurdagi quyidagi hisobvaraqlarni tekshirishi lozim:
50601 Hukumatning budjetdan tashqari mablag`lari asosidagi jamg`arma
depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50603 Respublika qaramog`idagi budjet tashilotlarining budjetdan tashqari
mablag`lari asosidagi jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50604 Mahalliy budjet qaramog`idagi budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag`lari asosidagi jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlar;
50605 Budjetdan tashqari fondlarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlari;
50606 Jismoniy shaxslarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlari;
50607 Respublika yo`l fondining jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlari;
50608 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarining
jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
50611 Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining jamg`arma depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
50614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg`arma depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
50616 Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg`arma depozitlari bo`yicha
foizli xarajatlar;
50618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg`arma depozitlari bo`yicha
foizli xarajatlari;
50621 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarning jamg`arma depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
50626 Boshqa mijjozlarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlar.
Yuqoridagi hisobvaraqlar qoldiqlari va foyda va zararlar to`g`risidagi
hisobotning jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar summalari bir xil
chiqishi lozim. Ular orasida farq bo`ladigan bo`lsa, auditor bu farq nimaga yuzaga
kelganini topishi lozim. Xato kimningdir aybi bilan yuzaga kelsa, auditor aybdorni
topishi va jazolashi lozim.
Muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
Salmoq jihatidan tijorat banklarining eng ko`p foizli xarajatlari aynan shu tur
foizli xarajatlar hisobiga to`g`ri keladi. Bunga asosiy sabab, muddatli
depozitlarning bank uchun barqaror resurs ekanligi hisoblanadi. Bu xarajatlarning
auditor diqqat bilan tekshirishi lozim. Ularning ma`lum muddatga qo`yilishi va
ular bo`yicha shartlarning to`g`ri bajarishi juda muhim hisoblanadi. Auditor
dastlab muddatli depozitlarga foiz to`lash, ularning foiz stavkalari, muddatlari va
depozit hisobvarag`i ochilgan kunga e’tibor berishi zarur. Dasturdagi 51100
“Muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar” satrini diqqat bilan tekshiruvdan
o`tkazishi lozim. Auditor dasturdagi quyidagi hisobvaraqlar qoldiqlari va “Foyda
va zararlar to`g`risida”gi hisobotning muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
satri summalari bir xil chiqishiga e`tiborini qaratishi lozim:
51101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag`lari asosidagi muddatli
depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
51103 Respublika qaramog`idagi budjet tashilotlarining budjetdan tashqari
mablag`lari asosidagi muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
51104 Mahalliy budjet qaramog`idagi budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag`lari asosidagi muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
51105 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlari;
51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari;
51107 Respublika yo`l fondining muddatli depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlari;
51108 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarining muddatli
depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar;
51111 Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining muddatli depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
51114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining mudatli depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlar;
51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli
xarajatlari;
51121 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari
bo`yicha foizli xarajatlar;
51126 Boshqa mijjozlarning mudatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar.
Hukumatga tegishli hisobvaraqlar bo`yicha foizli xarajatlar
Agar bank hukumatning maxsus dasturiga tushgan bo`lsa, bankda hukumatning
maxsus hisobvaraqlari joylashadi va shu hisobvaraqlar bo`yicha bank olingan
resurs uchun foizli xarajatlar qiladi. Auditor bu resurslarga foizli xarajatlarni
to`g`ri hisoblanganini tekshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga to`lanishi lozim bo`lgan
hisobvaraqlar bo`yicha foizli xarajatlar
Bu tur xarajatlar uchun auditor 51600 hisobvaraqlarni tekshirishi lozim. Bu
hisobvaraqlar:
51601 Markaziy bankning vakillik hisobvarag`i bo`yicha foizli xarajatlar;
51606 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag`i bo`yicha foizli xarajatlar;
51611 Markaziy bankning depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar.
Bu hisobvaraqlarda bankning Markaziy bank bilan qilgan jami operatsiyalari
natijasida qilingan jami xarajatlar hisobga olinadi.
Boshqa banklarga to`lanishi lozim bo`lgan hisobvaraqlar bo`yicha foizli
xarajatlar
Har bir tijorat banki boshqa tijorat banklari bilan doimiy aloqada bo`ladi.
ya`ni resurs oladi va aksincha resurs beradi. Mana shu resurslar uchun qilingan
jami xarajatlar mana shu hisobvaraqlarda hisobga olinadi va aks ettiriladi. bu
hisobvaraqlar quyidagilar:
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvarag`i bo`yicha foizli xarajatlar;
52106 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli xarajatlar;
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar.
Boshqa qarz mablag`lari bo`yicha foizli xarajatlar
Bu hisobvaraqlarda:
- bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar (52600);
- qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar bo`yicha foizli xarajatlar
(53100);
- uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar (54100)
turdagi foizli xarajatlar hisobga olinadi.
Chiqarilgan qarz qimmatli qog`ozlari bo`yicha foizli xarajatlar
- Depozit sertifikatlari bo`yicha foizli xarajatlar
Depozit sertifikatlari bo`yicha foizli xarajatlar- bank tomonidan muomalaga
chiqarilgan depozit sertifikatlari uchun to`lanadigan foizlardir. Auditor ularni
tekshirayotganda dastlab depozit sertifikatlari soni, muddati, ular bo`yicha
to`lanadigan foiz stavkasi, ularning qaysi hisobvaraqda yuritilishi kabi omillarni
inobatga olishi lozim.
- Chiqarilgan obligatsiyalar bo`yicha foizli xarajatlar
- Chiqarilgan veksellar bo`yicha foizli xarajatlar
- Chiqarilgan boshqa qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar
REPO bitimlari bo`yicha foizli xarajatlar
Bu xarajatlar qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo`yicha
foizli xarajatlarni o`z ichiga oladi. Bu xarajatlar 54300 hisobvaraqlarda hisobga
olinadi.
Boshqa foizli xarajatlar
Bu xarajatlar yuqorida keltirilgan birorta xarajat turiga kirmaydigan xarajatlar
hisoblanadi. Ular 54902- boshqa foizsiz xarajatlar va 54904 –bosh bank/filialdan
olingan mablag`lar bo`yicha foizli xarajatlardan iborat.
Foizsiz daromadlarni tekshirish uchun auditor “Foyda va zararlar
to`g`risida”gi hisobotning “ Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar”
satrini tekshirishdan boshlaydi. Bu satrda bankning O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki va boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar uchun, akkreditivlar va
akseptlar bo`yicha, overdraft bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan vositachilik haqi
va to`lovlar ko`rinishida hisoblangan daromadlar, kredit majburiyatlari bo`yicha,
menejment bo`yicha, mahalliy va xorijiy to`lovlar bo`yicha, inkasso operatsiyalari
bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun
to`lovlar ko`rinishida boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim.
“Qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar foydasi”- ushbu satr
bo`yicha
auditor
qaram
xo`jalik
jamiyatlari
va
qo`shma
korxonalar
investitsiyalarining sotilishi yoki chiqib ketishi natijasida olingan foyda,
shuningdek qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar sof foydasidagi
bankning ulushi aks ettrilishi lozim.
“Savdo operatsiyalaridan olingan foyda” bunda ma`lum turdagi aktivlarni
sotish yoki boshqacha chiqib ketishi hisobiga olinadigan foyda hisobga olinadi.
“Valyuta operatsiyalaridan olingan foyda” valyutani sotish, sotib olish va
valyuta bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalardan olinadigan foydani
o`zida aks ettiradi. Bu satrda
45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda;
45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo`yicha xorijiy
valyutalardan foyda;
45409 Valyuta transaksiyalari bo`yicha foyda.
Hisobvaraqlar qoldiqlari yig`indisi hisobga olinadi.
“Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar”- ushbu satrda xususiy kapitalga
qilingan investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi.
“Investitsiyalardan olingan foyda”- bu satr bankning qimmatli qog`ozlarga
qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlarni o`zida aks ettiradi. Quyidagi
hisobvaraqlarning qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim:
45801 Obligatsiya va boshqa qarz vositalariga qilingan investitsiyalarni
sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya
qilishdan olingan foyda;
45805 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog`ozlarni sotish
yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda.
“Sof pul moddalari bo`yicha foyda”- ushbu satrda inflyatsiya ta`sirini
hisobga olish uchun hisobot moddalarini qayta hisoblash natijasi aks ettiriladi.
“Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu satrga yuqoridagi satrlarga
kiritilmagan daromadlar kiritiladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat
banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi deyarli foizli
daromadlarning ulushiga teng. Bu banklarning asosiy faoliyat turi hisoblanadigan
operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu satr:
45901 Bankning asosiy vositalari ijarasidan olingan daromadlar;
45905 Bankning boshqa ko`chmas mulkka qilingan investitsiyalardan
olingan daromadlar;
45909 Bankning asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan
olingan foyda;
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya
qilishdan olingan daromadlar;
45921 Hisobdan chiqarilgan mablag`larining qaytarilishi;
45994 boshqa foizsiz daromadlar hisobvaraqlar qoldiqlarini o`zida aks
ettiradi.
1-diagramma. ATB “Hamkorbank” xarajatlari tarkibining jami xarajatlardagi foizli
ulushi.
9
2-diagramma. ATB “Hamkorbank” xarajatlari tarkibi.
10
9
www.hamkorbank.uz
sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
10
www.hamkorbank.uz
sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
0,00
10,00
20,00
30,00
40,00
50,00
60,00
70,00
Dostları ilə paylaş: |