Operatsion
xarajatlar
Foizsiz xarajatlar Foizli xarajatlar
62,
50
9,
40
28,
10
61,
93
9,
06
29,
01
01.01.2013
01.01.2014
0
10000000
20000000
30000000
40000000
50000000
60000000
70000000
80000000
90000000
100000000
Operatsion
xarajatlar
Foizsiz xarajatlar
Foizli xarajatlar
01.01.2013
01.01.2014
Yuqoridagi diagrammalardagi ma`lumotlardan bankning jami operatsion
xarajatlari jami xarajatlari tarkibida yil boshida 62,5 % , ya`ni
71621757 ming
so`m bo`lgan va yil oxiriga kelib 61,93 %, ya’ni
94779523 ming so`mga teng
bo`lgani bizga ma`lum. Joriy yilda jami xarajatlar tarkibida foizli xarajatlar 28,10
%, foizli xarajatlar esa 29,01 % ni tashkil etgan.
Foizsiz xarajatlarni tekshirishda auditor quyidagi hisobvaraqlar qoldiqlariga
e`tiborini qaratadi.
- 55100 Vositachilik xarajatlari
- 55300 Xorijiy valyutadan ko`rilgan zarar
- 55600 Tijorat operatsiyalaridan ko`rilgan zarar
- 55700 Qaram xo`jalik jamiyatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba
xo`jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko`rilgan zararlar
- 55800 investitsiyalardan ko`rilgan zararlar
- 55900 Boshqa foizsiz xarajatlar
Tijorat banklarida eng katta salmoqqa ega bo`lgan xarajatlar operatsion
xarajatlar hisoblanadi. Operatsion xarajatlar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga
olinadi:
56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa
xarajatlar
- 56102 Ish haqi
- 56106 Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar
- 56108 Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar
- 56110 Tibbiy, stamotologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash
xarajatlari
- 56114 Ijtimoiy sug`urta bo`yicha badallar
- 56118 Ijtimoiy himoya bo`yicha xarajatlar
- 56122 Bandlik fondi va boshqa fondlar uchun badallar
- 56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar
56200 Ijara va ta`minot xarajatlari
- 56202 Ijara to`lovi
- 56206 Suv to`lovi
- 56210 Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari
- 56214 Ta`mirlash va ta`minot xarajatlari
- 56218 Qo`riqlash xizmati xarajatlari
56300 Xizmat safari va transport xarajatlari
- 56302 Xizmat safari xarajatlari
- 56306 Xizmat safaridagi kunlik xarajatlar
- 56310 Bank mulkini qo`riqlash bilan bog`liq xarajatlar
- 56314 Yoqilg`i xarajatlari
56500 Reprezentatsiya va xayriya
- 56502 Reprezentatsiya va ko`ngilochar tadbirlar xarajatlari
- 56506 A`zolik badallari
- 56510 Xayr-ehson va xayriya xarajatlari
56600 Eskirish xarajatlari
- 56602 Bank binosi va boshqa imoratlarning eskirish summasi
- 56606 Investitsiya qilingan ko`chmas mulkning eskirish summasi
- 56610 Transport vositalarining eskirish summasi
- 56614 Mebel va jihozlarning eskirish summasi
- 56616 To`lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
uskunalarining eskirish summasi
- 56618 Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi
- 56622 Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish
summasi
- 56626 Ob`ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
bo`yicha eskirish summasi
- 56630 Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi
56700 Sug`urta, soliq va boshqa xarajatlar
- 56702 Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari
- 56706 Maslahatchilar xizmati uchun to`lov xarajatlari
- 56710 Sug`urta xarajatlari
- 56714 Soliq(Foyda solig`idan tashqari) va litsenziyalar
- 56718 Jarima va penya xarajatlari
- 56722 Sud jarayonidagi aktivni sotib olish bilan bog`liq bo`lgan
xarajatlar
- 56795 Boshqa operatsion xarajatlar
56800 Ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni baholash
- 56802 Kreditlar bo`yicha ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni
baholash
56900 Daromad solig`ini baholash
- 56902 Daromad solig`ini baholash
Banklar o`z operatsion xarajatlarini ularning bosh banki tomonidan bir yil
uchun tasdiqlangan va xabar berilgan smeta assignovaniyalari doirasida amalga
oshiradilar.
Bankning operatsion xarajatlari smetasi bo`yicha kreditlarni bank rahbari
tasarruf etadi. Bank rahbari bank bo`yicha buyruq chiqarib, smeta
assignovaniyalarini tasarruf etish huquqini o`z muoviniga ishonib topshirishga
haqlidir. Respublika banki raisi ham buyruq chiqarib smeta bo`yicha
assigniyalarni tasarruf etish huquqini o`zining birinchi muoviniga berishi mumkin.
Biroq, smeta bo`yicha assignovaniyalarni tasarruf etish huquqini boshqa shahsga
berib qo`yish bilan bank raisini uning smeta intizomi ahvoli uchun qonunda
belgilangan shaxsiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Smeta assignovaniyalari, shu
jumladan kelgusi davrlar xarajatlari hisobidan mablag` sarflash uchun hujjatda
kreditlar tasarruf etuvchisining ijozat imzosi bo`lishi shart.
Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta assignovaniyalari
hisobot yilining 31 dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan
barcha xarajatlar 31 dekabrgacha o`tkazilishi lozim.
Bankning operatsion xarajatlari hisobi banklar tomonidan balansda quyidagi
tegishli hisobvaraqlar yuritiladi: "Ish haqi va xodimlar uchun boshqa xarajatlar",
"Ijara va saqlash", "xizmat safari va transport xarajatlari", "Ma`muriy xarajatlar"
va shu kabilar. Bu hisobvaraqlarga faqat hujjatlar bilan tasdiqlangan va amalda
qilingan xarajatlar kiritiladi.
Kelgusi yillar smetalari hisobidan bankning operatsion xarajatlari uchun
qilinadigan xarajatlar hisobi "Puli oldindan to`langan xarajatlar" hisobvarag`ida
yuritiladi.
Bu hisobvaraqqa yil oxirida ta`tilga ketadigan xodimlarga to`langan
ish haqi, xususan kelasi yilga taalluqli to`lovlar, kelasi yil uchun gazetaga
obuna bo`lish xarajatlari, kelgusi yillar smetalari hisobidan o`rni qoplanishi kerak
bo`lgan ijaraga olingan binolarni kapital ta`mirlash xarajatlari summasi va shu
kabilar o`tkaziladi.
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlari auditi bo`yicha tuziladigan
auditor hisoboti har bir filialda o`tkazilgan auditorlik tekshiruvidan keyin
aniqlangan kamchiliklar, yo`l qo`yilgan xatoliklar va ularni to`g`rilash bo`yicha
ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi. Audit tekshiruvi natijalarini maxfiy saqlash bank
uchun juda muhim hisoblanadi. Tijorat banklari daromadlari va xarajatlari auditi
bo`yicha tuziladigan auditorlik hisoboti jami auditorlik hisobotining bir qismi
hisoblanadi. Unda daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, hisobda yuritish,
foizlarni hisoblash kabi satrlar mavjud bo`ladi. Auditorlik hisoboti uch qismdan
iborat bo`ladi.
Kirish qismi
Tahliliy qism
Xulosa qismi
Kirish qismida auditorlik tekshiruvlari qaysi sanalarda, bankning qaysi
bo`limlarida, kimlar tomonidan o`tkazilganligi, balansning qaysi moddalari
tekshirilganligi ko`rsatiladi.
Tahliliy qismda esa bankning daromadlari va xarajatlari miqdori, ularni
hisobga olish va hisobda yuritishning o`ziga xos jihatlari, bankning daromadlari va
xarajatlari to`g`ri hisoblanganligi, tegishli hisobvaraqda aks ettirilganligi, xatoga
yo`l qo`ygan mas`ul shaxslar, ularni to`g`rilash muddati, xatoliklar yuzasidan
bankka keltirilgan zarar miqdori kabi ko`rsatkichlar aks ettiriladi.
Xulosa qismida bankning umumiy faoliyatiga baho beriladi va bankning
faoliyati bo`yicha o`tgan yilga nisbatan erishilgan yutuqlar, kamchiliklar to`liq
bayon etiladi. Xulosa faqatgina auditorlik qo`mitasi va u orqali bank Kengashiga
taqdim etiladi.
3-jadval.
“A” bankida o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari to`g`risida
11
Ko`rsatkichlar
IABS dasturi
bo`yicha
Auditor hisobi
bo`yicha
Farq
Izoh
Foizli daromadlar
898 560
898 560
0
Foizli xarajatlar
548 505
547 495
-1 010
Foizsiz daromadlar
462 750
462 750
0
Foizsiz xarajatlar
150 426
150426
0
Operatsion xarajatlar
360 495
360 496
1
Soliqlar
78 523
78 523
0
Ehtimoliy
yo`qotishlarga qarshi
maxsus zaxira
7 900
7 900
0
Jadvaldan ko`rinadiki, bankning foizli xarajatlarini hisoblanishida xatolik mavjud.
Bu xatolik miqdori 1 011 ming so`mga teng bo`lgan. Ya`ni bosh hisobchi
depozitlar uchun foizlar hisoblanishida va operatsion xarajatlarni hisoblashda
xatolikka yo`l qo`yilganligini sezmagan. Auditor dasturni birma-bir ko`zdan
kechiradi va xatoga yo`l qo`ygan bank xodimini topadi. Bizning jadvaldagi xatoga
yo`l qo`ygan bank xodimi bankning omonat bo`limi nazoratchi buxgalteri bo`lib
chiqdi. U mijozning 31 mln so`m omonatini dasturga kiritayotganda xatoga yo`l
qo`ygan ekan. Bu bo`yicha dalolatnoma tuziladi va mijozga to`lanishi lozim
bo`lgan 1 010 ming so`m to`lab berilishi lozim. Bank yordamchi buxgalteri
11
“A” tijorat banki auditorlik tekshiruvlari asosida tayyorlandi.
tomonidan xodimlarning xizmat safari bo`yicha to`lanishi kerak bo`lgan 1 ming
so`m mablag`i noto`g`ri hisoblanagan va buni bank xodimiga to`lashi zarur.
Bankda o`tkazilgan audit natijalari dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
Uning birinchi nusxasi filialda qoldirilsa, ikkinchi nusxasi bosh bankka olib
boriladi. Bu nusxa bank Kengashiga taqdim etiladi. Bank Kengashi esa uni
belgilangan tarzda ko`rib chiqadi va boshqaruvning tegishli departamentlaridan bu
mauammoni hal qilishni talab qiladi. Bank departamenti bu talabni tegishli tarzda
bajaradi va bajarilgan ishlar yuzasidan bank Kengashiga axborot beradi. Bu
jarayon audit natijalari realizatsiyasi deb nomlanadi.
Bank auditida audit natijalari realizatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Bank
auditi natijalari realizatsiyasi bankda ishlamayotgan yoki xato ishlayotgan
xodimlari topishda va ularga yordam berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Unga
tegishli department orqali ta`sir o`tkaziladi va yo`l qo`yilgan xatoliklarni to`grilash
uchun maxsus topshiriqlar beriladi.
Bank auditi shunisi bilan muhimki, auditor tomonidan aniqlangan xato va
kamchiliklar to`g`rilash uchun bank Kengashiga taqdim etiladi. Bank kengashi esa
topilgan xatoliklarni to`grilash uchun bank boshqaruviga ko`rsatmalar beradi. Bu
jarayon bankda yaxshi ishlamayotganlarni jazolash, ularga to`g`ri yo`l ko`rsatish,
qilingan xatoliklarni qayta qilmaslikni o`rgatadi.
Xulosa
Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish, aksiyadorlar va
omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to`g`risida aniq,
ishonchli ma`lumotlarga ega bo`lishlarida audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. Audit olib borish tartibi qonunlar, hukumat qarorlari va idoraviy
yo`l-yo`riqlar bilan tartibga solib boriladi. Mijozning moliyaviy holatini
yaxshilash, investorlar, kreditorlarni jalb etishga yordam beradi, moliya, soliq va
boshqa sohalarda maslahat beradi. Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik
shaxslar uchun, hokimiyat va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi.
Tijorat banklarining audit xulosalari matbuotda e`lon qilinishi lozim.
O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro
talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi
paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat
qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi.
Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini
saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini
ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi.
Shuningdek, u bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi
va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar
uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
Banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, ularning
faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to`g`risida axborot so`rash va olish;
Olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
Banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog`langan yuridik
shaxslarning faoliyatini tekshirish hamda tartibbuzarlarga nisbatan
sanksiyalar qo`llash;
Banklarning ichki auditi bo`yicha qo`yiladigan talablarni belgilash;
Bank nazoratining asosiy asosini banklarning o`zlari tomonidan
tayyorlangan moliyaviy hisobot shakli yoki auditorlik firmalari tasdiqlagan ish
faoliyatining moliyaviy ahvoli va rentabelligi haqidagi axborotlar tashkil etadi.
Ko`pgina xalqaro me`yoriy hujjatlarda bank aktivlari va passivlarini noto`g`ri
baholash, ular faoliyatining moliyaviy natijalari haqqoniy baholanishi zarurligi
ta`kidlanadi. Biroq eng mukammal xalqaro standartlar ham tijorat banklarining real
moliyaviy ahvoli va moliyaviy hisobotlardagi ma`lumotlar bilan mos kelmasligi
mumkin. 1996-yilga kelib mamlakatimiz bank auditini yangi pog`onaga olib
chiqish ishlari amalga oshirildi. Bunga asosiy sabab, mamlakatimizga kirib
kelayotgan chet el investitsiyalarining ko`payishi edi. O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga
solish departamenti tarkibida “Auditni muvofiqlashtirish” bo`limi tashkil etildi.
Daromadlar va xarajatlar auditining oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:
Daromadlar va ularning tashkil topish manbalarini to`g`ri, aniq va
asoslangan holda hisobda aks ettirish;
Foizlar bo`yicha daromadlar va xarajatlar tahlili, boshqa daromadlar va
xarajatlar, olingan daromadlarning aniqligi va oqilonaligi tahlili, jumladan,
hisobraqamlardagi mablag`larni xorijiy valyutaga konventirlash natijalari;
Xarajatlarni tegishli hisobvaraqlarda, vaqtida aks ettirish;
Daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi kamchiliklarni oldini olish,
kamchiliklar yuzaga kelganda qayerdan yuzaga kelganini izohlab berish.
Bankning operatsion xarajatlari auditorning daqqat markazida bo`ladi.
Yuqorida ko`rdikki, tijorat banklarida operatsion xarajatlar salmoq jihatidan eng
yuqori o`rinda turadi. Operatsion xarajatlar doimo biror hujjat asosida amalga
oshiriladi. Ularni kunlik hujjatlarga tikish asl nusxasiga asosan amalga oshirilishi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan
“O’zbekiston
Respublikasining
Markaziy
banki
to’g`risida”
Qonuni.
2. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25- aprelda qabul qilingan
“Banklar va bank faoliyati to’g`risida” gi Qonuni.
3. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26- mayda qabul qilingan
“Auditorlik faoliyati to’g`risida” Qonuni (yangi tahriri).
4. "Respublikada bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g`risida" (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.1996 y. PF-1500-son
Farmoni) .
5.“Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular
ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g`risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-sonli
Qarori.
6. “Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2008 yil 2 iyuldagi PQ-907-sonli Qarori.
7. “2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish,
uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g`risida “gi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining PQ-1438-sonli Qarori .
8. Karimov I.A. “Bank tizimi ,pul muomalasi,kredit,investiyiya va moliyaviy
barqarorlik to’g`risida”// Toshkent “O’zbekiston” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi
2011 y.
9. Karimov I. A. 2014-yilning asosiy yakunlari va 2015-yilda O’zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2015 yil 17 yanvar.
10. “O’zbekiston Respublikasida banklar auditorlik tekshiruvi to’g`risida”
Nizom (Yangi tahrirda)(Adliya Vazirligida 04.11.2000 y. N 982 raqam bilan
ro’yxatga olingan, Markaziy bank tomonidan 20.06.2000 y. N 403 sonli qaror bilan
tasdiqlangan
.
).
11.
"Tijorat banklarinig ichki auditiga Markaziy bank tomonidan
qo’yiladigan talablar to’g`risida"gi Nizom (Adliya vazirligida 2000 yil 22
dekabrda 992-raqam bilan ro’yxatga olingan).
12. Ivanav A. A. “Внешний аудит как элемент банковского надзора.
Бухгалтерия и банки” Moskva, 2000-y.
13. Muydinov. B.N. «Bank muassasalarida audit» Toshkent , 2004 y.
14. Navro’zova K . N. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operastion
texnika” o’quv qo’llanma. Toshkent, “Iqtisod- Moliya” 2010-y.
14. Norqobilov.S., Abdusalomova O. “Banklarda audit” Toshkent;
“Ma’naviyat” 2005.
15. Qosimov X., Yugay L., Xoshimova A., Pardaev B., Abdunazarov B.
“Auditorlik faoliyati bo`yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami.” -Toshkent, 2010.-
320 b.
16. Surkova M.A, Leshina
E.A, Bagdanova N.A, Ryabova M.A
“Аудит банков” o`quv qo`llanma . Ulyanovsk 2009-yil.
17. Sheshukova T.G. Аудит: теория и практика применения
международных стандартов: Учебное пособие. – M.: Финансы и статистика.
2005. – 179 b.
Internet Saytlari:
www.cbu.uz
www.auditor.uz
www.tfi.uz
Dostları ilə paylaş: |