Savol va topshiriqlar.
1.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga izoh bering
2.
Pedagogik texnologiyalarning mezonlarini ayting
3.
Pedagogik muloqotning asosiy shakllari nimalardan iborat?
4.
Muloqot tushunchasining mohiyati.
5.
Muloqotga kirishish jarayonida qo’llaniladigan muomala uslublarini ayting.
6.
O’qituvchining muloqotida uchraydigan pedagogik nizolar va kamchiliklarni oldini olish yo’llarini ko’rsating.
O’quv-tarbiyaviy vaziyatlarni loyihalashtirish asoslari.
Reja:
1.Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo’nalishlari.
2.Oilaviy hayot sohasi tarbiya muhiti sifatida.
3.O’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik asoslari
Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy
ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial maonoda ijtimoiy hodisa sifatida qo’llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy
vositalarini o’z ichiga oladi.
Tarbiyaning oboektiv qonunlari - o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o’ziga
xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg’un bo’lgan anoanalardir.
Darxaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak maonaviy, jismoniy barkamollik,
yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik
jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har
bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o’ziga xosligi bilan farq qiladi.
Xalq iqtisodiy, siyosiy va maonaviy zaruratdan kelib chiqib, yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab xalq og’zaki
ijodiyoti, xalq pedagogikasi, yozma yodgorlik va pandnomalarda, mutafakkir va maorifatparvarlarning asarlarida bosh
mavzu bo’lib, komil inson shaxsini shakllantirish uchun zaruriy xodisa sifatida talqin etilgan. Xalq og’zaki ijodiyotida
tarbiya bosh masala sifatida tavsiflangan bo’lsa tarbiya va odob, vatanga cheksiz muhabbat, adolat, insof, botirlik,
mehnatsevarlik, bilimdonlik kabi g’oyalar tarbiya vositasi tarzida qo’llanilgan. «Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini
bilmas», «Vatanga kelgan iymonga kelar». «Bola tuqqanniki emas, tarbiyalaganniki», «Ota g’ayratli bo’lsa, bola ibratli
bo’lar» kabi xalq maqollari bevosita tarbiyaga daxldordir. Hadis ilmida tarbiyaning inson kamoloti uchun cheksiz
muhabbat, ilmiy tuyg’u kabi sifatlarning izohi xam beriladi. «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-
odobini ham yaxshilangiz», «Otaga itoat qilish-tangriga itoat qilishdir» va boshqalar shular jumlasidandir.
Xalq og’zaki ijodiyoti va pedagogikasida tarbiya muammosi inson uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy,
maonaviy, axloqiy sifatlarni qamrab olgan bo’lib, tarbiya orqali amalga oshirish nazarda tutiladi. Alisher Navoiyning
«Mahbub ul-qulub» asarida keltirilganidek:
Qobilga tarbiya erur ul navoqin guhar
Tushsa, najosat ichra yuvgay kimsa ani pok.
Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv,
Bu tarbiya bilan qila olgaymu ani tok.
31
Quyidagi satrlarda alloma tarbiyani kimga berishni ham bilish kerakligini taokidlab, tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil
qilishga, uning qonun-qoidalariga amal qilishga ham chorlaydi. Pedagogika fanida tarbiya - inson tarbiyasi
muammolarini asosiy maqsad qilib, barkamol shaxsni shakllantirishga zamonaviy pedagogika fani yutuqlaridan
foydalanish bilan bir qatorda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizdan foydalanish va ijodiy yondoshishni talab etadi.
Bu talab ajdodlarimiz g’oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb xisoblaymiz:
-Tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli taosir etuvchi omil bo’lib, natijasini insonning yashab turgan ijtimoiy
sharoiti belgilaydi;
|
-Inson kamolotini harakatlantiruvchi kuch, qarama-qarshiliklarni mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon
bo’ladi;
-Inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqish uyg’otish va uni ehtiqodga aylantirish lozim. Chunki
insonning jamiyatda bo’lgan munosabatida, tevarak-atrofda kechayotgan voqea-hodisalarga bo’lgan munosabatida
namoyon bo’ladi;
-Tarbiya jarayoni yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar bilan qonuniy munosabati natijasida amalga
oshirilishini[ taominlashi demakdir.
-Tarbiya jarayonining qonun, qoida, tamoyil va metodlarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi qismi chuqur, atroflicha
o’rganadi.
Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni,
shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga
ehtibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy qlarda yuz berayotgan
islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham
o’zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo’lib kirib keldi. Biroq, fan-texnika
qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik
samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari,
xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg’or fikrlariga tayanib ish ko’rish zarur bo’ladi. Yoshlarni barkamol
inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal
ahamiyatiga ega bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad
al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay
Ulug’bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va
falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmish madaniy merosini chuqur
o’rganmagan va ehzozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok etmagan, milliy mustaqillik yo’lida jon
fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor bo’lmagan inson o’zligini hech hachon anglab etolmaydi.
O’tmish madaniy merosini o’rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan
ezgu g’oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har
tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda
ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib
asoslangan.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi
asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.
Maqsadsiz, Ma’lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib,
maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi
pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual harakterga ega bo’lishi mumkin. Ilg’or pedagogika umumiy va individual
maqsadlar birligi va uyg’unligini namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo’naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida
namoyon bo’ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir.
Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko’plab obhektiv sabablar etakchi rol o’ynaydi.
Organizmning fiziologik etilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug’i,
ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo’nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati
bo’lib qolaveradi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib,
ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o’zlashtirib
olishlari uchun g’amxo’rlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko’pgina yoshlarning
Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AqSh, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun
yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» qonunini hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiya,
sog’liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borish, maktablarni
milliylashtirish, o’rta maxsus hamda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o’tkazish borasida amalga
oshirilayotgan ijobiy ishlar o’z samarasini bermoqda.
Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-
nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o’z-o’zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh
32
avlodga oila, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya
mazmuni, g’oyaviy yo’nalishi va samarasi yotadi.
O’sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo’lib shakllanishlari uchun ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy
hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo’llarini ishlab
chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir.
Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning
aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan
tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda etakchi o’rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, moyillik va
iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi.
Akliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish;
- bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish;
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o’rta ta’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini
oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish.
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa
ham o’rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh baxtsiz
daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda
quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar,
insonparvar, irodali va ehtiqodli bo’lganligini tasvirlaydi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat
hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy
qismi sifatida namoyon bo’ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit
jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho’chimaydigan,
shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko’rsatmoqda.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- o’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash, ularni to’g’ri jismoniy rivojlantirish;
- o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
- ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish;
- o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;
- ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish;
- o’quvchilarning gigienik ko’nikmalarni rivojlantirish;
- ularda ma’naviy-axlohiy sifatlar (dadillik, qathiyatlik, intizomlilik, mashuliyatlik, jamoa bilan bo’lish)ni tarbiyalash;
- o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish;
- o’quvchilarning sog’lom va baquvvat bo’lishlariga erishish.
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy
tarbiya ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari
sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg’ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini tahminlovchi
qo’shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog’langan
hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi.
Demak, yuqorida ta’kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga dahvat
etishdir.
Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat,
muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil
etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy mehyorlardan xabardor etish tashkil qiladi. Axloq (lot. «moralis» -
xulq-atvor mahnosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-
harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro
munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
Qur’on i Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy
urf-odatlar, anhana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy,
Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad
Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sahdiy Sheroziy
Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z
ifodasini topgan.
33
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar
to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qathiy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda
bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi – kishilar o’rtasidagi munosabatlarning mehyori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z
Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom
O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
Amir Temur axloqi xusniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli
lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki etti
o’lchab, bir kesgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik –
mana shu to’rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo’lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham, zarari
yo’qdir», degan edi.
Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida etakchi bo’g’in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi,
mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni
yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning
yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg’on kitobdir.
Xuddi shu mahnoda axloh kishining xulq-atvori, ehtiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va
muloqotida namoyon bo’ladi. Axloqli inson o’zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo’ladi.
Suhbatdoshning ko’ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og’ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning
mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki
kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. asosi, hayot manbai, umr
mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati,
mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir.
Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa,
rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson
qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq»,
«Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Nahshbandning «Dil ba yoru,
dast ba kor» degan hikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli
bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo’lmasa, bilimini kun
kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi».
Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi.
Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng
muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o’zining va
o’zgalarning qadrini biladi.
Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida ehtibor berishgan.
O’zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov
ta’kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday
fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni, bu narsa
ularning sobitqadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini
anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir».
Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o’z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa,
maktab o’quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to’g’ri munosabatni shakllantirishdagi mashuliyatni chuqur his
qilishlir kerak.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman» mahnosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy
voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni
o’rgantish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish
qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy,
mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
-
shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklari va ularni
anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;
-
shaxsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini
anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash,
-
unda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, go’zallikka muhabbat
uyg’otish;
-
go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik madaniyatni
shakllantirish.
Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor mehyorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy
qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassasalarida musiqa va tasviriy san’at
darslari, adabiyot kabi fanlarning o’qitilishi estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi.
34
Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki
sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go’zallik va
nafosatni his etishga undovchi vositadir.
Xalqimizda, «Oq bo’lmasin, pok bo’lsin», «Pokliging – sog’lig’ing», «Sog’ yuray desang, ozoda bo’l», «Yaxshi libos
tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga
o’rgatib kelishgan.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go’zal jihatlarini ko’ra bilishnigina emas, balki ichki
go’zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go’zallikni qadriga etishga undaydi.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go’zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi.
Bilamizki, uning bu darajaga etishishda xolasi Mehribonuning tarbiyaviy ta’siri katta bo’lgan. Shirin mamlakat
obodonchiligi, kanal qizish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va usha xayrli ishlarga rahbarlik qiladi.
Shirin eng og’ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo’lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va
donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilatlari minglab qizlarga o’rnak
bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini
shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1)
o’quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish;
2)
ularda amaliy estetik ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
- estetik bilimlarning tarkib topganligi;
- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
- estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish;
- estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi;
- go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
- estetik idealning shakllanganligi;
- fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish.
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at, musiqa, xoreografiya to’garaklarida faol
ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi.
Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shaxsni estetik jihatdan shakllanishini tahminlash
borasidagi mavjud talablarga javob bermayapti.
Ijtiomiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |