Tаyanch s
o‘zlаr: diоd, yarim o‘tkаzgichli elеmеnt, to‘g‘rilаsh kоeffitsiеnti,
vоl’t-аmpеrli xаrаktеristikа, bittа yarim dаvrli to‘g‘rilаsh sxеmаsi, tеrmоelеktrik
yurituvchi kuch.
1. To’g’rilagichlar to’g’risida umumiy tushunchalar.
Magnitoelektrik sistemali asboblar elektr o’lchash asboblariga nisbatan
qo’yiladigan ko’pchilik talabga javob bergani uchun ular keng qo’llaniladi. Lekin
ularni o’zgaruvchan tok zanjirida ishlatib bo’lmaydi, chunki ularda qo’zg’aluvchan
qismining burilish burchagi asbobdan o’tadigan tokning o’rtacha qiymatiga
proporsional bo’lib, bir davr mobaynidagi sinusoidal tokning o’rtacha qiymati esa
nolga teng.
Agar o’zgaruvchan kattalik (kuchlanish yoki tok) oldin to’g’rilansa, uni
o’lchash uchun magnitoelektrik sistemadagi asbobdan foydalanish mumkin
bo’ladi. To’g’rilagichli asboblarning ishlash prinsipi mana shunga asoslangan.
To’g’rilagichli asboblar magnitoelektrik sistemadagi mexanizm va to’g’irlash
qurilmasi (to’g’rilagich) dan iborat.
To’g’rilagichlar sifatida bir tomonlama o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yarim
o’tkazgichli elementlardan foydalaniladi, ya’ni ularda asosan germaniyli va
kremniyli diodlar ishlatiladi
Yarim o’tkazgichli elementlarning to’g’rilash xususiyati, ulardan o’tadigan
tokning yo’nalishini elektr qarshiligiga bog’liq. To’g’rilagichlar to’g’rilash
koeffitsienti bilan xarakterlanadi. (
T
T
I
I
K
1
Dostları ilə paylaş: |