Yarim o’tkazgichlarda elektr tokini elektronlar va teshiklar tashiydi.
Yarim o’tkazgichlarga: germaniy, kremniy,endiy, selin, meshyak kabilar kiradi.
174.Xususiy o’tkazuvchanlik- Sof yarim o’tkazgichning o’tkazuvchanligi xususiy o’tkazuvchanlik deyiladi.
175. Aralashmali o’tkazuvchanlik- Agar bir tipdagi yarim o’tkazgichga ozgina miqdorda boshqa tipdagi yarim
o’tkazgich aralashtirilsa , uning o’tkazuvchanligi aralashmali o’tkazuvchanlik deyiladi.
176.Donor aralashma- Elektronlar soni teshiklar soniga nisbatan ko’p bo’lgan aralashma donor aralashma deyiladi.
177.Akseptor aralashma- Elektronlar soni teshiklar soniga nisbatan kam bo’lgan aralashma akseptor aralashma
deyiladi.
178.p-tipdagi yarim o’tkazgich- Akseptor aralashmali yarim o’tkazgich p-tipdagi yarim o’tkazgich deyiladi.
179.n-tipdagi yarim o’tkazgich- Donor aralashmali yarim o’tkazgich n-tipdagi yarim o’tkazgich deyiladi.
180.p-n o’tish- p va n tipdagi yarim o’tkazgichlarning bir-biriga tegish joyidan elektr toki o’tishi p-n o’tish deyiladi.
p-n o’tish 2 xil bo’ladi:
1.To’g’ri o’tish
2. Teskari o’tish.
181. To’g’ri o’tish- p-n o’tishda elektr tokini asosiy zaryad tashuvchilar tashisa, bunday o’tish to’g’ri o’tish deyiladi.
182. Teskari o’tish- p-n o’tishda elektr tokini asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar tashisa, bunday o’tish teskari
o’tish deyiladi.
183.Yarim o’tkazgichli diod- Elektr tokini bir tomonlama o’tkazuvchi yarim o’tkazgichli asbob yarim o’tkazgichli diod
deyiladi.
184.Tranzistor-Elektr signallarini kuchaytirish uchun xizmat qiladigan yarim o’tkazgichli asbob tranzistor deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |