Korporativ moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish masalalari



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37533
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
korporativ moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish masalalari

I bob bo’yicha xulosa 

 

 



Moliyaviy boshqaruv - bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga 

oshirishga  yo

naltirilgan  moliyaviy  resurslarni  va  moliyaviy  faoliyatni 



boshqarishdir. Shuningdek, moliyaviy boshqaruv tushunchasi korporativ moliyani 

boshqarish  tizimi  sifatida,  tadbirkorlik  faoliyati  turi  sifatida  ko‘rib  chiqilishi 

mumkin. 



29 

 

Bugungi  kunga  kelib  moliyaviy  boshqaruv  pul  oqimlari  konsepsiyasi,  pul 



mablag’larining  vaqt  bo

yicha  qiymati  konsepsiyasi,  risk  va  daromadlilik 



konsepsiyasi,   bozor   samaradorligi   haqida   gipoteza,   portfel   nazariyasi   va 

moliyaviy  aktivlami  baholash  modeli,  kapital  tarkibi  va  dividend  siyosati 

nazariyasi, agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalarga asoslanadi. 

Moliyaviy boshqaruvning kompleks mazmunidan kehb chiqqan holda uning 

bajaradigan  funksiyalarini  ikkita  asosiy  guruhga;  boshqaruv  subyektining 

funksiyalari  hamda  maxsus  funksiyalarga  bo’lish  mumkin.  Birinchi  guruh 

funksiyalar  tarkibi  har  qanday  boshqariluvchi  tizimli  bir  xil  tavsifga  ega.  Ular 

tarkibiga  tashkil  etish,  tahlil,  rejalashtirish,  motivatsiya  va  nazorat  kiritiladi. 

Moliyaviy  boshqaruvning  maxsus  funksiyalariga  esa  aktivlami  boshqarish, 

kapitalni  boshqarish,  investitsiyalami  boshqarish,  pul  oqimlarini  boshqarish, 

mohyaviy risklarni boshqarish kabilar kiradi. 

Foydani  maksimallashtirib  borish  orqali  mulkdorlar  moddiy  farovonligini 

va  bevosita  korxona  bozor  qiymatini  oshirib  borish  moliyaviy  boshqaruvning 

asosiy  maqsadi  hisoblanadi.  Asosiy  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  moliyaviy 

boshqaruv  oldiga operatsion, investitsion va  mohyaviy faoliyat  bo‘yicha  samarali 

qarorlar  qabul  qilish  bilan  bogiiq  vazifalar  qo‘yiladi.Korporativ  tuzilmalar 

moliyaviy  boshqaruvida  moliyaviy  menejerlar  va  rahbarlarning  o’rni  benihoya 

katta.  Moliyaviy  direktoming  bosh  vazifasi  moliyaviy  boshqarishning  izchil  va 

samarali  ishlash  tizimini  ta’minlash  orqali  korporativ  tuzilmaning  barcha 

bo’linmalari    operatsion    strategiyalarini    va    aksiyadorlar    uzoq    muddatli 

maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi   Rivojlangan davlatlardagi o‘rta va 

yirik  korxonalarda  moliyaviy  direktor  yoki  moliyaviy  masalalar  bo‘yicha 

kompaniya  vitse-prezidenti  tomonidan  boshqariladigan  maxsus  xizmatni  tashkil 

etish odatga aylangan. 

Moliyaviy  boshqaruv  mеxanizmi  -  korporativ  moliyaviy  boshqarish 

jarayonlarini  tartibga  soluvchi  va  amalga  oshiruvchi  asosiy  elеmеntlar  tizimining 

majmui  hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruv  mеxanizmi  korxonani dastlabki tashkil 

etish davridan boshlab, ularni rivojlanish siklining barcha bosqichlarida moliyaviy 




30 

 

boshqaruvning  alohida  jihatlari  va  prinsiplarini  e'tiborga  olgan  holda  qarorlar 



qabul  qilish,  uning  samarali  amalga  oshirilishi,  ijrosini  ta'minlash  hamda  nazorat 

qilishni o’z ichiga qamrab oladi. 

Jahon  amaliyotidan  ma’lumki,  ko’pchilik  tipdagi  korporativ  tuzilmalar  uchun 

 

moliyaviy boshqaruv mexanizmi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 



 

Korxonalar  faoliyatini  tartibga  solishning  bozor,  korxona  moliyaviy  faoliyatining 

ayrim  jihatlarini  tartibga  soluvchi  ichki  mеxanizm,  moliyaviy  boshqaruvning  axborot 

ta’minot tizimi, qabul qilingan boshqaruv qarorlarini ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish 

metodi va boshqalar. 

Xalqaro  korporativ  tuzilmalarda  moliyaviy  boshqaruvni  tashkil  etilishi  yoki 

kompaniya  moliyaviy  boshqaruvining  tashkiliy  tuzilishiga  e'tibor  bеrsak,  AQSH  yoki 

Yevropa  mamlakatlarida  faoliyat  yurituvchi  aksariyat  kompaniyalarda  moliyaviy 

boshqaruvning tashkiliy tuzilishi ularning faoliyat turlaridan kеlib chiqqan holda bo’lim va 

bo’linmalarga  ajratilgan.  Yirik  va  o’rta  korxonalarda  odatda  moliyaviy  boshqaruvni 

amalga oshirish uchun bosh ijrochi dirеktor (Chief executive officer - CEO) va moliyaviy 

masalalar  bo’yicha  vitsе-prеzidеnt  yoki  moliyaviy  mеnеjеr  (Chief  Financial  Officer  - 

CFO)  tayinlanadi  hamda  tеgishli  bo’lim  va  bo’linmalar  bеvosita  ularga  bo’ysunadi. 

Yaponiyada  boshqaruv  qarorlari  qabul  qilish  jarayonida  kompaniyaning  barcha 

bo’g’inlarining ishtiroki ta’minlanadiYapon korporativ  moliyaviy boshqaruvida   asosan 

ikki  turdagi  vertikal  Keiretsu  va  gorizontal  integrallashgan  tashkiliy  tuzilmalardan  keng 

miqyosda  foydalanib  kelinadi.  Umuman  olganda,  Yapon  korporatsiyalarining  korporativ 

boshqaruv  tizimiga  yondashuvi,  tashkil  etish  jarayoni  Yapon  madaniyati  ta'sirida  uzoq 

yillar davomida o’zaro bog’liqlikni tashkil etgan holda  shakllanib kеlgan. 



31 

 


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin