Windows operatsion tizimi imkoniyatlari
WINDOWS ning ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir.
Universal grafika –
Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys
– Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash
qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz
mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi
- Windows MS DOS
ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari,
elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko`p masalaliligi –
Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga
o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan
ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi
Ma'lumotlar almashinuvi –
Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus
Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik
almashinuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur
ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Dasturlardan
foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar
tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga
tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi,
ma'lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash WINDOWS ning ichki
imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi. Windowsda 32 razryadli NetBEUI, IPXPX
yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft
kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Kompyuter ( ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan
dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan
bir xildagi atama. Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni
ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan
qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan
kompyuter tarmoqlari ,
electron pochta
, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia
vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Hujjatlarni tahrirlovchi Word
muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari
yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.Windows uzoq masofada joylashgan
kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
- Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
- 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
- 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (WINDOWS ning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish
uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
- Monitor (yaxshisi SVGA);
- Printer;
-Sichqoncha.
Dostları ilə paylaş: |