natijasida ham shaxs, ham jamoa tarbiyalanadi. Bunday metodni A.S.Makarenko parallel ta‘sir
ko‘rsatish deb atagan.
Har bir shaxsga alohida - alohida qo‘yilgan talab o‘qituvchining o‘quvchilarga
qo‘yadigan umumiy talablaridan
ham sezilarliroq, ta‘sirliroq bo‘ladi.
'Go’rtinchi bosqich uchinchi bosqichning davomi hisoblanadi. Bu bosqichda pedagogik
vazifalar murakkablashadi. Jamoaning alohida shaxsga ta‘sir kursatish doirasi ancha kengayadi.
Bu bosqichda jamoa muhokamasiga barcha masalalarni, jumladan intizom, o‘zlashtirish turmush
masalalarini qo‘yish mumkin.
Bolalar jamoaini taraqqiy ettirishning bu yuksak bosqichida butun jamoa ayrim - ayrim
shaxsga talablar qo‘yadi. Bunda o‘quvchilarning o‘zlariga qo‘yadigan talablari boshqalarga
qo‘yadigan talablariga nisbatan yuqori bo‘ladi. Jamoa va shaxs faqat tarbiya subyektigina bo‘lib
qolmasdan, shu bilan birga tarbiya obyekti ham hisoblanadi. By bosqichlar jarayoni bilan
jamoani taraqqiy ettirish va jamoa a‘zolariga tarbiya berish tugamaydi.
Jamoaning bosqichlari bilan taraqqiy ettirilishi juda murakkab, ziddiyatli chinakam
dialektik prosessdir. Jamoadagi ayrim shaxslar jamoa taraqqiyotidai o‘tib ketishi yoki undan
orqada qolishi mumkin. Jamoani taraqqiy ettirishnnng bu bosqichlari o‘rtasiga chegara qo‘yish,
ajratish mumkin emas. Jamoani taraqqiy ettirishda o‘qituvchining roli juda katta. U jamoa
taraqqiyoti qonunlarini yaxshi bilsa, uning harakatini tezlashtirishi, bilmasa uni susaytirishi
mumkin. Jamoani taraqqiy ettirishning har bir bosqichi o‘zining boshqa bosqichlaridan farq
qiladigan xususiyatlariga ega. Masalan: Jamoani taraqqiy kildirishning ikkinchi bosqichida
o‘qituvchining asosiy vazifasi aktiv bilan ishlash bo‘lsa, undan keyingi bosqichlarda esa
o‘qituvchi ―o‘rtacha‖ o‘quydigan o‘quvchilarni aktiv o‘quvchilar qatoriga o‘tkazish uchun ular
bilan ko‘p ish olib boradi. Taraqqiyot bosqichlarining har birida o‘qituvchi shu bosqichga mos
bo‘lgan ish metodikasini qo‘llashi kerak bo‘ladi. Masalan: u birinchi bosqichda jamoani
bevosita
boshqrib boradi, keyingi bosqichlarda esa aktiv va o‘z - o‘zini boshqarish orqali ta‘sir qiladi.
A.S.Maxarenxo "Pedagogik tajribalarimdan ba‘zi bir xulosalar" degan maqolasida:
"Tarbiyaning vazifasi kishilarni jamoa qilib tarbiyalashdan iboratdir", - deydi.
Faoliyat o‘z - o‘zidan jamoani rivojlantirishda yetakchi darajada tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo‘lmaydi, buning uchun unga sobitqadam rahbarlik kerak. Jamoa faoliyatini tahlil etishda
bolalarning yosh xususiyatlarini va jamoaning rivojlanish darajasini hisobga olish lozim. Har
qanday faoliyat ham uyushgan jamoani vujudga keltirishda kutilgan natijalarni bermaydi.
Avvalo, faoliyat maqsdlari barcha o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Quyi sinf
o‘quvchilariga faoliyat maqsadlarini o‘qituvchilar tushuntirishlari zarur.
Ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan natijalar beradigan faoliyat bolalar jamoaini
rivojlantirishga eng ko‘p darajada o‘rdam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kutubxonada
kitoblarni ta‘mirlash va maktab uchastkasida ekinlarni parvarish qilishga qiziqadilar va ularda
bajonidil qatnashadilar. Hozirgi maktabda o‘quvchilar ta‘lim jarayonida jamoa faoliyatini tashkil
etish uchun jamoaning frontal ishidan, o‘quvchilarning guruhlar bo‘yicha ishlaridan
foydalanadilar. Darsda jamoa faoliyatining umumiy maqsadini qo‘yadi va bilish jarayonini bir
o‘quvchining ishtirokiga bog‘liq bo‘ladigan qilib ko‘radi.
O‘yin bolalar jamoaini jipslashtiradigan va rivojlantiradigan faoliyat turlaridan biridir.
Bolalar o‘yiniga razm solinsa, ularning o‘yinlari kattalar dunyosi qanday aks etishini, ular
o‘yinida ko‘rish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda bolalar jamoaini vujudga keltirishida o‘ziga xos
formasida bo‘lgan – rollarga bo‘lib o‘ynaladigan yoki ijodiy o‘yinlarga alohida o‘rin ajratiladi.
Masalan: ―Kosmik sayohat qiladilar‖, ―Yangi shahar quradiliar‖.
O‘yin faoliyatining qimmati shundaki, o‘yin jarayonida o‘quvchilar ko‘pincha turli
qiyinchiliklarni yengadilar, o‘z hatti-harakatlarini boshqarishni o‘rganadilar. O‘yin faoliyati
bolalarning tengdoshlari jamoaidagi,
hayot maktabi, mehnat maktabi va muomala maktabidir.
O‘yin jamoaizm tuyg‘usini mustahkamlashga yordam beradi, tashabbus va mustaqillikni
rivojlantiradi, o‘quvchilar jamoa hayotini tashkil etishning, jamoachilik fazilatlarini
shakllantirishning ajoyib shakli bo‘ladi.
Perspektiv istiqbolli sistemasini yaratish o‘quvchilar jamoaini shakllantirish yo‘llaridan
biridir. Jamoani an‘anadek mustahkamlaydigan hyech narsa yo‘q, degan A.S.Makarenko.
Jamoaning o‘quvchi shaxsiga ta‘siri avvalo, faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Jamoa
maktab o‘quvchisiga faoliyatning muayyan turida o‘z o‘rnini topib olishga ko‘maklashadi, har
bir o‘quvchiga o‘z kuchini sarflaydigan sohani topish imkonini beradi. Jamoani tarbiyalashning
ahamiyati shundan iborat bo‘ladiki, u jamoaning mazmunli hayotini tashkil etish yordamida har
bir o‘quvchi qobiliyati va iste‘dodini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratadi.
Kolllektivning shaxsga mnosabati jamoatchilik fikri yordamida ham amalga oshiriladi.
Jamoatchilik fikrining o‘zi asta-sekin shakllanadi. Maktabning boshlang‘ich sinflaridanoq
o‘qituvchilar o‘quvchilarni o‘z faoliyatlarini tahlil qilishga, jamoadagi o‘rtoqlari xulq-atvoriga
baho berishga jalb etadilar, bolalarni topshiriqlarni qanday bajarilganligini baholashga
o‘rgatadilar. Sinfda vujudga keltiriladigan sog‘lom jamoatchilik fikri o‘quvchilar jamoada ayrim
bolalarga yoki o‘quvchilarning butun-butun guruhlarda ta‘sir ko‘rsatishga yordam beradi.
Jamoatchilik fikri yordamida bolalar ijtimoiy munosabatlarning butun tizimini egallaydilar, o‘z
xulq-atvorini boshqarishga o‘rganadilar.
Jamoaning shaxsga ta‘sir ko‘rsatish shakllari xilma-xildir: o‘quvchilar yig‘ilishlari ham,
devoriy gazeta, o‘zaro munosabat va boshqalar ham shular jumlasiga kiradi. O‘quvchi shaxsi
doimo o‘zgarib va takomillashib boradi, shu sababli shaxsga ta‘sir usullari doimiy bo‘lishi
mumkin emas, ular o‘zgarib turadi.
Jamoani vujudga keltirish uzoq davom etadigan jarayonidir. "...Jamoa hamda shaxsning
ma‘naviy dunyosi o‘zaro ta‘sir tufayli shakllanadi. Inson qollektivdan juda ko‘p narsa oladi,
lekin uni tashkil etuvchi kishilarning ko‘p qirrali, manaviy boy dunyosi bo‘lmas
ekan, jamoa
ham yo‘qdir". Suxomlinskiy.
...O‘quv mehnati manfaatlari o‘quvchilarning yagona manfaatlari bo‘lib qolmasligi kerak.
Bolalarni qurshab olgan hamma narsa ularni jinslashtira olishi kerak. Faqat o‘qish faoliyati
asosida jamoaizmni tarbiyalamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar, shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka
uchraydilar, - degan Suxomlinskiy .
"Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi
yetukllikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga
kirita olmaydi. Ularga ega bo‘lish uchun
insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi", - deb ta‘kidlagan
A.N.Farobiy.
Dostları ilə paylaş: