maqsadni nazarda tutadi, ya‘ni o‘qish vaqti, mazmuni, soatlari, yagona tarzda belgilangan. Yana
mazkur ta‘limni amalga oshirishda tabaqalashtirilgan yondashuv deyilganda ba‘zan
o‘quvchilarning xohishlari hisobga olinib kuchaytirib o‘qitiladigan muassasalar faoliyati
asoslanib shunday imkoniyat yaratish nazarda tutilgan. Yuqoridagi har ikki talab
O‘zbekistonning barcha shu tipdagi muassasalarida yagona tartibda amalga oshirishi
ta‘minlanadi.
Sakkizinchi prinsipda ta‘lim olishda qatnashuvchi o‘quvchilarning bilimli bo‘lishi va
iste‘dodini taraqqiy ettirishi, rag‘batlantirishi nazarda tutilgan. Masalan, a‘lo bahoga o‘qiydigan
o‘quvchilar, talabalar xukumat tomonidan moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirishi amalga
oshirilishi belgilab berilgan. Stipendiya, yo‘llanmalar va boshqa mukofot shakllari asoslab
ko‘rsatilgan. Uni bajarishi davlat siyosatligi belgilangan.
To‘qqizinchi prinsipda tizimini boshqaruvining davlat va jamoat tajribasi uyg‘un uzviy
bog‘liq holda joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu prinsip o‘z navbatida davlatni demokratik
tamoyillar asosida huquqiy boshqarishga fuqarolarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Umuman, ta‘lim sohasidagi
barcha prinsiplar inson, jamiyat,
umumbashariy manfaatlarini
birlashtirib, barkamol malakali mutaxassilarni tayyorlashni nazarda tutgan. Bunday kadrlar
O‘zbekistonning bundan keyingi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ta‘minlashga
yo‘naltirilgan deb xulosalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: