1-boshlovchi: Bugungi qutlug„ ayyom bilan tabriklash uchun ilk tabrik
so„zini institutimiz rektori, dotsent Ro„ziqulov Faxriddin Rasulovichga
beramiz. Marhamat Uztoz.
(Tinglovchilar Anvar Obidjon so„zi, Shuxrat Dadajonov musiqasi
asosida yaratilagan “O„zbekiston harbiylari” qo„shig„ini musiqa jo„rligida
ijro etadilar.)
Faxriylarga so„z beriladi: – Sobiq ittifoq davrida ota-ona o„g„lini
armiyaga yig„i-si„gi bilan jo„natar edi. Yigitlar tibbiy-ko„rikdan yuzaki
o„takazilardi. Sho„ro armiyasi sharoitida milliy ayirmachiliklar keng
tarqalgan va buning natijasida noxushliklar ham bo„lib turgani sir emas.
Shuningdek, yigitlarimiz o„z Vatanidan uzoqda, chet ellarda, hatto
dunyoning chekka o„lkalarida xizmat qilishardi. Shuning uchun ota-onalar
o„g„illarini armiyadan olib qolishga harakat qilishardi.
Hozir esa yigitalarimiz armiyaga borishni orzu qiladi. Chunki istiqlol
tufayli Milliy armiyamiz shakllandi. Barchamizning ma‟naviyatimiz,
dunyoqarashimiz o„zgardi. Biz o„zligimizni angladik. Eng quvonchlisi,
O„zbekiston posbonlari o„z ona-Vatani bag„rida dildan xizmat qilmoqda.
Men hozirgi harbiylarga, xizmat qilayotgan askarlarga havas bilan
qarayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon hayot kechirmoqda. Bularning
barchasi Prezidentimizning yurt ravnaqi yo„lidagi g„amxo„rligi natijasidir.
O„quvchilar mehmonga guldasta in‟om qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |