20
Boshlang’ich sinf matematika kursida tenglamalar
amallar natijalari va
komponentlari orasidagi bog’lanishlar asosida yechiladigan hamda sonni
tashkil etadigan tenglik shaklida ko’riladi.
Zamonaviy boshlang’ich ta’lim amaliyotda tenglamalar yechishga o’rgatish
jarayoni 2ki yo’nalishda olib boriladi.
Birinchi yo’nalish taraftorlari fikricha bolalarni qanchalik vaqtli tenglamalar
va ularning yechilishi usullarini tanishtirsalar, shunchalik matematik
atamalarni va amallarni puxta o’zlashiradilar amalda qo’llaydilar.
Ikkinchi tarafdorlari esa qachonki o’quvchi amal o’rtasidagi bog’lanish va
amallarni o’zlashtirib tegishli atamalarni hamda tenglamalarni arifmeti
usulda qo’llaydigan qonunlarni ongli ravishda bir qolibga sola olsagina
tenglamalarni yechishga o’rgatish jarayoniga o’tish mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning algebraik bilimlarni va tushunchalarni
shakllantirishda ifoda, tenglama va tengsizlik tushunchalarni o’rnini
nihoyatda kattadir. O’quvchilar tomonidan tenglamalarni tuzish va ularni
bajarishga oid topshiriqlar tafakkurga yo’naltirilgan ijodiy mazmundagi
topshiriq ko’rinishlardan biridir. Bunday turga mansub topshiriqlarni.
a)ifoda tuzish
b)tenglama tuzish
d)tengsizlik tuzish shularga ajratib tahlil qilinadi.
O’quvchiarda ifoda tuzish malakasi shakillantirgandan so’ng ifoda tuzish
biroz murakkablashtiriladi. Endi ularda ifoda tuzish emas balki “noma’lum
qo’shiluvchini topish”, noma’lum kamayuvchini topish, noma’lum
ayriluvchini topish kabi murakkablashtirilgan ifodalarni tuzish masalasi
turadi.
Hozirgi zamon uslubiyatida tenglamalar yechishni o’rgatishda III bosqichda
ish olib boriladi.
21
I.Tayyorgarlik bosqichi.
II.x harfi bilan x+2=5, x-3=4 kabi eng sodda tenglamalarda ma’lumsonni
belgilash uchu qabul qilingan.
III.Tenglamalarni amallaning va natijalari orsidagi bog’lanish asosida
yechish.
Tayyorgarlik ishi 1dan 10gacha bo’lgan son bilan tanishtirish darslarda
boshlanadi.
1-sinf matematika darsligida quyidagi mavzulardagi misollar orqali tanishi
oladilar.
3 + * =4 * + 2 = 5 misollar ham rasmlar orqali ifodalanadi.
Sonlar bir qavatdagi darajalarda yashashadi sonning qo’shnisini nomini aytish
kerak bo’ladi. Agar o’quvchilar topshiriqning uddasidan chiqa olmasalar, u
holda quyidagi savollar orqali o’quvchilarga yengillik beriladi. 9sonini hosil
qilish uchun 7ga qanday sonni qo’shish kerak? 0,1,2 sonlarinidan qaysilikini
bilib olishimiz kerak. 7+0 ni qo’shsak 7 hosil bo’ladi, 0 bo’lmaydi. 7+2=9
bo’ladi demak javob 2ga teng hisoblanadi. Oquvchilarga tez –tez shuday
misollar yordamida ko’plab misollar yechtirsa birin- ketin shunday
ko’rinishdagi misollar bian tanishib boraveradilar. O’quvchilarga
mustahkamlash uchun topshiriqlar beriladi.Masalan x-4, x+3=11, 5>3, 8+x=12
O’qituvchi bolalardan asoslab berishni so’raydi.
“Nega x+3=11, 8+x=12 yozuvlarinitanladingiz? Tenglamalarni yechish nimani
bildiradi?
Tenglama yechish, demak, shunday sonni topish degan so’zki, uni berilgan
tenglamaga qo’yilganida to’g’ri tenglik hosil bo’ladi. Masalan: x+3=7
yechadigan o’quvchi bunday mulohaza yuritadi: 1soni tenglamaning yechimi
emas, chunki 1+3=4 tenglamada esa 7 berilgan; 2+5=7 teng degan fikrga keladi.
3-sinfda rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlarini nazarda tutib, 8*x=8, 7+x=7
ko’rinishdagi tenglamalar yechiladi. Yechishda qandaydir sonni 8ga
22
ko’partiganda 8hosil bo’ladi. Bu son 1
sonni hisoblanadi, chunki har qanday
sonni 1ga ko’ytirsak o’sha sonni o’ziga tengdir.
Tenglamalarni yechishning III bosqichi shakllantiriadi.
Bu vaqtda kelib o’quvchilar noma’lum qo’shiluvchi, ayriluvchi, kamayuvcgi,
bo’linuvchi, bo’linmalar bilan tanishgan bo’ladilar. Amallarning komponentlari
va natijasi orasida bog’lanishni bilishlariga tayanib tenglamalar
yechayotganlarida, bolalar 3ta qoida haqidagi bilimlarini qo’llay olishlari kerak.
Shu sababli tenglamalarni yechishda bunday xatoliklarga yo’l qo’yiladi:
1. Noma’lum qo’shiluvchini topishda yig’idiga ma’lum qo’shiluvchini qo’shib
yuboradilar. x+20=37; x=37+20; x=57
2. Kamayuvchini topishda ayirmadan ayriluvchini ayiradilar.
x-30=54, x=54-30, x=24
3. Ayiriluvchini topishda ayirmaga kamayuvchini qo’shadilar.
20-x=14, x=14+20, x=34
Tenglamalarning ildizlarini topishga doir topshiriqlar beriladi:
1. Hisoblashlarni bajarmasdan turib tenglamlarning ildizini toping.
a) 5000+600+x+4=5674
b) 4000+x+30+2=4032
c) 10000+200+x+9=10269
d) 30000+x+10+7=30517
Topshiriqlarning mazmunidan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar tenglama
“ildizi” degan yangi tushunchani o’zlashtirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: