www.ziyouz.com kutubxonasi
23
— Razil xotin,Xudodan top!-demoqdan o‘zini tiya olmadi.
Haligi xotining chirkin harakatini aqlli odam to‘g‘ri topmasligi muqarrar. O’z onasi borday
mexr bilan qaralayotgan bu bolaga yetimligini bildirish uni ruhan cho‘ktirish ekanini
bnlmaslik aybdir. Balki u xotin ham biroz o‘ylasa, so‘zlari bolani xafa qilishini bilgan
bo‘larmidi?! Ammo inson avval so‘ylaydi, keyin o‘ylaydi. Bir ishni avval o‘ylamasdan qilib
ko‘yib, keyin pushaymon bo‘ladi. Avval o‘ylab keyin so‘ylasa, avval tushunib, keyin ado
etsa ne bo‘larkin?
* * *
Husayin istar-istamas qadamlar bilan o‘ychan holda ichkari kirishi bilan Fotimaxonim
unga yaqinlashdi.
— Nima bo‘ldi o‘g‘lim, tobing yo‘qmi?
— ...
— Gapirsangchi, jon bolam, mazang qochdimi? Nimani o‘ylayapsan?
Husayin yana javob bermadi. Fotimaxonim hayron bo‘ldi. Uy o‘rtasida turgan bolaning
oldiga cho‘kkalab o‘tirdi.Qo‘llari bilan uning boshini ko‘tardi. Yuzlaridan bir-bir o‘pdi.
Xusayinning ko‘zlari yoshli edi.
Birov bilan urushdingmi,o‘g‘lim? Nega gapirmaysan? Xo‘sh, gapir, yo‘qsa, onang
bo‘lmayman.
Xusayn yig‘lay boshlagandi:
— Siz mening onam emas ekansiz. Mening onam o‘lgan.
Fotimaxonim ne qilarini bilmay qoldi. Tepasidan qaynoq suv quyilganday bo‘ldi.
Peshonasidan sovuq ter chikdi.Bu uyga kelishning asosiy sababi ularga o‘gayligini
bildirmaslik emasmidi? Uch oy o‘tmasdan bu umidi ko‘kka sovurilmoqda. Shuning bilan
birga Fotimaxonim oxiri baxayr bo‘lishiga ishonchidan ayrilmasligi kerak edi. Yaxshi
niyatli insonlarni Alloh yordamsiz qoldirmasligiga ishonardi.
— Xo‘sh, kim gapirdi bularni, o‘g‘lim?
— Tashqarida. Bir xotin.
— Seni birovga o‘xshatibdi, o‘g‘lim. Qara, men sog‘man. Sen mening onam o‘lgani yo‘q,
demadingmi?
—Dedim.
— Nima dedi u?
— «Seni aldashyapti, u o‘gay onang, uning ko‘zlari senikiga o‘xshamaydiku», dedi.
— Sen ishondingmi?
— Albatta, ishondim. Qarang, ko‘zlaringiz menikidaymi?
— Ko‘zlarimiz o‘xshamasa, onang bo‘lmas ekanmanmi?
— Bilmasam.
— Kel, bunday bag‘rimda o‘tir, senga ba’zi narsalarni tushuntiray, quloq sol.
— Sizning bag‘ringizda o‘tirmayman.
— Buni qarang, onasining kuchog‘ida o‘tirmasmish.
Shularni aytarkan, uni kuchoqlaganday ko‘tardi.
Husayin:
— Qo‘ying meni... qo‘yib yuboring... —deya tipirchilardi.Vaziyat yomonlashib borardi.
Uni tushirdi va ro‘parasiga turdi:
— Demak, noma’lum xotinga ishonasan, menga ishonmaysan, shundaymn?Men o‘g‘lim
bor, deb quvonib yuribman. Birov uchrab otang o‘lgan desa, ishonasanmi, qarindoshing
o‘ldi desa, bunga ham ishonasanmi? Xo‘sh, meni ona demasang kimni ona
demoqchisan? Onam deb kimni yaxshi ko‘rasan? Bugungacha seni hech urdimmi?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |