www.ziyouz.com kutubxonasi
70
bo‘ldi. Keyin xutba o‘qigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib to‘g‘rilab qo‘ygan yigitni
esladi. Oradan to‘r? yil o‘tgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida so‘rashib-
salomlashib o‘tishardi. Demak, askar bo‘libdi.
Husayin onasining mozoridan g‘amgin holda ketmadi deyish insofsizlik bo‘lar edi. To‘g‘ri,
Fotimaxonim o‘ziga munosib onalik qildi, ammo o‘z onasining loaqal yuzini xotirlashni
naqadar istardi. Zehni shu o‘ylar bilan bir muddat mashg‘ul bo‘ldi. Unnng ko‘zlari
namlandi. Qayg‘urnshning marhumga foydasi yo‘qligini, unga rahmat tilash
ma’yuslikdan, g‘ussadan foydaliroq ekanini o‘yladi.
* * *
Oliy Islom Ma’hadiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Husayin ketishi bilan uyda
ikki qizidan boshqa hech kimi qolmagan Fotimaxonim bir tarafdan o‘g‘lini sog‘insa,
ikkinchi tarafdan uning o‘zi istagan o‘qishga kirganini o‘ylab ovunardi. O’g‘li yonida
bo‘lib, tahsnl chala-yarim qolsa, bu ham yaxshi emas. Faqat chidash qiyin bo‘lgan
ayriliq. Ammo bu ham muammo emas. U bunday qiyinchiliklarning ozmunchasiga
bardosh etmaganmi-di?! Ora-sira maktublari kelib turardi. Otasiga yozgan xatlaridan
tashqari onasiga ham alohida maktub yozib ahvolini va duo qilishini so‘rardi. Mana bu
maktub ketganidan ikki oy o‘tgandan so‘ng kelgandi:
Sevimli onajonim!
Kecha asrdan so‘ng choyxonadachoy ichay dedim. Choyxonachining yordamchisi choy
keltirdi va cho‘ntagidan bir xat chiqarib, «shuni o‘qib bersangiz, eshitsam»,—dedi.
O’qidim. Tugagach, maktabga nega bormaganini so‘radim. U oh tortdi:
— Ular yubordilaru, men qochdimmi, birodar, — dedi. So‘ngra tushuntira boshladi. O’gay
ona qo‘lida o‘sibdi. Undan ona sifatida uch narsa ko‘rdim deydi: tundliq yomon so‘z,
tayoq...
— Bu uchalasidan ortiq biron naraa ko‘rdim desam, yolg‘on bo‘ladi. U ko‘zlari
yoshlanganini yashirish uchun derazadan tashqariga qaradi. Men devordagya rasmlarga
qaragan bo‘ldim.
Aytishicha, otasi asabiy odammish. «Har oqshom dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda
o‘gay onam:
— Bugun badbaxt o‘g‘il u ishni qildi, bu ishni qilmadi, — deb to‘kib solardi. Otam:
— Xonim, besh daqiqa sabr et, bola ovqat-povqatini yeb olsin, so‘ng xohlaganingday
uraman, —desa:
— Men uring demayapman, faqat qilganini aytayapman, holos. Qancha majburlasam
ham to‘xtatolmadim, mana o‘zining yuzi, — deb meni ko‘rsatdi. Men endi ikki barobar
tayoq yeyishimni ismimni bilganday aniq bilib, indamadim. Otam:
— Xonim, asabimga teg‘ma, jahlimni qo‘zg‘ama! Qonimni qaynatsang, sening bolang
ham xaqqini oladi. Bu ayb qnladi-yu, seniki tinch turadimi? Sening bolang osmondan
tushganmi? Qaysi kun o‘g‘lingning xatosini aytding? Hudodan qo‘rqmaysanmi?
— Mening farishta o‘g‘lim nima qildi? Yashiriladigan aybi bormi uning? Yo tuxmat
qilayinmi bolamga?
— Xo‘p, meniki har kun ayb qiladimi? Hech to‘g‘ri ishi yo‘qmi bechoraning? Bir kun bo‘lsa
ham qo‘nglim uchun yaxshi bir ish qildi desang, nima qiladi? — deya yolvorsa ham o‘gay
onamning men haqnmdagi yaxshi gapni otam hech eshitmadi.
— Har qun shu! Yolg‘on gapiraymi? Qilganini qilmadi deymi?
Otam dasturxondan ko‘l tortib turadi:
— Har kun tayoq yeb to‘ymadingmi, aqling kirmadimi! Yetar endi! — deb rosa uradi.
So‘ng onamga tashlanadi,
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |