Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to'g’risidagi Deklaratsiya 2001
O’zbekiston Tashkilotning ta'sischilaridan biri hisoblanib, boshqa davlatlar
bilan teng ravishda ShHT doirasidagi hamkorlikning istiqboldagi strategiyasini
shuningdek turli yo'nalishlarda hamkorlik rivojining maydoni hisoblanadi.
Murоdоv Х., Muхаmmаdiеv N, Jаmоlоv G. O’zbеkistоn Jаhоn Hаmjаmiyati sаfidа. – T.: G’.G’ulоm nоmidаgi
20
O’zbekiston ShHT Xartiyasiga zid bo'lmagan Tashkilot doirasidagi barcha asosiy
tadbirlarda ishtirok etadi.
Tashkilotning asosiy maqsadlari – mintaqada xavfsizlik, tinchlik va
barqarorlikni ta'minlash, xalqaro terrorizm, separatizm, ekstremizm va uning
barcha ko'rinishlariga qarshi kurashish, shuningdek giyohvandlik moddalari va
ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishiga qarshi kurashish; ko'ptomonlama o'zaro
manfaatli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish; gumanitar, ijtimoiy va madaniy
sohalarda ko'ptomonlama hamkorlikni amalga oshirishdir.
O’zbekiston Tashkilot doirasida o'zaro xarakatlarni to'plash zaruriyati har bir
a'zo-davlatning manfaatlariga birday javob beradigan yo'nalishlarda olib borish
tarafdoridir, ya'ni – mintaqada barqarorlikni ta'minlash, o'zaro iqtisodiy aloqalar,
iqtisodiyotning barqaror o'sib borishi va a'zo mamlakatlarda turmush darajasini
oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratishdir. O’zbekiston uchun investitsion
hamkorlikni
faollashtirish,
transport
aloqalarini,
telekommunikatsiyani
rivojlantirish, joylarda yashaydigan aholiga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish va
boshqa ijtimoiy muammolarni bartaraf etish muhim hisoblanadi.
2008 yilning 28 avgustida Dushanbeda o'tkazilgan ShHT sammitida davlatimiz
Rahbari o'zining nutqida hamkorlikning boshqa yo'nalishlari bilan bir qatorda
ShHT a'zo-davlatlarinig ulkan iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga,
yirik ko'lamdagi loyihalarga, jumladan, transport-kommunikatsion aloqalarni
ta'minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy xalqaro logistik
markazlarni, savdo va turizmni shakllantirish, yangi korxonalarni barpo etish,
innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga
yetarlicha e'tibor qaratilmayotganligiga e'tiborni qaratdi.
Prezidentimiz Jahon banki, Osiyo taraqqiyoti banki va arab dunyosida yirik
moliya instituti bo'lgan Islom taraqqiyoti banki kabi moliya markazlarining
mintaqaviy asosda ShHT a'zo-davlatlari bilan faol hamkorlik imkoniyatlaridan
yetarli darajada foydalanilmayotganligini ta'kidladi
1
.
1
Tаrаqqiyot vа hаmkоrlik yo’llаridа. O’zbеkistоn tаshqi siyosаti vа diplоmаtiyasi. –T.:“O’zbеkistоn”,1993 y.- B.20
21
Shu o'rinda, Prezident Islom Karimov aytib o'tganidek, ShHT doirasida
Tashkilotning Hindiston, Eron, Pokiston va Mongoliya kabi kuzatuvchi
davlatlarining ulkan resurslari va bozorlaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.
“Aytish kerakki, bu yerda bizning barcha mamlakatlarimiz uchun haqiqatdan ham
ulkan imkoniyatlar yuzaga kelmoqda”
1
, ta'kidladi Islom Karimov.
2009 yilning 15-16 iyun kunlarida Yekaterinburgda o'tgan ShHT sammitida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Tashkilot doirasida siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni kelgusida
kengaytirish va mustahkamlash bo'yicha katta ishlar amalga oshirilganligini,
Tashkilot oldida turgan muhim dasturlardagi maqsad va vazifalarni amalga
oshirish bo'yicha salmoqli qadamlar tashlanganligini ta'kidladi
2
.
Dostları ilə paylaş: