Jenevada. Xalqaro metereologiya tashkilotining asosiy maqsadi metereologiya
mukammallashib borishini ta’minlash va uning yutuqlaridan aviatsiya, qishloq
ho’jaligi, kemalar qatnovida va boshqa sohalarda foydalanishdir. Uning tezkor
Lаfаsоv M. O’zbеkistоn Rеspublikаsining хаlqаrо аlоqаlаri. – T., 1995 y. – B. 23.
31
Boy tarixiy, madaniy va manaviy merosga ega bo’lgan O’zbekistonda horijiy
mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va
mustahkamlashga katta etibor beriladi. Mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik
madaniyat, sanat, ta’lim, ilm-fan, turizm, tibbiyot, sport va boshqa yo’nalishlarni
qamrab oladi.
Tegishli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida ikki tomonlama
madaniy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik dasturlari tuzilib, amalga
oshirilmoqda. O’zbekiston vakillari madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro
ko’rgazmalar, festivallar, tanlovlar, anjuman va forumlarda ishtirok etib
kelmoqdalar.
O’zbekistonda ham “Asrlar sadosi” ananaviy madaniyat festivali, Zamonaviy
sanat Toshkent biennalisi, Toshkent xalqaro fotobiennalisi, “Theatre.UZ” Xalqaro
teatr festivali kabi xalqaro madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. 2011 yil oktyabr
oyida birinchi Zamonaviy kino Toshkent xalqaro festivali bo’lib o’tdi.
O’zbekiston jozibador turistik yo’nalish bo’lib, ko’plab horijiy sayyohlarni
o’ziga jalb qilib kelmoqda. Respublika xududida turli davr va sivilizatsiyalarga oid
4000 dan ziyod memorlik va sanat obidalari mavjud. Ularning bir qatori
UNESCOning butunjahon madaniy merosi ro’yhatiga kiritilgan.
Turistik salohiyatni yuksaltirish va mamlakatga tashrif buyuruvchi horijiy
sayyohlar sonini oshirish maqsadida “Uzbekturizm” Milliy kompaniyasi TIV va
chet ellardagi vakolatxonalar bilan hamkorlikda horijiy turistik idoralar,
turoperatorlar va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari uchun Uzbekistonga
maxsus tanishuv safarlarini (mega-info-tourlarni) amalga oshirmoqda. Mazkur
loyiha 2011-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib, uning doirasida yilning mart, iyun,
avgust va noyabr oylarida horijiy turoperatorlar va OAV vakillari O’zbekistondagi
diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar va viloyatlardagi mavjud turistik
salohiyat bilan yaqindan tanishadilar.
O’zbekistonda sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va
respublika sportchilarining xalqaro olimpiyadalar, turnirlar va musobaqalarda
32
muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston vakillari Olimpiya o’yinlari, Osiyo chempiyonati
va kuboklari, Osiyo o’yinlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda yuzlab
sovrinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.
Hozirda 30 dan ortiq sport turlari bo’yicha O’zbekiston milliy federatsiyalari
xalqaro federatsiyalar tarkibiga kiradi va turli darajadagi xalqaro musobaqalarda
ishtirok etish huquqiga ega.
O’zbek milliy sporti – Kurashni horijda rivojlantirish va ommalashtirishga
alohida etibor berilmoqda. Xalqaro kurash uyushmasi tomonidan mazkur sport
turini Olimpiya o’yinlari rasmiy musobaqalar dasturiga kiritilgan.
Evropa, Osiyo, Afrika, Okeaniya va Amerika kontinental kurash
federatsiyalari, 117 mamlakatda milliy kurash federatsiyalari faoliyat olib
bormoqda.
Hozirgi kunga qadar 15 ta kurash bo’yicha jahon chempiyonati hamda 300
dan ortiq xalqaro musobaqalar turli mamlakatlarda o’tkazildi. 2003 yilda kurash
Osiyo
Olimpiya
Kengashi
rasmiy
sport
turi
sifatida
etirof
etildi.
Ommabop sport turi – futbol ham O’zbekistonda jadal ravishda rivojlanib
bormoqda. 2011 yil Qatar poytaxti Doxada bo’lib o’tgan Osiyo Kubogi uchun
musobaqalarda futbol bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi faxrli 4 o’rinni
egallashga muyassar bo’ldi. FIFA qaroriga binoan, muhim xalqaro sport
tadbirlaridan biri – yosh ayollar futbol jamoalari o’rtasida Jahon chempiyonati
2012 yilda Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: