Borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni qarang



Yüklə 74,03 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü74,03 Kb.
#38153
Harakat - Vikipediya



Harakat

Harakat — borliqning ajralmas xususiyati

boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang

Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik)

ifodalovchi falsafiy kategoriya. H.

tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka

aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni,

olamning betoʻxtov yangilanib borishini

aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon

H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday

oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat




moddiy obʼyektlarga emas, balki

maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham

xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy)

obʼyektning mavjudligi undagi H. va

oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu

sababli H. borliqning asosiy mavjudlik

shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy

borliqning quyidagi H. shakllari ajratib

koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning

fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa

jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha

jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga

nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi

jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga)

nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan



jismning H. i qaysi jismga nis-batan

oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq

jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan

boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar

Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida

gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi.

H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-

qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri

chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon

va boshqa turlari farqlanadi. 2) fizik H.

(elementar zarralar, atom yadrosi va

atomning H.dan tortib, olamning

fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va

maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib

koinotning gravitatsiya kuchigacha



barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3)

kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning

assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar

H.i, moddaning muzlashi va kristallanish

jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy

sintez va parchalanish, yonish va ok-

sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar

kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar).

Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin

moddiy obʼyektlarning progressiv va

regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab,

yuksaklikka — biologik H.ga va quyi

yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik

H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida

jonli organizmlarning halok boʻlishi



oqibatida katta-katta materiklar, marjon

orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning

tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H.

(jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning

namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari,

inson aql-zakovati hamda axborot

jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy,

maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham

mavjud. Tafak-kur — fikrning H.i,

informatsion H., gʻoyaning H.i, maʼnaviy

H., xayoliy H. va boi|qalar shular

jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli

mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi

taʼsirda, H. murakkab shak-llarining

mayabai esa ichki aloqadorliklarda-



‘Qadimdan H. va uning manbalari haqida

turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni

olamning asosiy mohiyati deb qarash

Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil,

Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari

H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar

yozishgan. Ular H.ning xususiyatlari,

shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni

ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa

H.ning mavjudligini ham inkor etgan.

Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining

"Axill va toshbaqa", "Dixatomiya",

"Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur

aporiyalarnda isbotlashga uringan.




Sharq falsafasida esa Forobiyning

falsafiy risolalarida bu muammo

mukammal asoslab berilgan. Yangi davr

falsafasida Gegel H.ning mohiyatini

formal mantiq vositasida ifodalash

mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik

mantiq doirasidagina izohlash

mumkinligini taʼkidlagan. H.ni

tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi,

manbai haqidagi gʻoyalar muhim

ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland

(1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab

tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz

materiya boʻlmaganidek, materiya ham

H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr



materialistik falsafaning asosiy

tamoyiliga aylandi.

H.ning moddiy tashuvchisi tushunchasi

H. oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim

"nimaningdir" H.i, "nimaning-dir" oʻzgarishi

degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha "nima"

H.ning moddiy tashuvchisi boʻladi (u H.

shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab

oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi H.lar toʻgʻrisida

gap borganda "H.ning moddiy

tashuvchisi" tushunchasi oʻz maʼnosini

yoʻqotadi. Uning oʻrnini "harakatlanuvchi

sistema" tushunchasi egallaydi. Bunday

sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda

boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri,



axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema,

gʻoyaviy sistema va shahrik. maʼnaviy

shakldagi harakatlanuvchi sistemaga

misol boʻlishi mumkin. H.ning manbai

haqida gapirganda mutafakkirlar

qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi.

Ichki ziddiyatlar H.ning ichki manbaidir.

Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki

dastlabki turtkini H. manbai deb bilishadi.

Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik

hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki

tufayli u H.ga kelgan. Aslida. voqelik

H.siz boʻlishi mumkin emas, u doimo

H.da, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar ichki va

tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi.



Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning

oʻzida H.da ham, sukunatda ham

boʻlmaydi, H. zid-diyatlidir va uning

natijasidir, deb koʻrsatgan edi. Ziddiyatlar

jismni H.ga keltiradi, shu maʼnoda har

qanday H.ning manbai ziddiyatdadir. H.

shakllari borliqsagi oʻzaro

aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir.

Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy

shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini

taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4

xil — gravitatsion, elektromagnit, kuchli va

kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar

yotadi. Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo

va vaqt strukturasini tashkil etadi. H. yoki



harakatlanuvchi sistema xoh moddiy

koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda

boʻlishidan qatʼi nazar, olamning

oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi.

H. — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-

sokinlik — yoʻqlikka mos keladi. Shu

sababli H. borliqning adabiy va mutlaq

xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy

xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan

yuqoriga boʻladigan H. rivojlanish

deyiladi, aksi regressiv H.dir.

Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik, T.,

2001; Ibn Sina, Izbrannme filosofs-kiye

Adabiyot



proizvedeniya, M., 1980; Fayzullayev

A.F., Prinsip ustoychivosti i izmenchi-

vosti v prirode, T., 2000.

Baxtiyor Toʻrayev.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Harakat&oldid=2176509




  Soʻnggi tahrir 13 kunlar avval 31.40.27.134 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


dan olindi 

Yüklə 74,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin