4- MAVZU Turmushning zararli odatlari (chekish va alkogolizm)
Reja
1.Turmush tarzi va zararli odatlar
2.CH ekish va uning inson salomatligiga ta’siri
3. Alkogolizm ning kelib chiqishi va zarari
“Salomatlik – bu faqatgina kasallik va jismoniy nuqsonlardan holi bo‘lish
emas, balki to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanganlikdir.”
“Insonning individual sog‘lig‘i – organizmning patologik siljishlarsiz, muhit bilan
optimal bog‘lanishda, barcha funksiyalar bir-biriga moslashgan tabiiy holati.”
(G.Z. Demchinkova, N. L. Polonskiy); “Salomatlik – bu organizmning atrof
muhitga adektiv va optimal xayot faoliyatini, shuningdek to‘la qonli mehnat
faoliyatini ta’minlab beruvchi tizimiy-funksional xususiyatlarning o‘zaro
uyg‘unlashgan yig‘indisidir”; “Insonning individual salomatligi – organizmdagi
barcha modda almashinuv jarayonlarining uyg‘unlashgan birligi bo‘lib,
organizmdagi barcha tizim va kichik tizimlarning optimal hayotiy faoliyati uchun
sharoitlar yaratadi”(A. D. Ado); “Salomatlik – bu insonning faol hayotining
maksimal davomiyligida biologik, fiziologik, psixolgik funksiyalarining, mehnatga
layoqati va ijtimoiy faolligini saqlab qolish va takomillashtirish jarayoni”(V. P.
Kaznacheev).Olimlar fikricha “Salomatlik – inson hayotiy faoliyatining ruhiy, his-
tuyg‘u, psixik, jismoniy sohalarining oddiy holati bo‘lib, bu holat inson shaxsining,
qobiliyat va layoqatining gullab-yashnashi, atrof-olam bilan uzluksiz bog‘liqligini,
uning
uchun
mas’ulligini
anglashi
uchun
qulay
shart-sharoitlar
yaratadi”.Valeologiya fanida “individual(inson) salomatlik(gi)” va “aholi
salomatligi” farqlanadi.Individium salomatligi – bu atrof-muhitga moslashishning
dinamik jarayoni bo‘lib, olimlar fikricha, individium salomatligiga uning tashqi
muhit, yashash sharoiti va boshqalarning turli hil ta’siriga moslashishi,
chidamliligi va reaksiyasi sifatida qarash kerak.V. I. Dubrovskiy (1999) fikricha,
salomatlikni baholash mezonlari quyidagicha:
berilgan bosqichda jismoniy ishga layoqatlilik va morfologik
rivojlanish darajasi;
maxsus ish qobiliyatini cheklovchi surunkali kasalliklar, jismoniy
nuqsonlarning mavjudligi;
ijtimoiy
qulayliklar,
turmushning
o‘zgaruvchan
sharoitiga
moslashuvchanlik, atrof-muhitning noqulay omillarining ta’siriga
chidamlilikni, organizmning tashqi muhitga ta’siriga reaksiyasini
saqlash.
Salomatlik darajasini qanday aniqlanadi?
Aholi salomatligining holati yoki jamiyat salomatligini darajasini baholash uchun
turli hil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: demografik (tug‘ulish, o‘lish, o‘rtacha
yosh), kasallanish, kasallanuvchanlik, nogironlashtirish va b. ko‘rsatkichlar.
Salomatlik nimalarga bog‘liq?
Irsiyat – 20%
Atrof muhit – 20%
Tibbiy yordam saviyasi – 10%
Turmush tarzi – 50%
Hozirgi vaqtda salomatlikni baxolash uchun asos bo‘ladigan belgilar quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
1. Jismoniy garmonik rivojlanish darajasi;
2. Asosiy funksional tizimlar va butun organizmning rezerv imkoniyatlari;
3. Organizmning immunitet himoyasi va nospetsifik rezistentlik darajasi;
4. Surunkali va tug‘ma kasalliklar, rivojlanish nuqsonlari bor-yo‘qligi;
5. Inson salomatligini ruhiy va ijtimoiy qulayliklarni aks ettiruvchi shahsiy
hususiyatlar darajasi.
Individual salomatlik ko‘satkichlari:
Genetik – geneotip, dizembriogenezning, irsiy nuqsonlarning yo‘qligi;
Biokimyoviy – biologik to‘qimalar va suyuqliklar ko‘rsatkichlari;
Metabolik – tinch holatda va yuklamalardan so‘ng modda almashinuv darajasi.
Morfologik – jismoniy rivojlanish darajasi, konstitutsiya tipi (morfotip)
Funksional-organlar va tizimlarning funksional holati:
- tinchlik me’yori
- reaksiya me’yori
- zahira imkoniyatlari, funksional tip.
Psixologik – his-tuyg‘u, fikrlash, intellektual sohalar:
- yarim sharlar dominantligi
- oliy nerv faoliyaining tipi
- temperament
- ustunlik qiluvchi insting tipi
Ijtimoiy – ruhiy maqsadli yo‘nalishlarni aholqiy qadriyatlar, yuksak maqsadlar,
da’volar darajasi va talablar reamulyasiyasi va h.k.
Klinik – kasallik belgilarining yo‘qligi.
Salomatlik darajasi moddiy taminlanganlikka bog‘liqmi?
Moddiy ta’minlanganlik darajasi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi
shubhasiz.
Kasallikni ko‘pincha salomatlikka qarama-qarshi holat sifatida qaraladi:
Butunjaxon salomatlik jamiyati lug‘ati bo‘yicha kasallik “meyordagi holatdan har
qanday sub’ektiv va ob’ektiv og‘ishdir”. Kasallik kelib chiqish sabablari
quyidagilar:
- organizmning (funksional tizim, organ yoki to‘qimaning) kam
harakatchanligi, bu o‘z navbatida me’yoriy qo‘zg‘atishga past reaksiya
qiluvchi chiniqmaganlikka olib keladi;
- uyg‘unlashgan boshqaruvning buzulishi, hamda zaharli moddalarni
to‘planib qolishiga olib keladi va h.k.;
- zaharlanish, radiatsiya natijasida hujayralarning zararlanishi;
- tashqi muhitning o‘zgarishi, teri, muskullar, ichki organlarning
hujayralarning funksiyalarini buzulishiga olib keladi;
- ruhiyatning buzilishi, asab omili (stress) ta’siri natijasida paydo bo‘ladi.
Har bir kasallik quyidagi davrlar bo‘yicha rivojlanadi:
- latent yoki yashirin davr;
- kasallik birinchi alomatlari(prodromal) davri;
- kasallik avj olgan davr;
- kasallikni tugallanish, tuzalish davri;
Kasallanish paytida organizmda har hil o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Avvalo
assimilyasiya jarayonlari – turli moddalarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishi
va ularning to‘qimalar uchun zarur bo‘lgan birikmalarga aylanishi. Dissimilyasiya
– bu tirik materiyaning parchalanish jarayonidir (murakkab birikmalarning
parchalanishi, energiyaga boy birikmalardan energiya ajralishi).Distrofiya,
atrofiya, shamollash, qon aylanishining buzulishi va b. potologiya turlari
hisoblanadi.
Distrofiya – to‘qima (hujayra) almashinuvining buzulishi bo‘lib, to‘qimalarda
(hujayralarning) oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral moddalar yoki tuzlar
almashinuvidan kelib chiqib, umumiy yoki qisman, tug‘ma yoki keyin paydo
bo‘lgan tizmiy o‘zgarishlar bilan kuzatiladi.
Atrofiya – organlar va to‘qimalar funksiyalarining pasayishi va hajmining
kichrayishi.
Gipertrofiya – hujayralar soni yoki xajmining ortishi natijasida organning
kattalashuvi.Salomatlik va kasallik orasidagi holat “uchinchi holat” deb ataladi.
Immunitet (lotincha immunitas – bir narsadan ozod bo‘lish) – organizmning
genetik begona ma’lumotlarini tashuvchi modda yoki mavjudodlardan
Касал
организм-
нинг
ҳолатлари
Бош оғриғи,
бош
айланиши
Камқувватли-
лик,
ҳолсизлик
Иштаҳа-
нинг
пасайиши,
йўқолиши
Кайфиятнинг
пастлиги,
серзарда-
лилик
himoyalanishi.Irsiyat va salomatlik. Bolaning rivojlanishi homilador bo‘liishdan,
jinsi va biologik fondi aniqlanishidan boshlanadiyu biroq bola organizmida mavjud
bo‘lgan genetik irsiy belgilar aniq ijtimoiy muhitda amalga oshiriladi.
Mashhur sayyoh Xrestofor Kolumb 15 asrda Amerikaga Guanan oroliga
kelganda, orolda yashovchilar Kolumbga va uning dengiz sayohatchilariga
sovg‘alar qatorida quritilgan o‘simlik barglarini ham taqdim qiladilar. Ular bu
o‘simlikni «Petum» deb atashar edilar. Erli halqni bu o‘simlikni tutatib chekish,
chaynashini, shuningdek yutishlarini ko‘radilar.
Tamaki bargining naycha qilib o‘ralganini ular «tabako» va «sigaro» deb
nomlar edilar. Quritilgan tamaki naycha qilib o‘rab chekilganda, dastlab uni
shifobaxsh modda, tutini turli kasalliklarni daf etadi, kishini tetiklashtiradi
tinchlantiradi deb o‘ylagan edilar.
Kolumbning dengiz sayohatchilari 1493 yilning 25 martida "Ispaniyaga
qaytganda tamakidan olib keladilar shuning natijasida chekish odati asta-sekin
Ovropo mamlakatlariga tarqala boshladi. Keyinchalik Amerikada bo‘lgan chet
elliklarni Angliyaga qaytishi bilan tamaki o‘simligi urug‘ini ekish va uni
ko‘paytirish oqibatida tamaki ko‘p mamlakatlarga tarqaladi.
XV asrining o‘rtalarida tamaki Fransiyaga tarqaladi. Bunga Fransiyaning
Partugaliyadagi elchisiga 1560 yilda sababchi bo‘lgan Jak Niko Fransiya shoxi
Ekaterina Msdiga va uning o‘g‘illaridan bittasiga bosh og‘rig‘ini qoldirish uchun
tamaki pilyulasini tavsiya etgan. Tamakidagi nikotin moddasi Niko nomi bilan
atalgan. Fransiyada tamakini hidlash keng ravishda avj olib ketadi.
XV asrning oxirida tamaki chekish Ispaniya, Angliya, Gollandiya, Portugaliya va
boshqa Ovropo mamlakatlariga tarqaladi. Rossiyaga tamaki 1585 yilda Ivan
Grozniy davrida savdagorlar tomonidan keltirilgan.
CHekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha
aytganda organizmda nikotinni qabul qilishga bog‘lanib qolish vujudga keladi. Bu
uchta stadiyada rivojlanadi:
1.Birinchi stadiya – bu psixik moslashish bunda odam chekkisi kelaveradi va
borgan sari ko‘proq papiros chekadi. Bu stadiya 1-5 yil davom etadi.
2. Ikkinchi stadiya – somatik belgilar namoyon bo‘la boshlaydi, chekuvchida
bronxit kasalini hosil bo‘lishi, oshqozon, yurakda va boshqa a’zolarda og‘riq
noqulay holatlar ro‘y beradi. Nerv sistemasida o‘zgarshi sodir bo‘ladi.
CHekuvchida ta’sirchanlik, bosh og‘rish holatlar sodir bo‘ladi. Bu stadiya 5-15 yil
davom etadi.
3. Uchinchi stadiya – chekish avtomatik bo‘lib qoladi. Doimiy bosh og‘rig‘i,
xotirani susaytiradi, juda ta’sirchan bo‘lib qolishi, doimiy yo‘tal paydo bo‘ladi.
Nikotinning 0,1 grami odamni o‘ldiradi. Bu doza 20 dona papirosda saqlanadi.
Agarda chekuvchi har kuni 20 dona papiros cheksa 30 yil mobaynida 200 ming
dona papiros chekadi, bu 160 kg tamaki degani. Bunday miqordagi papiros
tarkibida 800 g nikotin bo‘ladi.
Hozirgi kunda ancha ommaviylashgan zararli odatlar – sigaretalar, nos, chilim
kabi tamaki mahsulotlari; pivo, vino, shampan vinosi, aroq, konyak kabi spirtli
ichimliklar hamda ko‘knor, mariuxana kabi giyohvand moddalardan iborat.
Bugun mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlod salomatligini mustahkamlash,
ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Zero sog‘lom avlod – sog‘lom millat, sog‘lom kelajak deganidir.
O‘zbekistonda ham tamaki chekish, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishning zararli
oqibatlari haqida keng miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotir. Zotan
Prezidentimiz rahnomoligida olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadi
sog‘lom, mamlakatimiz kelajagini, taqdirini o‘z qo‘liga dadil oladigan, mustaqil,
ilm-fan yutuqlaridan bemalol foydalanadigan, buyuk ajdodlarimizga munosib,
hech kimdan kam bo‘lmagan yuksak intellektual salohiyatga ega yoshlarni,
barkamol avlodni shakllantirishdir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi
vaqtda er sharining 1,3 milliard aholisi kashandalikka duchor bo‘lgan. Muntazam
ravishda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, ya’ni unga ruju qo‘yish, oddiy
aytganda, kashandalik, insonning jismonan va ruhiy fiziologik (psixofiziologik)
jihatdan unga o‘rganib qolayotgani giyohvandlikning eng og‘ir shakl-laridan biri,
deb rasman tan olingan.
Jahonda katta yoshlilar o‘limining 12 foizi kashandalik — tamaki mahsulotlarining
og‘ir oqibatlari tufayli ro‘y bermoqda va buning natijasida har yili 5,4 million
odam olamdan ko‘z yummoqda. Kishini larzaga soladigan yana bir fakt shuki, har
6,5 daqiqada 1 nafar inson tamaki chekish bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik tufayli bu
dunyoni tark etmoqda. Agar shu holat davom etadigan bo‘lsa, 2030 yilga kelib,
faqat tamaki sababli har yili 8,3 million nafar insonning olamdan ko‘z yumishi
mumkinligi (bu ko‘rsatkich, umuman o‘lim ko‘rsatkichlarining 10 foizini tashkil
qiladi) bashorat qilinmoqda.
Tamaki tutuni tarkibida 7 mingdan ortiq komponetlar bo‘lib, ulardan aksariyati
farmakologik jihatdan juda faol, zaharli, mutagen va kanserogen moddalar ekanligi
aniqlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘pka saratoni
kasalligi ko‘rsatkichlari dunyoda o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, ushbu
kasallikka chalinganlarning 98,96 foizi tamaki mahsulotlarini iste’mol
qiluvchilardir.
Eng tashvishlisi shundaki, chekmaydigan odamlar chekadiganlar atrofida “passiv
chekuvchilar”ga aylanadi, ular orasida bolalar va ayollar kam emas. Tamaki
tutunidagi zaharli moddalarning aynan “passiv chekuvchilar” organizmiga salbiy
ta’siri kuchliroq ekanligi zamonaviy tibbiyotda allaqachon isbotlangan.
SHu nuqtai nazardan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senat
tomonidan ma’qullangan, 2011 yil 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan imzolangan hamda joriy yilning 6 aprel kuni kuchga kirgan
«Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini
cheklash to‘g‘risida»gi Qonun beqiyos ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molikdir.
Ushbu Qonun fuqarolarni, ayniqsa, yigirma yoshga to‘lmagan yoshlarni alkogol va
tamaki mahsulotlarining salbiy ta’siridan himoya qilishga qaratilganganligi bilan
ahamiyatlidir.
Kezi kelganda ta’kidlash joizki, alkogol va tamaki mahsulotlari inson organizmiga,
uning nasl-nasabiga o‘ta salbiy ta’sir etishi barobarida ularni iste’mol qilish
mehnat unumdorligi o‘sishi, mehnat intizomining mustahkamlanishi, aholining
madaniy saviyasi oshishi kabilarga jiddiy ravishda to‘sqinlik qiladi. Oila
daromadini kamaytirib, uning byudjetiga putur etkazadi, oilada farzandlar tarbiyasi
uchun muhim bo‘lgan tegishli ma’naviy muhitni shakllantirishga keskin zarba
beradi. SHuningdek, bu muammo hozirgi zamon real ekologik va ijtimoiy
sharoitlarida alohida e’tiborni talab qiladigan o‘ta salbiy omil hisoblanadi.
Faqatgina, davlat darajasida qat’iy, qonuniy profilaktik choralar ko‘rish orqali,
ushbu zararli odatlarning oldini olish mumkin.
Biroq hozirgi globallashuv davrida dunyo aholisi orasida ichkilikbozlik,
kashandalik va giyohvandlik kabi millat genofondiga, inson salomatligiga, nasl-
nasabga o‘ta salbiy ta’sir etuvchi illatlar – zararli odatlar tobora ildiz otib
borayotgani achinarlidir.
Ularning barchasi kishining miya hujayralariga ta’sir etib, uni organizmning
ichki a’zolari va tizimlari hamda insonlarni bir – birlari bilan bo‘ladigan
munosabatlaridagi nazorat omillarini susaytirish yoki umuman izdan chiqarishdan
iborat. Eng muhimi bu mahsulotlarning barchasi kishini o‘ziga bog‘lab olish
xususiyatiga ega bo‘lganligidan tamaki mahsulotlari – ashaddiy kashandalikka,
spirtli ichimliklar – alkogolizmga; giyohvand moddalar – giyohvandlikka olib
keladi. Bularning barchasi inson qutilishi nihoyatda qiyin bo‘lgan odat tusiga kirib,
u hayotimizning qisqarishiga, sog‘lom turmush tarzida yashashga, mehnat qilishga,
dam olishga juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Inson tabiati yangilikka tashna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bo‘lsin, uni o‘z
hayotida, albatta, qo‘llab ko‘rgisi keladi. Globallashuv shiddati ong-qalbimiz va
hayotimizda shunday o‘zgarishlar sodir etmoqdaki, undagi foydali jihatlardan
ko‘ra, zararlilari tez orada o‘z aks ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugun har bir yoshu qari
chekish – bu zararli odat ekanligi, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini biladi.
Zamonaviy tibbiy tadqiqotlar tufayli olimlar nikotinni kam dozada iste’mol
qilish holatida ham quyidagi nuqsonlarni keltirib chiqarishini isbotlashdi:
O‘pka va boshqa organlar saratoni paydo bo‘lishi xavfini oshiradi;
Ham erkaklar va ham ayollarda reproduktiv funksiyalarni buzadi;
Umumiy salomatlikni yomonlashtiradi;
Immunitetni zaiflashtiradi;
Qon tomirlarini toraytirishi oqibatida, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib
chiqaradi.
Eng dahshatlisi, chekish – bu maqsadli ravishda orttirilgan odat hisoblanadi. Inson
organizmi chekish uchun yaratilmagan. Birinchi marta tamaki chekishda organizm
yo‘tal ko‘rinishida unga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ammo, biz baribir, bu
zararli narkotikni ichimizga tortishga harakat qilaveramiz.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kashandalik oqibatida har yili 5,4 million, har
6 soniyada 1 kishi hayotdan ko‘z yumadi. Mutaxassislarning fikricha, zudlik bilan
zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib kashandalik har yili 8 million kishining
hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘ladi. Dunyoda chekuvchilar soni
bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin Hindiston va Indoneziya turadi. CHekish
oqibatida kelib chiqadigan yillik iqtisodiy zarar 200 milliard AQSH dollaridan
oshib ketmoqda.
31 may – Butun jaxonda chekishga qarshi kurash kuni Insonning zamonaviy
hayot tarzida chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish
qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi
xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Kimlar chekuvchi hisoblanadilar?
Bir kun davomida bir donadan sigareta chekayotgan shaxslar chekuvchi
hisoblanadilar.
Tamaki va uning tutuni tarkibida odam organizmiga zararli ta’sir etuvchi 400 dan
ortiq har xil birikmalar bo‘lib, ulardan eng zaharlisi nikotin, is gazi va shularga
o‘xshash ko‘pgina zararli moddalardir.
Nikotin – eng kuchli zaharlardan biri. O‘pka to‘qimasiga kirgan nikotin 7
sekunddan keyin bosh miyaga etib boradi.
Inson uchun nikotinning o‘lim dozasi 50-100 mg yoki 2-3 tomchi. Aynan shunday
doza har kuni qonga 20-25 ta sigaret chekkandan keyin tushadi.
Bir kunda 1 quti sigaret chekish – bu 1 yilda 500 rentgen nurlanishni olgan bilan
barobar.
Tamaki yurak – qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, ichki sekretsiya,
jinsiy bezlar kabi a’zolariga zaharli ta’sir qilib miokard infarkti, xafaqon kasalligi,
bronxlarning surunkali yallig‘lanishi, yara va saraton singari ko‘pgina xavfli
kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Tamaki naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlikka, tug‘iladigan bolalarni zaif,
nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Tamaki tarkibidagi zaharli birikmalar ta’sirida organizmda modda almashinuvi
buzilib, A, V1, V6, V12, S kabi vitaminlar etishmovchiligi yuzaga keladi.
“Passiv chekuvchi” kim?
5 ta sigareta chekilgan yopiq xonada 8 soat davomida bo‘lgan shaxslar passiv
chekuvchi hisoblanadi. Passiv chekuvchilar, faol chekuvchilar kabi zararlanadilar.
Ota-onasi chekuvchi bolalar zararlanishi faol chekuvchilarning zararlanishiga
nisbatan yuqoridir.
Kashandalikka berilish oqibatida inson salomatligini, nasllar davomiyligini xavf
ostida qoldiradi. Sog‘lom turmush tarziga rioya etayotgan insonlar kashandalarga
nisbatan 15 yil uzoq umr ko‘rishi tajribada isbotlangan bo‘lsa-da, sigareta
yaratilganidan buyon o‘tgan muddatda uning iste’molchilari soni ko‘paysa
ko‘paydiki, aslo kamaygani yo‘q.
Tamaki tutunining tarkibida zaharli va zararli modda bo‘lib, hammasi inson
salomatligini emirishi tajribalarda isbotlangan. U qon tarkibi aylanishini buzib,
tomirlarni qotiradi. CHekish oqibatida astma, o‘pka saratoni, yurak-qon tomiri,
gipertoniya, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari kelib chiqadi. Afsuski, mamlakatimizda
ham “zamonaviy” chekuvchilar soni ortib bormoqda. Achinarlisi, kashandalar
orasida o‘smirlar va ayollar ham uchraydi. CHilim chekish yurak qisqarishi ritmini
tezlashtirishi sababli, yurak xastaligiga chalingan insonlar uchun juda xavfli.
CHilim va sigaretalarni guruh bo‘lib chekish oqibatida gepatit, stafilakok, sil, gripp
va boshqa shu kabi infeksiyalarni yuqish xavfi ko‘p marta oshadi, shuningdek,
chilim chekish inson asab tizimiga ham salbiy ta’sir qiladi.
CHekish jarayonida organizmga is gazidan tashqari katta miqdorda xrom, nikotin,
qo‘rg‘oshin, karboksigemoglobin va boshqa zararli birikmalarining tushishi yurak
qon-tomir, o‘pka etishmovchiligi, ovqat hazm qilish tizimlarini buzilishiga, jinsiy
va reproduktiv qobiliyatni susaytirib onkologik kasalliklarning rivojlanishiga olib
keladi.
Jamiyatning
sog‘liqni
saqlash
sohasidagi
asosiy
vazifalaridan
biri,
chekmaydiganlarning huquqini himoya qilish, ya’ni ijtimoiy ahamiyatga ega joy,
ob’ekt va transport vositalarida chekishni taqiqlash, ayniqsa, yoshlar orasida
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir. Biroq yoshlar, ayollar va
o‘smirlarning milliy qadriyat, an’ana va odob qoidalariga zid bo‘lgan bunday
zararli illat domiga ilinayotgani masalaning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi.
Kashandalikning psixologik jihatlari ham borki, undan voz kechish inson irodasi,
psixologiyasi bilan bog‘liq holat.
Kashandalik, asosan, zerikish, band bo‘lmaslik, o‘z hayotidan norozilikdan kelib
chiqadi. Avval qiziqishdan boshlangan bu holat yillar o‘tib chuqurlasha boradi.
CHekuvchi real emas, noreal hayotni ma’qul ko‘ra boshlaydi. Noreal hayot —
kashandalik, giyohvandlik va ichkilikbozlik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Kashandaning irodasi zaiflasha boradi. Iroda markazining to‘silishi esa
muammolarni hal qilolmaslikka, qaramlikka olib keladi. SHu bois, yoshlarda,
avvalo, irodali bo‘lishni tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash,
o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish lozim. SHunda biz irodasi mustahkam, iymoni
butun, keng dunyoqarashli, hech qanday ta’sirlarga qaram bo‘lmagan avlodni
tarbiyalashga erishamiz. SHuningdek, yoshlarda kattalarga taqlid qilish, ular hatti-
xarakatini takrorlashga intilish kuchli bo‘ladi. Ota-onasining odatlari, vaqt o‘tib
farzandida takrorlanadi. Bu jarayonda kattalar ibrati ham muhim ahamiyat kasb
etadi. “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash
to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi orqali bu holatga chek qo‘yish,
albatta, o‘z natijasini beradi.
Hozirgi vaqtda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tarqatishni cheklash
“Tamaki va alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish va tarqatishni cheklash
to‘g‘risida”gi qonun va boshqa alohida normativ hujjatlar bilan tartibga solingan.
Mazkur qonunda tamaki mahsulotlarini balog‘at yoshiga etmagan shaxslarga
sotishni taqiqlash, tamaki va alkogol mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy
ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvning bo‘lishi, bunday mahsulotlarda
inson sog‘lig‘i va hayotiga zararlilik darajasiga ruxsat beruvchi normaning
kiritilishi, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni reklama va targ‘ibot qilishga yo‘l
qo‘ymaslik, jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiqlash
to‘g‘risidagi talablar mavjud. SHuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
Kodeks tamaki mahsulotlarini jamoat va transportning ruxsat etilmagan joylarida
iste’mol qilishni man etadi.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonun tamaki va tamaki mahsulotlarini reklama qilishni
taqiqlaydi. Kelajagimiz uchun daxldor qonun loyihasi aholi salomatligi,
farzandlarimiz tarbiyasi va millat genofondi uchun muhim masalalarni hal etishda
dolzarb ahamiyatga ega.
CHekishni tashlash yo‘llari
Har ikki kunda bir donadan kamaytirib turing
O‘zingizga biror bir sport turini odat qilib oling
Psixolog seanslariga qatnashing
CHekish xumori tutib qolsa, sof tabiat qo‘ynida sayr qiling
Uxlash maromiga rioya qiling
Sigaretaga “najotkor”, “do‘st” emas balki eng ashaddiy dushman deb qarang.
O‘zingizga chekishni tashlayman deb va’da bering va uning ustidan chiqing.
Mutaxassislar fikricha, sog‘lom turmush tarzini yaratishda, avvalo, tamaki
mahsulotlari iste’moliga chek qo‘yish zarur. Bu illatning ildizini tezroq qirqish
uchun ko‘ngilochar joylarda chilim chekish bilan bog‘liq xizmatlar turlarini ko‘rib
chiqish, ularni qonun bilan taqiqlash kundan kun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Zero, bugun chekishning zamonaviy turlarini hayotida qo‘llab ko‘rishni
xohlayotgan
yoshlarni
xorijiy
tillarni
puxta
o‘rganish,
zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, ilm-fanda yangilik kiritish va yangicha yashashning
zamonaviy shakllarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish katta avlod vakillarining muhim
vazifasidir
Alkogolizmni kelib chiqishi va tarqalish tarixi.
Qadim zamonlardan odamlar ba’zi mast qiluvchi moddalarni tayerlab, ularni
turli marosimlarda iste’mol qilishgan. Qadimda Gretsiya, Italiyada spirtli
ichimliklarni turli ma’rosimlar tantanali urf-odatlarda iste’mol qilganlar. Alkogolni
birinchi marta arab alximik olim kashf etgan. U tasodifan kashf qilgan mast
qiluvchi suyuqlikni, alkexal ya’ni nozik eruvchi «engil» «uchuvchi» deb
nomlagan. Qariya alximik alkogoldan ozgina tatib ko‘rganda xursand bo‘lgan, kayf
qilgan. SHu davrdan boshlab alkogolni iste’mol qilish keng tus ola boshlagan.
1971 yilda dunyo bo‘yicha 8,5 mlrd. litr spirt ishlab chiqarilgan, B.M.Levinning
(1972) ma’lumoticha planetaning har bir kishisiga bir yiliga 1 l spirt, 6 l vino, 10 l
pivo to‘g‘ri kelar ekan.1910 yilda Rossiyaning har bir kishisiga 3,6, 1914 yidda 4,6
litr aroq to‘g‘ri kelgan.1914 yilda birinchi jahon urushi boshlanishi bilan chor
hukumati spirtli ichimliklarni sotishni man etadi.
Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra 1930 - 1965
yillar orasida spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish 50 martaga ortgan. Italiyada jigar
serrozi xastaligidan har 100 ming aholi jon boshidan 39,3 erkak, 14,9 ta ayolda
o‘limi kuzatilgan. O‘zbekiston Respublikasini bozor iqtisodiga o‘tishi munosabati
bilan xususiy do‘konlarda turli ba’zan nazoratdan o‘tmagan spirtli ichimliklar
sotishmoqda. Bu ba’zi odamlarni zaharlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Afsonalardan ma’lum bo‘lishicha vinoni birinchi bo‘lib XI asrda arab vrachi
Albukazes achigan uzum shirasini haydash yo‘li bilan olgan ekan. Alkogol so‘zi –
nozik «engil», «oliy janob» degan ma’noni bildiradi.
Vino spirtning ximiyaviy nomi etil spirti, ya’ni etanol. Etanol, dipolisaxaridlarni
achitqi zamburg‘lari ta’sirida parchalanadi. Uning ximiyaviy formulasi S
2
N
5
ON.
Etanol — etil spirti rangsiz, engil harakatchan, suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi va
achchiq ta’mi bor. U suv va yog‘larda yaxshi aralashadi. 78 gradusda qaynaydi
ya’ni oson bug‘lanadi.
Etanolning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- Etanol universal erituvchi: o‘zi ham suvli muhitda va organizmdagi yog‘larda
yaxshi eriydi:
- Nerv xujayralariga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi va shunga ko‘ra
odamning ruhiy holatini o‘zgartiradi.
- Organizmning barcha funksional sistemalariga zaharli (toksik) ta’sir
ko‘rsatadi.
Etanol shilliq qavatlar, terini ta’sirlaydi, u tez so‘rilib qonga o‘tadi. Og‘iz
bo‘shlig‘ini biroz qizartiradi va so‘lakni ko‘p ajratadi.
Qabul qilingan alkogol oshqozon ingichka ichakning boshlang‘ich qismida so‘rilib
qon orqali butun organizmiga tarqaladi.
Agarda bolalik ona 50 g spirtli ichimlik ichsa bola uchun juda xavfli, chunki
alkogolning 25 foizi ona sutinig tarkibida bo‘ladi. Bolani nogiron qilib qo‘yish
uchun shuning o‘zi etarli.
Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish,modda almashinuvini buzadi: oqsil,
uglevod, yog‘, vitaminlar almashinuvi buziladi. Alkogolizmpsixik kasalliklarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ota - onasi ichadigan oiladagi bolalar yomon
o‘qiydi, psixik stres holatlar tufayli bola kechasi siyib qo‘yadigan, nevroz, yoki
tutilib gapiradigan bo‘lib qoladi. Xronik alkogolizm eng ko‘p 20-22 yoshda (31, 4
foiz), va 23 - 26 yoshda (40, 4 foiz) yoshda uchraydi. Spirtli ichimliklarni birinchi
marta ichish, bunga bog‘lanib qolish 13-14 yoshdan, ba’zi hollarda 7-8 yoshdan
boshlanadi.
Spirtli ichimliklar ichadigan ayollardan keyinchalik o‘lik, chala, jismoniy va psixik
kamchiliklari bor bola tug‘iladi.
Ba’zan aqli zaif, turli kamchiliklarga ega, ortiqcha barmoqlari bor, yurag
nuqsonlari bor bolalar ham tug‘ilishi mumkin. SHuningdek, psixoz, nevroz,
tutqanoq; kasalliklari ham alkogolizm bilan bog‘liq. Spirtli ichimliklarni ko‘p
ichish tufayli nafas kasalliklari, ko‘pincha sil kasalligi kelib chiqadi.
Qon bosimi, yurak ishmiyasi, miokard infarkt kasalliklarining 62 foizi alkogolizm
tufayli kelib chiqadi. Alkogolni uzoq tizimli ichish tufayli jigar kasallanadi, jigar
serrozi kelib chiqadi. Bu kasalliklarning 60 foizi o‘lim bilan tugaydi.
Alkogoliklarda ko‘pincha qizilo‘ngach raki, yoki og‘iz bo‘shlig‘i raki vujudga
keladi.
Alkogoliklarning 90 foizi oshqozon gastirit kasalliklarga uchraydi. Alkogolni ko‘p
ichish turli xuquqbuzarlikka sabab bo‘ladi.
Alkogoliklarning o‘rtacha umri ichmaydigan kishilarga qaraganda 10-15 yil kam.
Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ma’lumotiga muvofiq
ichkilikbozlikdan har yili 1,5 million odam o‘ladi. Alkogoliklar o‘z kasbini
yo‘qotadi, boshqa ish qidiradi. Ichkilikbozlik bilan oilani barbod qiluvchi asosiy
omil hisoblanadi.
Alkogoldan zaharlanishning uchta darajasi bo‘ladi.
Birinchi darajada qo‘zg‘olish hosil bo‘ladi, eyforiya, tetiklik, qo‘rqish, harakat
aktivligini tormozlanishi vujudga keladi. Biroz qizarish kam hollarda teri qatlamini
oqarishi, pulsni tezlashishi, ishtahani yaxshilanishi, jinsiy qobiliyatning ortishi
kuzatiladi, Odam tetik saxiy, ko‘p narsalarni va’da qiladigan, ko‘p gapiradigan,
distansiya va taktil sezgirligini yo‘qotadi.
Ikkinchi darajada mastlik markaziy nerv tizimining oliy bo‘limlarining
tormozlanishi bilan harakterlanadi.
Bunda umumiy zaiflik, fikrlash tempini pasayishi yurishni sekinlashuvi, nutqni
buzulishi kuzatiladi. Muvozanati buziladi. O‘z xulqini nazorat qilish buziladi.
Uchinchi darajadagi mastlik bu ongni chuqur buzilishi hisoblanib, odam hushidan
ketadi. Komada avval teri qizaradi, so‘ng ko‘karib ketadi. Qorachiq keskin
torayadi, tana harorati pasayadi, nafas olish sekinlashadi. Puls tez-tez, bo‘sh ura
boshlaydi.
Muskul tonusi pasayadi, bazan tutqanoq tutadi, siydik ajralish ixtiyorsiz bo‘ladi.
Bu stadiyada ko‘pchilik ichki a’zolar va qon aylanish buziladi. Kam qonlik
rivojlanadi, modda almashinuv buziladi.
Og‘ir mastlikdan so‘ng odam hechnarsani eslamaydi, ta’sirchan bo‘lib, qoladi, kam
xarakat qiladi. Uyqu buziladi, bunda alkogol 8-20 sutkagacha organizmda saqlanib
qoladi.
Alkogolizmga qarshi kurash.
Bizning eramizdan avval 1220 yilda Xitoy imperatori Vu Veng mast odam
otilishga hukm etilishi haqida qonun qabul qilgan.
Birlashgan Arab davlatida, Emiratlarda alkogolik ichkiliklarni ichish butunlay
taqiqlangan. Spirtli ichimlik ichgan musulmon 40 darra urilgan. Musulmon
bo‘lmaganlarga 750 funsterling jarima solingan.
Pyotr 1 mast odamlarni tayoq bilan urdirgan chuqurga tushirgan. Ichkilikbozlik
bilan qamalgan odamning bo‘yniga (6 kg 800g) medal osib qo‘ilgan. Bu medalga
«pianistaligi uchun» deb yozib qo‘yilgan.
1985 yilda O‘zbekisgon Respublikasining Prezidiumi «Ichkilikbozlik va
alkogolizmga qarshi kurashish va spirtli ichimliklarni uyda tayyorlashni oldini
olish haqida» farmon qabul qilgandi. Bu farmonda jamoat joylarda spirtli
ichimliklarni ichish man etilgan.
Voyaga etmagan bolalarni ichkilikka o‘rgatgan odamga yirik miqdorda jarima yoki
5 yil ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.
Ichkilikbozlik
«Mastlik oltita baxtsizlik: muhtojlik, janjal, kasallik, obro‘sizlik, sharmandalik va
aqlsizlik keltiradi»- deyilgan yapon maqollarida.
Ichkilik odamni og‘ir kasalliklarga olib keladi, obro‘-e’tiborini yo‘qotadi.
Spirtli ichimliklarni uzoq vaqtgacha muntazam ichib yurish kishini alkogolizm
kasalligiga duchor qiladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, hatto yuz gramm spirtli
ichimlik sog‘lom kishining bosh miya faoliyatini birdan o‘zgartirib yuborar ekan.
Ma’lumotlarga qaraganda, psixonevrologik dispanserlarga murojaat qiluvchi ruhiy
kasalliklarga duchor bo‘lganlarning eng ko‘pi alkogolizmga mubtalo bo‘lgan
kishilardir. Ichkilikka o‘rgangan o‘smir vujudi sekin-astalik bilan zaharlana
boshlaydi. Keyinchalik esa bunday kishi ichmasdan tura olmaydigan bo‘lib qoladi,
og‘ir mast bo‘lguncha ichaveradi. Bunday o‘spirinda dastlab asab ishdan chiqadi.
U ta’sirchan, jahldor bo‘lib qoladi, natijada uning oila a’zolari azob-uqubatda
qoladi.
Alkogolizm natijasida miyaning ish qobiliyati asta-sekin pasayadi, fikrlash, biror
muhim masalani echish qiyinlashadi. Keyinchalik serjahllik, uyquning buzilishi,
mas’uliyatsizlik, boshqalarga va hatto o‘ziga ishonmaslik, toliqish, umumiy
holsizlik alomatlari seziladi. Kasallikning oldi olinmasa, asabtizimi butunlay
buzilishi, ruhiy holati o‘zgaradi. Olimlarning ta’biricha, ulug‘ mutafakkir Aflotun
o‘z davrida «Mastlik – ixtiyoriy jinnilikdir» degan edi.
Ichkilikbozlik natijasida og‘ir asoratlar kelib chiqadi, jumladan:
- Oshqozon ichak xastaliklari.
- Bosh miya, ruhiy holatini buzilish asoratlari.
- Jigar xastaliklari.
- YUrak-qon tomir tizimi kasalliklari (infarkt, qon bosimi oshishi).
- Kelajakda ulardan tug‘ilajak farzandlar irsiy kasalliklar bilan tug‘ilish ehtimoli
yuqori (bolalar mayib-majruh bo‘lib tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga keladi).
- Umr ko‘rish davomiyligi ichmaydiganlarga nisbatan kamida 10 yilga qisqaradi.
- Jinoyatlar soni ko‘payadi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tahlillarida odamning nobud bo‘lishi
bilan bog‘liq holatlarning to‘rtdan biri bevosita spirtli ichimliklarni iste’mol qilish
oqibatida yuzaga kelayotgani aniqlangan. Achinarlisi, mastlik oqibatida hayotdan
ko‘z yumayotganlar orasida yosh o‘g‘il-qizlar salmog‘i birmuncha ko‘pdir. SHu
boisdan ham ushbu tashkilot bugungi kunda alkogol (spirtli) ichimliklarni
psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritgan. Negaki, bu illat ko‘pgina og‘ir kasalliklarni
keltirib chiqarishi barobarida, tug‘ma nogiron bolalarning tug‘ilishiga sabab
bo‘lishi isbotlangan. Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino sharobni
zaharning bir turi, deya bejizga ta’riflamagan edi.
YUqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush
tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish sohasidagi
qonunchilikni takomillashtirish
1. Tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilish targ‘iboti va reklamasini cheklash sohasidagi
qonunchilikni yanada takomillashtirish.
2. Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilishni cheklash
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni o‘rnatishga qaratilgan huquqiy
mexanizmlarni takomillashtirish.
3. Respublikaga mikronutrientlar bilan boyitilmagan birinchi nav bug‘doy
unini olib kirishni (import qilishni) cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
4. Ommaviy iste’mol qilinadigan mahsulotlardagi kaloriya darajasini
kamaytirish va ular tarkibidagi yog‘lar, tuz va qand miqdorining maqsadli
darajalarini o‘rnatish hamda porsiyalarining tavsiya qilinuvchi miqdorlarini
aniqlash maqsadida ularning standartlari va retsepturalarini qayta ko‘rib chiqish.
5. Zararli mehnat sharoitlariga ega sanoat korxonalari uchun profilaktik
ovqatlanish standartlarini qayta ko‘rib chiqish.
6. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ular ta’mining jozibadorligini
orttiruvchi ingredientlardan (xushbo‘y hid beruvchi moddalar) foydalanish tartibini
o‘rnatish
2
.
Tamaki chekishga qarshi. Tamaki chekishni oldini olishda quyidagi tadbirlar va
targ‘ibot va tashviqot ishlarni olib borishni lozim deb topamiz:
1. Sigareta qutisi chekishning zarari xaqida reklamalar yozish.
2. Jamoat joylarida chekishni man etish
3. Tarkibida zaharli moddalar kamroq bo‘lgan tamaki mahsulotlarini ishlab
chiqarish.
4. Tamaki mahsulotlarini narxini yanada oshirish
5. Tamaki mahsulotlarining reklamasini qisqartirish.
6. Tamaki mahsulotlarini odamlar ko‘p to‘plangan, jamoat joylarida sotmaslik
7. Bolalarga tamaki mahsulotlarini sotmaslik
8. Ko‘chalarda, jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini donalab sotmaslik
9. CHet el tamaki mahsulotlarini kamroq sotish
10. Bolalarning kundalik faoliyatini nazorat qilish
11. Sigareta chekmaydigan o‘smirlarni maqtash, rag‘batlantirish
12. Kattalarni namuna bo‘lishi
13. Kinofilmlar, videofilmlar, spektakllarda aktyorlarni papiros chekmasdan o‘z
vazifasini bajarishga undash.
Dostları ilə paylaş: |