Olam haqidagi diniy tasawurlar uning Kelajagi, yaratilishi yoki
o'tmishiga oid
тигаккаb masalalarni, asosan, ilohiy qudratning hosilasi sifatida
talqin etadi, Dinda olamni «bu dunyo» — o'tkinchi olam va «narigi dunyo» —
abadiy olamga ajratib tushuntirishadi. Bu dunyodagi mashaqqatlari evaziga odam
narigi dunyoda rohat-farog'atga muyassar bo'ladi, degan g'oyaga asoslaniladi.
Fan olam to'g'risida o'ziga xos fikr yuritadi
Unda olamga oid murakkab masalalarni amaliy tajribalardan kelib chiquvchi
mantiqiy dalillar asosida isbotlashga uriniladi. Mavjud ilmiy mantiq doirasidan
chetga chiquvchi hodisalar esa izohlanmaydi. Ayrim ajoyibot hodisalarining fan
tadqiqot ob'ektiga kiritilmaganining sababi ana shunda.
Falsafa olamni izohlashda fanning, dinning, san'at va adabiyotning,
xullas, fan bilan birgalikda boshqa xilma-xil bilimlarga tayanib, umumlashgan
xulosalar chiqaradi. Demak, falsafadagi olam tushunchasi kosmologiyadagi,
dindagi va boshqa bilim sohalaridagi olam tushunchalariga nisbatan
boyroq, sermazmunroq va kengroqdir.
Dostları ilə paylaş: |