Shakllanishi


Kompyuter    leksikografiyasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
komp ling

Kompyuter    leksikografiyasi  –  kompyuter    lingvistikasining    yana    bir  

yo‘nalishi    bo‘lib,  unda    lug‘atlarni    tuzish    va    qo‘llash    o‘rganiladi.  Maxsus  




 

 

32 



dasturlar  ma’lumotlar  bazasidan,  kompyuter  kartotekasidan, gipermatn  so‘zlik  

maqolalari,  lug‘atlar    tuziladi.  Kompyuter    leksikografik    dasturi    ikki    qismdan  

iborat:  1)  leksikografik    ishlarni    qo‘llash    dasturi;  2)  turli    tildagi    avtomatik   

lug‘at  va  leksikografik  ma’lumotlar  bazasi. 

Avtomatik  lug‘at  – mashinaning  maxsus  formatida  saqlanuvchi, matnga  

kompyuter    yordamida    ishlov    beruvchi    lug‘at    hisoblanadi.  Hozirgi    kunda  

mukammal    avtomatik    lug‘at    ingliz    tilining    izohli    lug‘ati    va    Ojegovaning  

lug‘ati  hisoblanadi. Aniq  lingvistik  ma’lumotlarni  lug‘atlardan  olish  mumkin. 

Mukammal    ishlangan    lug‘atlarda    fonetik,  morfologik,  sintaktik,  semantik    va  

hokazo    ma’lumotlar    aks    etib,  til    sathlarining    barchasini    o‘zida  

mujassamlashtiradi.  

Matnni    katta    hajmdagi    matn  (gipertekst)  darajasida    tasavvur    etish  – 

kompyuter    lingvistikasida    yana    bir    asosiy    yo‘nalishlardan    biri    gipermatn  

sistemasini  tashkil  etish  sanaladi. Ilk  bor  prezident  F.Ruzveltning  ilmiy  ishlar  

bo‘yicha  maslahatchisi  Vannevar  Bush  tomonidan  “MEMEKC” nomli  texnik  

loyihasi   ishlab    chiqildi.  Ushbu   loyihani    kompyuter    yo‘qligi   uchun   qo‘llash  

ancha  tushunmovchiliklarga  olib  keldi. 1960-yillarda  I.T.Nelson  loyihani  qayta  

ishlab    chiqib,  uni  “KSANDAU”  nomi    bilan    kompyuter    texnikasida    qo‘llay  

boshlaydi.  

Kompyuter  lingvistikasida  gipermatn  sistemasi  grafik  sifatida  bo‘lib, har  

bir  nuqtada  bir  matn  yoki ikki  yo‘nalishda  bo‘lib, ular  “zanjir” holatda  uzviy  

bog‘liq    holda    joylashtiriladi.  Foydalanuvchi  o‘zining      ehtiyojiga      ko‘ra  

gipermatndan    foydalanadi.  Gipermatn    sistemasida    bir    nuqtadan    ikkinchi  

nuqtaga  o‘tish   uchun  mavzu  bo‘yicha  tayanch  tushunchalar  keltirilishi  kerak. 

Tayanch  tushunchlar  keritilishi  bilan  gipermatn  mavzusi  o‘zgaradi. Gipermatn  

sistemasida    axborotlar    matniy    axborot    ham,  matnsiz    axborot    ham    bo‘lishi  

mumkin.  Hozirgi    kunda    gipermatn    sistemasi    tarkibiga    multimedia, 

gipermedialar  ham   kiradi.  

Gipermatn  texnologiyasi    matniy    manbai    kompyuterda    tashkil    etilishiga  

asoslangan    bo‘lib,  bunda    leksik    birliklar      bir    chiziqli    ketma-ketlikda  




 

 

33 



joylashtirilmagan, balki  aniq  bilimlar  asosida  biroq  sohaga  taalluqli  birliklar  

va    ular    o‘rtasidagi    munosabatlar    inobatga    olingan    bo‘ladi.  Gipermatn  

texnologiyalari  mashina  sivilizatsiyasiga  olib  boruvchi  yo‘l  sanaladi.  


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin