3.2 “Writer H and X dasturining ishlash prinsipi va ahamiyati
Bugun kompyuter lingvistikasi fani jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Ushbu fan doirasida “Avtomatik tahrir” yo‘nalishi ham shakllangan bo‘lib,
unda asosan kompyuter vositasi orqali matn muharrirlaridagi xatolar tahrir
qilinadi. O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson
mehnati bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu matnlarni tahrir qilishga
ketadigan vaqtning oshishiga, iqtisodiy xarajatlarning ortishiga, inson
tomonidan qilinadigan xatoliklarga olib keladi. Avtomatik tahrir dasturi
61
doirasida yaratilgan “Writer H and X” dasturi bu borada qilingan ishlarning
amaldagi namunasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, biz Word dasturidagi matnlarni tahrir qiluvchi Writer H
and X dasturi va uning imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga harakat qilamiz.
Ushbu dastur orqali matnda H va X harflarini almashtirib qo‘llash bilan
bog‘liq muammolarni bartaraf qilishimiz mumkin. Shu o‘rinda dastur
imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim:
Dastur bazasiga yangi so‘zlarni kiritish;
Dastur imkoniyatlarini kengroq ochishga xizmat qiladi. Yana shuni ham
aytish kerakki dastur faqat lotin alifbosidagi sozlarni kiritish va tekshirishga
mo‘ljallangan.
62
Mavjud so‘zni muqobili yoki to‘g‘ri variantdagisi bilan almashtirish;
Lug‘at oynasi bilan ishlash;
Ushbu dasturning lug‘at bazasi mavjud bo‘lib unga cheklanmagan
miqdorda “Xx” va “Hh” harflari qatnashgan so‘zlarni kiritishimiz mumkin.
Word matn muharririda yozilgan matnlarni dastur yordamida tekshirish;
H va X harflari xato qo‘llangan so‘zlar bilan tanishish;
Dasturning afzalliklaridan yana biri shuki, dastur “X” va “H” harflari
qatnashgan so‘zlarni avtomatik tarzda to‘g‘irlamay, balki xato yozilgan
so‘zlarni user yani foydalanuvchiga ko‘rsatib beradi. Bu dasturning
afzalliklaridan biridir desak xato bo‘lmaydi. Sababi, agar dastur user yo‘l
qo‘ygan xatolarni ko‘rsatmasdan to‘g‘irlab ketsa bu o‘sha xatolarga davomli
63
ravishda takrorlanishiga olib keladi. Bu esa savodsizlik darajasini oshirib
yuboradi. Shu sababli ham dasturga xatolar bilan tanishish oynasi kiritilgan.
Yuqorida aytib o‘tilgan, Writer H and X dasturidan unumli foydalangan
holda, o‘quvchi o‘zi tuzgan matnlarni dastur yordamida to‘g‘rilashi mumkin.
Bunda o‘quvchilar bilimini kompyuter orqali odilona baholay oladi. Shu bilan
birga, ushbu dastur o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga
ega. Ushbu dastur ayniqsa mustaqil til o‘rganuvchilar uchun ham foyda
beradi. Shunday ekan, biz bu dasturlardan samarali foydalanishimiz va
64
o‘quvchilar bilimini axborot kompyuter texnologiyalari (AKT) orqali
mustahkamlashimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |