shunisi bilan ahamiyatliki, ularning har biri amaliy jihatdan matn
muammosiga borib taqaladi. G‘arb kompyuter lingvistikasi esa uzoq yillik
tadqiqotlarga egaligi, ilmiy jihatdan ishlanganligi bilan ajralib turadi. Shuning
uchun ishimizning avvalida kompyuter lingvistikasining yo‘nalishlari borasida
Tabiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, matn
muammosiga oid bo‘lgan dasturlarning lingvistik ta’minoti tuzilgan ishlar
puxta o‘rganib chiqildi. Kelgusida davom etadigan tadqiqot ishi uchun
ijtimoiy hodisa. Shu sababli amalga oshiriladigan tahrir dasturi
tildagi o‘zgarishlar oqibatida qayta ishlanishi yoki sayqallanib borishi
natijasida mukammal holatga keladi. Chunki kommunikativ birlik hisoblanmish
65
O‘zbek tilidagi matnlarni kompyuterda qayta ishlashning (tahrirlashning)
samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi murakkabliklarni amalga
oshirish zarur:
Matnlarni avtomatik (fonetik, semantik, grammatik) tahrir qilish.
Internetda bajariladigan qidiruv tizimi orqali matnlarni saralashga
yordam berishi uchun ularni mavzular doirsida tasniflash,
guruhlash.
Matn ustida texnik ishlarni (orfografik, stilistik, grammatik) amalga
oshirish.
Matnlarni kompyuter yordamida tahrir qilinishiga erishish.
Tahrir qiluvchi dasturlarning lingvistik modullarini yaratish orqali
ularning algoritmini tuzish.
Lingvistik modular va tuzilgan algoritmlar lingvistik ta’minotining
asosi sifatida xizmat qilishiga erishish.
Lingvistik ta’minot orqalio‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrir
qiluvchi dasturni yaratish.
Tahrirlovchi dasturni amaliyotda qo‘llash va qo‘llanish sohasini
kengaytirish.
Yuqorida keltirilgan mushohadalar va bugungi kunning talabiga binoan
aytish mumkinki, o‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrirlovchi dasturni yaratish
o‘z amaliyotini kutayotgan muhim masala hisoblanadi. Kelajakda nafaqat
imloni, balki matnni uslubiy jihatdan tekshiruvchi dasturlarni yaratish darkor.
Bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun til birliklarining fonetik, semantik,
morfologik xususiyatlari bilan birgalikda sintaktik-valentlik xususiyatlari
kiritilgan lingvistik ta’min yaratish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: