qo`llanadi.
2.Uchinchi darajali skoliozda travmatologiya shifoxonasining maxsus ortopedik bo`limida
samaradorligi yaxshi bo`ladi.
(tog`aylar)ning egriliklari to`g`rilanadi.Shuningdek, popoinatsiya qilinadi (umurtqalar
kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasini buzilishi va odam jismoniy ish bajarish imkonini
sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.
Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish
kerak:
- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq
pastroq bo'lishi kerak. To'shak qalin va juda yumshoq, yostiqning baland bo'lishi bola
umurtqa pog'onasining bo`yin, ko`krak, bel qismlaridagi egilishlarni miyoriga nisbatan
ortiq bo`lishiga olib keladi.
- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o`n oylik bo`lgunicha oyog'ida uzoq vaqt tik
turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari
egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan, oyoqlari egrilanib qolishi
mumkin.Natijada bunday bola katta bo`lganida, uning oyoqlari “O” smon shaklda bo`ladi
(tik turganida ikki oyoq o`rtasida bo`shliq bo`ladi), yoki oyoqlari “X”smon shaklda
bo`ladi (tik turganida tizza bo`g`imlari bir-biriga tegib turadi, ammo son va boldir orasida
bo`shliq bo`ladi);
- 4 - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab yurmasligi
kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli, umurtqa pog'onasi
egrilanib qoladi;
- kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, uzoq vaqt bir joyda o'tirmasligi, tik
turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og'ir buyumlarni ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat
bir qo'lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog'onasi va oyoq
suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo'ladi;
- bolalar bog`chada va maktabda bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'ti rishi kerak. Uyda
dars tayyorlaganda, ovqatlanganda ham shu qoidaga amal qilish lozim;
- o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur:
- o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin;
- oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin;
- oyoq kaftining hamma yuzasi (tovoni va barmoqlari) polga baravar tegib tursin;
- ko'krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo'lsin (qo`l kafti kengligida);
- stol (parta) ustidagi kitob va daftar bilan ko`z orasidagi masofa bolaning ikki
qorachig`iga teng bo`lsin.Kattalarda bu masofa 40 sm bo`lishi kerak.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha
bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to'g'ri,
chiroyli bo'lib shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: